Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

• Muharriming muallifga ko (magi.
• Muallifga yordamlashish shakllarL
• Asar qo ‘lyozmasining kitobxonlar bilan muhokamasL
• Muharrir chop etilajak asar muvaffaqiyatini ta ’minlovcht
Asar tarxi tasdiqdan o‘tgach va shartnoma imzolangach nashr 
jarayonining yana bir bosqichi, ya’ni muallifning qo‘lyozma 
ustida ishlash bosqichi boshlanadi.
To‘g‘ri, bu bosqichda qo'lyozma ustida muallifning o‘zi ish- 
laydi, muharrirga taalluqli joyi yo‘q-ku, degan savol tug‘ilishi tabi- 
iy. Shuning uchun bu bosqichni nashr jarayoni tarkibiga kiritish 
uchun asos bormi, yo‘qmi ?
Bunga javob aniq. Ma’lumki, nashriyot-matbaa ijodiy uylari 
muallif bilan bosmaxona o‘rtasidagi pochta idorasi emas. Qo‘lyoz- 
mani oladi-yu, ishlab chiqarishga o'tkazadi. Garchi bugungi kunda 
nashriyot bilan bosmaxona yagona ishlab chiqarishga (ham ijodiy. 
ham jismoniy) aylantirilgan bo‘lsa-da, nashriyot ijodiy faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchi tarkib muhim mafkuraviy, ijodiy va
2
ifani 
bajaradi hamda barcha adabiy jarayonga ta’sir etadi.
Jamiyatning turli-tuman mavzudagi adabiyotlarga bo‘lgan 
ehtiyojini o‘rganib, o‘z mualliflarining mohirona, zamona talab- 
lariga mos holda muloyimlik bilan yo‘naltirib turadi, ularga ham 
maslahatlar berib, ham amaliy ish bilan ko‘maklashib turadi. 
Muharrir shunday mutaxassiski, u qaysidir darajada muallifga us- 
tozlik qiladi, yordamlashadi. Bu ishlami u ayni kitob yaratishning 
muallifining qo‘lyozma ustida ishlash bosqichida amalga oshiradi.
33


Muharriming asosiy vazifasi muallifga, ayniqsa, yosh ijodchi- 
larga yordamlashishdan iboratdir. Mualliflik borasida oq-qorani 
tanigan, tajribali ijodchilar ham muharrir ko‘magidan o‘zini chetga 
ololmaydi, zero ular har qancha bilimdon bo‘lmasinlar, boshqa 
sohaning malakali - mutaxassisidir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, muharriming muallifga ko‘magi 
zinhor biror bob yoki biror qismini yozib berishdan iborat emas. 
Bunday ko‘mak “muallif uchun” foydadan ko‘ra ko‘proq zarar 
keltirishi tayin. Muharriming muallifga ko‘magi maslahat tarzida 
do‘stona bo‘lishi lozim, chunki u adabiy asar yaratish, noshirlik 
texnikasi va texnologiyasini har qanday muallifdan ko‘ra yaxshi 
biladi. Muharriming muallif bilan hamkorligining keng tarqalgan 
shakli suhbatdir. Suhbat chogMda ishning ayrimmurakkab jihatlari, 
manbalar, asaming kompozitsion tuzilishi, qismlaming mantiqiy 
uyg‘unligi, sarlavhalar va matnning mazmunan tadrijiyligi, asar 
qismlarining mazmunan yaxlitligi, asaming tili va uslubi, xullas, 
amaliy muhim masalalar, muallifga qiyinchilik tug‘diruvchi no­
shirlik bilan bog‘liq muammolar hal etiladi. Muharrir muallifga 
nashrlardan, arxivdan, manbalardan, kutubxonalardan foydalanish 
yo‘llarini ko‘rsatadi.
Ba’zan suhbat jarayonida muharrir muallifn tg mo‘ljallangan 
ishini bajara olmayotganini, u ham asar yaratish uchun tayyor 
emasligini payqab qolishi mumkin. Ba’zan muallifning o‘zi men bu 
asarni (maqolani) nashriyot talabi darajasida tayyorlay olmayman, 
deb ochiq-oydin tan olishi mumkin.
Shaxsiy ish tajribamdan shu narsa ma’lumki, 0 ‘zbekiston Milliy 
Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotida ilmiy tahririyat mudiri


vazil’asida ishlagan kezlarim universal ensiklopediyaning yangi 
nu.shri birinchi jildini tayyorlash vaqtida bir qator mualliflarga ular 
ixlisosligi bo‘yicha so‘zlikdagi maqolalar tarqatildi. Shunda bir 
muullil'“Afrosiyob” maqolasini men yozib berayin deb taklif etadi 
va o'zida ayrim, Afrosiyob (go‘yo tarixiy shaxs emish) haqida bir 
qancha ma’lumotlarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Men tahririyat 
mudiri sifatida mazkur maqola ensiklopedik tavsifda bo‘lishi, unga 
so‘zlikda ajratilgan belgi miqdori haqida ma’lum qilib, quyidagi 
ma’lumotlar berilishi maqsadga muvofiqligini bildirdim. Shartlar 
quyidagicha edi:
1. Afrosiyob tarixiy shaxsmi?
2. Avestodagi Afrosiyob kim?
3. “Shohnoma”dagi Afrosiyob kim?
4. Samarqanddagi qadimiy manzilgoh, Toshkentdagi Mingo‘rik 
nima uchun Afrosiyob deb ham atalgan, etimologiyasi qanday?
5. Turkiy yozma yodgorliklarda nima uchun Afrosiyob nomi 
uchraydi?
6. Alisher Navoiyning Afrosiyobga munosabati qanday?


Oradan bir haftalar o‘tgach maqolani tayyorlashni o‘z zimmasiga 
olgan muallif tahririyatga kelib, yuqoridagi barcha shartlar bo‘yi- 
cha maqolani tayyorlay olmasligini bildirdi.
Maqolani kimga tayyorlatish uchun muallif izlay boshladim va 
oxiri bir to‘xtamga keldim. Xullas, mo‘ljalimizdagi, ya’ni deyarli 
talab darajasidagi materialga ega bo‘ldik. Fikrimizning isboti uchun 
maqola matnini to‘liq keltiramiz.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling