yuqori bo‘lishi kerak.
Gidro sistemalar uchun motor moylarining «V» guruhidan
ma’lum darajada foydalaniladi. MGE-10A markali yagona gidravlik
moy ham ishlatiladi. U -60°C dan + 90°C gacha harorat oraligida
ishlatiladi. VMGZ moyi -50°C dan +90°C gacha ishlatiladi, 50°C
dagi qovushqoqligi 10 santiStoksga teng.
Yuk va yengil avtomobillarning tormoz tizimlarida asosan
gidravlik yuritmalardan foydalaniladi. Ularda ish suyuqligi sifatida
gidrotormoz suyuqliklari ishlatiladi.
Tormoz tizimi uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun tormoz
suyuqliklariga qo‘yidagi ekspluatatsion talablar qo‘yiladi:
1. Tormoz suyuqligining qaynash harorati yetarlicha yuqori
bo‘lishi kerak, aks xolda suyuqlik qaynab, tormoz pedali polgacha
tushib ketadi. Tormoz silindrlarining harorati 190-200°C gacha yetishi
mumkin.
2. Tormoz suyuqligi sovuqqa chidamli bo‘lishi, ya’ni - 40°C va
undan ham past haroratda uzoq vaqt ushlab turilganda ham cho‘kindi
hosil qilmasligi va qatlamlarga ajralmasligi kerak. Bundan tashqari,
uning
qovushqoqligi
40°C
da tormoz
pedalini
bosishni
qiyinlashtiradigan darajada bo‘lmasligi kerak.
3. Tormoz suyuqligi rezina qismlarga shikast yetkazmasligi,
shishirib yubormasligi yoki kichraytirmasligi va tormoz tizimi
qismlarining korroziyasiga sabab bo‘lmasligi kerak.
Bunga
GTJ-22,
GTJ-22M'
suyuqliklari
etilenglikollarga
korroziyaga qarshi qo‘shilmalar va yashil rang bo‘yovchi moddalar
qo‘shib erishiladi. Ular past haroratdagi xossalarining yaxshiligi, kam
Do'stlaringiz bilan baham: |