“Yosh xonimizga va padari orzusi shahanshoh Musulmonquli
bahodir huzurlariga. Yosh shohimizning baxt va tolelari ruhsiz
tanlarimizga qayta boshdan ruh, та ’yus ко ‘ngillarimizga qaytib
chiqmaslik umid bag ‘ishladi. Faqir qullari, bundan to ‘rt kunlar
ilgari Toshkentdan sipohlar bilan umidsiz qaytishga majbur bo ‘lib,
ul to ‘g ‘rida huzurlariga xabar ham yuborgan edim. Shu holda biz
sipohlar bilan Kirovchi yaqiniga yetgan ham edik, orqamizdan bir
chopar yetib, Toshkentda Azizbekka qarshi isyon boshlanganini,
bizni ко ‘так uchun Yusufbek hojining Toshkentga chaqirganligini
so ‘zlab, uning ismidan bir maktub berdi. Men darhol sipohlami
Tashkent qaytishga buyurdim-da, xabar olganning ikkinchi
kuni Toshkentga yetdim. Biz Toshkentga kirganda Yusufbek hoji-
boshliq olomon Azizbekni o'rda ichiga qamab yotar ekanlar.
Olomon, ayniqsa Yusufbek hoji bizni juda yaxshi qarshiladilar.
Biz borgandan keyin o'rdaga bosib kirdik-da, Azizbekni ushlab
oldik Boshda men Yusufbek hojini balkim Toshkent bekligi uchun
tamalanur, deb о ‘ylagan edim. Ammo m ing butun о ‘rda va xazina
ashyo-yaroqlarini menim qo ‘limga topshirishi bu fikrimni bo ‘shga
chiqardi. Yusufbek hoji nihoyatda ta ’masiz, xalq manfaatini
kuzatuvchi bir odam ekan. Binoan alayhi uning to ‘g ‘risidagi
bizning suiy zanolarimiz xato bo ‘lib chiqadir. Azizbekka qarshi
xalqni oyoqlantirishi ham, bizning Toshkentdan jo'nashimizning
ikkinchi kuni Azizbekning nechog‘li siqilgan xalq ustiga о ‘ttiz ikki
tangadan sochgan solig'i bo'libdir. Tashkent xalqi Azizbekning
Do'stlaringiz bilan baham: |