Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


odam chalmaydi. Qorong'u kechada mudhish ja r yoqasida dev


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

odam chalmaydi. Qorong'u kechada mudhish ja r yoqasida dev 
chaladi. Oyoqlariga, qo'llariga q o ‘n g ‘iroq taqqan qo rqinchli 
ajinalar raqs etadi!
Oybek bu tasvir orqali yaqin o‘tmishdagi mudhish manzara- 
lardan birini yaqqol gavdalantiradi.
Shubhasiz adib o‘z tasvirida bo‘yoqlami quyuqlashtiradi, 
folbinning makoni, tashqi ko4rinishi, xatti-harakatlaridagi dahshat 
oshirib yuborilgan bo‘lishi tabiiy. Bu manzara tasviri bilan Oybek 
Nurining folbin tashqi qiyofasi va “ilmu amal”iga mos ichki 
dunyosini ochib tashlaydi.
Oybek milliy turmush lavhalarini maroq bilan tasvirlaydi. Biz 
romanda azayimxonlar, arvoh oshilar, kinna solish kabi odatlar 
bilan birga qizaloqlaming tolbargaklardan soch jamalak qilib 
o ‘rilgan sochpopuk taqishlari va boshqa omillami ko‘ramiz. Bozor 
ham bizning e’tiborimizdan chetda qolmaydi.
Unda biz Yo‘lchiga ergashib boramiz. Xammol bozoriga 
boraverishning bir tamoni attorlar rastasi, bir tamonda chinnilar 
rastasi. Boshqa bir tamonda har xil shirinliklar, boshqa narsalar 
sotiladigan qatorlar. Bir kishining kappondan sotib olgan bug4 doyini 
orqalab olgan Yo4lchiga hamrox bo‘lib, Qoryog4di mahallasiga 
boramiz, eski Toshkentning har qanday etnograf uchun qiziqarii 
bo4lgan manzillari bilan tanishamiz. Chilim chekkan, ko4knori, 
qoradori ichib, hayolotga g‘arq bo4lgan kishilami, tol novdasidan 
yasalgan xushtak bilan dilini xushlagan bolalami, zirak, bilakuzuk,
183


qo‘shtumor, tillaqosh, zebigardon taqqan qizlami uchratamiz
xullas haqiqiy hayot manzarasiga ko‘zimiz tushadi.
Asosiy qahramonlar xarakteri va taqdirini ifoda etishda adib 
ikkinchi, xatto uchinchi darajali unsurlar dan foydalanadi, bundan 
tashqari tarixiy davr haqiqatini yorqin bo‘yoqlarda ko‘rsatishga 
erishadi.
Ma’lumki, har bir badiiy asarda, unga milliy ruh bag‘ishlovchi, 
qahramonlarning milliy asli-naslini ko‘rsatuvchi marosimlar, odat, 
an’analar va boshqa belgilar mavjud bo‘ladi. To‘y ana shunday 
marosimlarning eng ahamiyatlisi hisoblanadi. Shu bois “Qutlug‘ 
qon”da bir emas ikki to‘y marosimi tilga olinadi. Birinchi to‘y 
romanda to‘liqroq tasvirlanadi, bu - Nuri bilan Tantiboyvachcha- 
ning to‘yi. Romanda u batafsil tasvirlanadi. Kitobxon ushbu to‘yni 
Yo‘lchining nigohi orqali kuzatadi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling