Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

Nimaga tirjayasan bo- 
lam? Ayta qolsangchi. Ikki ко ‘zim eshikda, ana kelar deyman -  
yo'q, mana kelar, deyman ~ y o ‘q...
"deb bezovtalanishiga javoban 
Yo‘lchi shunday deydi:
Ona, - boshini ко ‘tarmay, dedi Yo ‘Ichi, - man qamalishdan 
qo ‘rqmayman, dordan ham, о ‘qdan ham qo ‘rqmayman. Turmal Bu 
dunyo turmadan yaxshimi? Olam zindondan qorong’uroq, iflosroq 
emasmi?
"
Agar Mirzakarimboy va Yo'lchining so‘zlari iqtisodiy, ijtimoiy 
muhit haqida bo‘lsa, qolgan to‘rt personaj - ellikboshi, Yormat, 
Gulsim, Gulnorlaming so‘zi bir masala bilan bog‘liqdir. Bu 
masala boyning Gulnorga o‘ylanishi xususida. Ular nutqidan har 
binning hayotdan olgan nasibasidan rozi yoki rizosiz ekanligi ayon 
ko'rinadi. Kim nima qayg‘uda, deganlaridek, ellikboshi “dallolligi” 
uchun boy dan oladiganini olgan, ko'ngli to‘lgan bo‘lsa, Yormat bu 
xabardan xushini yo'qotgan, boyga qaynata bo‘lishdek “baxt”dan 
mast aljiraydi, og‘zining tanabi qochgan, ko‘zlari esa bo‘lajak 
qaynotalik maqomini ko‘rayotgandek jovdiraydi. Maqsadini 
sezgan xotiniga jerkishdan nari o‘tmaydi. Mushtipar Gulsimning 
qo'lidan boyni qarg‘ash keladi, xolos. Gulnor esa yolg‘iz o‘ziga 
o‘lim so‘raydi. Ko‘rinadiki, barcha nutqlar individuallashgan
uni o‘z egasidan boshqaning tilidan eshitish, mahol, chunki, nutq 
egalarining, tabiati, saviyasi nutqi bilan omixtalashib ketgan, unda 
har birining taqdiri muhrlangan.
232


Adib personajlar nutqini tanlay bilgan, ularning har biriga xos 
va mos so‘z, iboralardan san’atkorona foydalangan, mustaqil 
inson taqdirini ochib bergan, natijada asaming badiiy nafosati-yu, 
latofatini ta’minlaydi.
Takrorlash va mulohaza ucbun savollar
1. Personaj nutqi ijodkorga nima uchun kerak?
2. Personaj nutqining xoslanganligi nimalarda ko‘rinadi?
3. Personaj nutqini shakllantirishda ijodkor qanday til 
unsurlaridan foydalanadi?
4. Nutq individualligi nima?


5-BOB
ADIBNING TILI, USLUBI VA TASVIR VOSITALARIDAN 
FOYDALANISH MAHORATI
l-§. Tasvir vositalarini qo‘llash
• Badiiy ijodda tasvir.
• Abdulla Qodiriy ijodida tasvir.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling