Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
“Ota bo Чтау о 7. Ikki gapni birida xotin ustiga bo ‘Isa ham
boyga, erli-suvliga beraman, deydi. Niyating qursin. qizinmi о ‘tda yoqmoqchi bo 'lasanmi? Qizim, aqlli, xushli qiz, dadasining bunday bad niyatini biladi, shundan xavflanadi, kuyadi. Ota о ‘Igur birovning malayi b o ‘Isa ham, о ‘Iguday kekkaygan, takabbur. qancha sovchini quvib yubordi, axir. Birini past odam deydi. Birini kosib, dedi, birini aravakash - ovarakash deydi. Duradgor yigitning onasi qatnay-qatnay tinka-madori quridi .... yigitning qo ‘lida gulday hunari bor ekan, bo ‘ydoq ekan, uy-joyi tayin ekan. Yana senga nima kerak?! О ‘I ota bo ‘Imay... ”. Bu ichki monologda Gulsumbibining yurak-yuragidan qaynab chiqayotgan fikmi o‘qir ekan, kitobxon uni chindan ham xokisor, mazluma, erksiz, xatto, o‘z jigarbandi taqdiri haqida ovoz chiqarib so‘z aytolmaydigan mushtiparligini ochiq-oydin xis etadi. 215 Bu monolog Gulsumbibining qator dardi-xasratini ifodalaydi. Bunday gaplami boshqa bir kimsa aytolmaydi, ikkinchidan qizi aqlli-xushli ekani tufayli sovchilar eshigining turimini buzayapti, uchinchidan, unga duradgor yigit ma’qul, qo‘lida gulday hunari bor, uy-joyi tayin, to‘rtinchidan, erining niyati shum, qizini boylik uchun sotmoqchi (boyga bermoqchi, bu bilan Gulsumbibining eri boylikka uchayotganidan, go‘yo uningcha qizi rohat-farog‘atda kun kechiradi, deb xom o‘ylayotganidan fig'oni falakka chiqadi), beshinchidan, qizining ixtiyori na o‘zida, na Yormatda emasligidan dod demoqda. Яш o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlash lozim ko‘rmadi. Gulsumbibi, shubhasiz o‘z qizining kelajagini o'ylaydi, garchi u ahyon-ahyonda ko‘rib yurgan bo‘lsa-da, u ko‘rib yurgani kim ekanligidan, qizining ko‘nglidan ham xabardor. Ammo Yo‘lchini tilga olmaydi, boisi, ming qilsa-da, u ona. Onaizoming niyati esa o‘z qizini qo‘lida hunari bor, uy-joyi tayin (Yo‘lchida hali bular yo‘q), bo‘ydoq yigitga uzatish. Mana shu nuqtada onaning qizi bilan o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Bu ziddiyat aslida mavjud sharoit bilan muayyan voqelik o'rtasidagi ziddiyatdir. Endi Yormatning ichki monologiga, uning o‘z mudhish xatosini anglab etgandan keyingi istirobiga kelsak. Boyga sidqidildan xalol xizmat qilgan, ammo, kosasi oqarmagan qarol o‘z qizi tufayli yuzaga chiqmoqchi, kimsan boyning qaynotasi bo‘lmoqchi, qizining “baxti”ni ko‘rmoqchi bo‘ladi. Lekin, oqi- bat, mudhish bo‘lib chiqadi. Shundoq ham o‘limini bo‘yniga ol- gan Gulnor, meros tashvishida yovuzlashgan boyvachcha-yu, boy- vuchcha tomonidan zaharlanadi. Butun umidi puchga chiqib, hali o‘n gulidan bir guli ochilmagan qizidan judo bo‘lgan Yormat qasos 216 o'tida ayovsiz o‘rtanadi. Jonga jon olish ishtiyoqi uning qo‘Uga o‘tkir pichoq tutqazadi, u xech ikkilanmay, zarra ham seskanmay Salimboyvachchaning ko‘ksiga pichoq qadaydi. qon va murda hidini sezgan xatto ot pitirchilaydi, ammo Yormat pichoqni qanday sovuqqonlik bilan sanchgan bo‘Isa, shunday sovuqqonlik bilan; uni Salimning ko‘ksidan sug‘irib oladi. Jasadni esa bor kuchi va nafrati ila jarga uloqtiradi. “Itga it o‘limi”, deb shunga aytsalar kerak. Yormatning yurak qa’ridan otilib chiqqan nido, aytish mumkinki, faqat Oybek ijodidagina emas, balki butun o‘zbek adabiyotida ham eng kuchli ichki monolog hisoblanadi: Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling