yil chamasi qilgan hizmatimdan so ‘ng haligi ustakorga xalfa bo
lib ishlay boshladim. Boshqa yigitlardek ortiqcha о ‘rinsiz sarfla-
rim bo ‘Imagani uchun, oz zamon ichida uch-to ‘rt tilla pullik ham
bo ‘Idim. lshimga ixlos bilan qaraganim uchun, mening to ‘qigan
ishlarim о ‘zgalarnikidan qadrli yurar va xalq orasida ham “usta
Olim kichkina” b o ‘lib shuhratlangan edi. M a’lumki, bofandalar
«to'quvchilar» oldiga ko'pincha xotin-qizlar kelib, yangi nusxa
206
qidirib yuriydilar. Mening to ‘qigan ishlarim va chiqargan yangi
nusxalarim xammaga maqbul, ayniqsa, xotin-qizlar uchun mash-
hur bo 'lib, har doim to ‘quv do ‘konim yonidan xotin-qizlar arimas
edilar...
Kunlardan bir кип hali kishidan qochar darajaga yetmagan о ‘n
uch — o n t o ‘rtyoshlar chamali do ‘ndiqqina bir qiz kelib, men chiqar
gan yangi nusxa shohidan so ‘radi. Qizning so ‘ragan nusxasi to ‘qilib
va sotilib ketgan edi. Shuning uchun “yo ‘q ” deb javob berdim. Qiz
ко ‘zini jovdiratib turib, “mening uchun to ‘qib berolmaysizmi? ” deb
so ‘radi. Men qizningyuziga qarab, “mumkin emas, opa, bir kiyimlik
shohi deb nusxa bo ‘yash og ‘ir ” dedim. Qiz so ‘zni aylantirib mendan
va ’da olishga tirishar edi. Men so ‘z orasidayana unga qarab oldim.
Yonimdagi xalfalardan bittasi qizga о ‘la, “to ‘qib bering, usta,
opani xafa qilmang!” deb qo ‘ydi. Uchinchi qarashda о ‘zimda qizga
qarshi bir yaqinlik his etgan, unga uzoqqina qarab qolishga majbur
bo ‘Igan edim. Garchi qiz aytgan nusxani tayyorlash og ‘ir bo ‘Isa ham,
Do'stlaringiz bilan baham: |