Z. X. A L im o V a transport vositalarida


K a ta litik kreking sxemasi


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/116
Sana21.08.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1668861
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
Bog'liq
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011

K a ta litik kreking sxemasi:
I-pech, 2-bug'latgich, 3-katalizatorli bunker, 4-radiator,
5-regenerator, 6-rektifikatsiya kolonnasi, 7-gazoseparator
Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib olinishi 
50-60% ni tashkil etadi.
Katalitik kreking 450-590 °C haroratda va 0,1- 0,2 MPa bosi- 
mida katalizatorlar (alyuminosilikatlar va boshqa moddalar) ishtiro- 
kida o‘tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta 
o ‘tkazishda 40-50% benzin , 30-40% dizel yonilg‘isi va 10-15% gaz 
fraksiyalari olinadi.
Katalitik kreking texnologiyasi termik krekingga nisbatan tako- 
millashgan bo‘lib, bunda hosil bo‘lgan to'yinmagan uglevodorod­
laming bir qismi to‘yingan ko‘rinishga o'tadi. Shu sababli, bu usulda 
olingan benzin sifati yuqori bo‘ladi. Termik kreking usulida olingan


benzinlami saqlashda turg‘unlik xususiyatini yo‘qotadi va deto- 
natsiyaga chidamliligi pasayadi.
Katalitik kreking yordamida og‘ir neft mahsulotlaridan gazo- 
yildan tortib mazutgacha 8-15% miqdorida benzin olish mumkin:
С2Г1Н411+2 
C nH 2r,+2 +
C nH 2n
Masalan,
C
16
H
34
=> 
C
8
H
18
+ C
8
H
16
geksadekan oktan 
okten
Katalitik krekingda yuqori sifatli (oktan soni motor usulida 
72+82) benzin olish imkoniyatini beradi. Katalitik krekingda par- 
chalanish reaksiyalari bilan birga izomerlanish reaksiyalari, ya’ni 
normal tuzilgan zanjirli uglevodorodlaming tarmoqlangan ugle­
vodorodlarga aylanishi ham kamroq hosil bo‘ladi. Shu afzalliklari 
uchun hozirgi vaqtda asosan katalitik krekingda foydalaniladi.
Benzin sifatini yaxshilash uchun reforming usulidan foyda­
laniladi. Bu jarayon ham 2 xil yo‘nalishda bo‘ladi:
- termik reforming;
- katalitik reforming.
Termik 
reformingda vodorod ishtirokida (480°0520°C
haroratda va 3MPa bosim ostida) to‘yinmagan uglevodorodlar 
to‘yingan holga o‘tishi bilan benzin sifati yaxshilanadi.
Katalitik reforming natijasida naften va parafm uglevodorodlar 
aromatik uglevodorodlarga aylantirilib, benzin tarkibidagi aromatik 
uglevodorodlar miqdori ortadi. Mahsulot sifatida yuqori oktanli, ya’ni 
aromatik uglevodorodlari ko‘paygan benzin olinadi. Katalitik 
reformingda katalizator sifatida platinadan foydalaniladi. Jarayon 
480°C +540°C da va 2+4MPa bosim ostida alyumoplatinali 
katalizatorlar (platforming) ishtirokida olib boriladi.
Bundan tashqari uglevodorodlami aromatizatsiyalash - katalitik 
izomerlash ham yuqori oktanli benzin olish imkonini beradi. Benzin 
tarkibidagi yengil normal parafin uglevodorodlami (N-pentan, N- 
geksan) izomerlab oktan soni oshiriladi va yuqori oktanli benzinga 
komponent sifatida qo‘shiladi. Reformingdagi kabi bu jarayon ham 
alyumoplatina katalizatorlari ishtirokida olib boriladi. 
Bunda


to‘ymmagan 
uglevodorodlar 
yoki 
sikloparafinlar 
aromatik 
uglevodorodlarga aylanadi.
Katalitik reformingda katalizator sifatida platinadan 
foyda­
laniladi. Bundan tashqari uglevodorodlami aromatizatsiyalash ham 
yuqori oktanli benzin olish imkonini beradi. Bunda to‘yinmagan 
uglevodorodlar yoki sikloparafinlar aromatik uglevodorodlarga 
aylanadi.
Masalan: geptan va siklogeksanni benzolga aylanishi:
Neftdan olingan distillyatlar (yonilg’i va moylar) tayyor 
mahsulot hisoblanmaydi, chunki ulaming tarkibida uglevodorodlardan 
tashqari, smolali - asfalt moddalari, oltingugurtli birikmalar, organik 
kislotalar va boshqa kerakmas moddalar bo‘ladi. Maxsulotlar sifatini 
faqat zararli aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar 
(to‘yinmagan uglevodorodlar) ham yomonlashtiradi.
Oltingugurtli birikmalar va kislotalar detallaming korroziya- 
lanishini oshiradi, smolali-asfalt moddalari issiq detallarda qurum va 
lak paydo bo‘lishini ko‘paytiradi, to‘yinmagan birikmalar esa kim­
yoviy barqarorlikni (saqlash jarayonida tarkibining o‘zgarmasligini) 
yomonlashtiradi. Erigan qattiq parafmlar qotish haroratini oshiradi
politsiklik uglevodorodlar qovushqoqlik xossalarini yomonlashtiradi.
Yonilg‘i va moylami sulfat kislota bilan tozalash usuli sulfat 
kislotaning oltingugurtli birikmalar va boshqa kerakmas moddalar 
bilan reaksiyaga kirishishiga asoslangan bo’lib bu usul yonilg‘i va 
moylami tozalashda iqtisodiy jihatdan foydalanish imkoniyati 
bo‘lmagan eng eski usuldir.
Siklogeksan
Beazol

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling