Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
Olov so‘zi ishtirok etgan quyidagi jumlalarga e’ti bor qilaylik: “Yo'lchi quyoshning olov selida cho‘milib to'nka kovlar...”
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Quyosh yashiringan bo ‘Isa ham, kunduzning yorugi hali ta-* mom so ‘nmagan edi. Allaqanday mayin, muloyim jimjitlikni atrofda
Olov
so‘zi ishtirok etgan quyidagi jumlalarga e’ti bor qilaylik: “Yo'lchi quyoshning olov selida cho‘milib to'nka kovlar...”, “Daraxtlarda engil olov pardasi fitraydi”, “U ham yaqinda kichkina olovday bola ed i”, “Bir xotin “Jon er, jon olov’’ degan ekan ”, "Bu (gap veksel haqida bormoqda) zaharli nayzaday, balki undan ham о ‘tkir narsa ... Bu olov, yondiradi, kuydiradi.... ” Birinchi jumladagi olov seli "quyosh nuri” ma’no ifodasini, ikkinchi jumladagi olov pardasi “oftob hovuri” ma’no ifodasini, uchinchi jumladagi olovday bola birikmasi “sho ‘x bola ” ma’no ifodasini, to‘rtihchi jumlada olov o‘z denotativ ma’nosi ifodasini bergan, beshinchi jumlada olov veksel so‘ziga sinonim tarzda qo‘langan, aslida bu ikkisi leksik sinonim emas, bunda kontekstual sinonim hodisasi yuz bergan. “Qutlug - qon ” romanida adib Yo‘lchi tog‘asinikida kutib olgan birinchi oqshomini shunday tasvirlaydi: 238 “Quyosh yashiringan bo ‘Isa ham, kunduzning yorug'i hali ta-* mom so ‘nmagan edi. Allaqanday mayin, muloyim jimjitlikni atrofda sigir, buzoqlarning та ’rashi, daraxtlar orasidan qushlarning ora- sirayangrab, yana bir zumda tingan sayrashi seskantiradi. Hamma narsa horg'in, mudrashga boshlagan k a b i... Allaqanday payonsiz g'arib oqshom... ”. Mazkur parchada “ yashiringan”, “s o ’nmagan”, “muloyim, mayin jim jitlik”, “seskantiradi” “xorg'in, mudrash" kabi so‘z va so‘z birikmalari ijodkor tomonidan o‘ziga xos uslubda foydalanilib, shunday manzara xosil qiladiki, u bosh qahramon YoMchining misoli umr oqshomiga o‘xshaydi. Adib yuqorida biz qayd etgan so‘zlarga olam-olam ma’no yuklaydi. Yo'lchi umrining tongi beg‘ubor bolaligi, kunduzi, erkin, tashvishsiz yorug4, qismi tugab, go‘yo mavhumliklar to‘la oqshomi boshlangandek. U bir parcha yeridan ajraladi, onasi, singlisi va o‘zini boqish uchun hech vaqosiz qoladi, najod izlab tog‘asinikiga keladi. Ammo ... uning quyoshi mana shu tog‘asinikida (umrining oqshomida) so‘nadigandek (uning quyoshi Gulnor edi). Agar bu bir tomondan ayriliqdan darak bo‘lsa, hali kunduzning yorug‘ligi tamom so‘nmagani qandaydir umiddan nishona edi. Hali tamom so‘nmagan kunning yorug‘ligi balki uning Gulnomi uchratishi, zulm ila haqsizlikka to‘la, har tomondan zahar yog‘ilib turganda baxt degan narsadan umidvor bo‘lishlik tuyg‘usimikan!? Hatto qushlarning yangroq sayrashi ham kishini havotirga soladi, ulaming tuyqusdan jim bo‘lib qolishi qandaydir mash’um intiho arafasidek tuyuladi. Yo‘lchining baxt qushi - Gulnor ham avji sayroqlik pallasida to‘satdan jim bo‘lib 239 qoladigandek. Hamma narsaning horg‘inligi, mudrab ketayotgan, kechgacha to‘nka kavlagan (hayot zarbalaridan tinkasi qurigan) Yo‘lchining tiriklik, tiyrakligi tugab, hayot bilan vidolashish onlari, abadiy uyquga ketish oldidan mudroqligiga ishora emasmikan. Va, nihoyat, so‘nggi jumla “allaqanday poyonsiz g‘arib oqshom”. Yo‘lchi garchi o‘z tog‘asining xonadonida bo‘lsa ham negadir о‘zini begona yurtda, begona kishilar orasiga tushib qolgan musofir- g‘aribdek xis etadi. Chunki, u bu yerda o‘ziga bir jonkuyami uchratmaydi (tog‘asi, tog‘avachchalari, Nurining unga qay ko‘z va qay maqsadda nazar solganlarini ko‘z oldingizga keltiring). О‘zini g‘aribdek sezgan Yo‘lchining tog‘asinikidagi g‘arib oqshomi qan- cha davom etar ekan? Ijodkor mavhumlik, oldidagi qorong‘ulik qachon, qanday tugashidan xabarsiz Yo‘lchining bu oqshomini “poyonsiz” ekaniga ishora qiladi, xatto, bu ikki so‘z orasiga tinish belgi ham qo‘ymaydi, bu bilan oqshomni ham poyonsiz, ham g‘arib emas, balki g‘aribligining poyoni yo‘qligini ta’kidlamoqchi bo‘ladi. Tabiiyki, bor umidlari qirqilgan inson uchun о‘zlarining bu damlari hech tugamaydigandek tuyuladi. Ammo shunday paytlarda ham inson uchun qanday dir umid uchqunlari pay do bo‘ladi. Yo‘lchi Mirzakarimboy tog‘asinikida qancha vaqt turgan bo‘l- sa, umrining g‘arib oqshomi shuncha muddat davom etadi. Tog‘a- sinikiga kelishi, uning quyoshi botishi bo‘lsa, quyoshning hali so‘nmagan yog‘dusi, - umid uchqunlari Gulnorga bo‘lgan pokiza sevgisi edi. Ammo ufqqa bosh qo‘ygan quyoshning botishi, kunduz o‘mini zulmat egallashi qanchalar haqiqat bo‘lsa, Yo‘lchining ham bu g‘arib oqshomida Gulnoming zavol topishi ham shunchalar haqiqat, chunki qora kuchlar, vaxshiy insonlar unga yashashlikka imkon bermaslari aniq. Biz bu parchada ijodkorning - Oybekning uslubi nafaqat individual hamda mantiqan teran, badiiyati yuksak ekanining guvohi bo‘lamiz. Birgina jumla Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling