Z. X. A L im o V a transport vositalarida
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
5 ,
/ 1 j T - h - 3 r - ^ T -ГЙ- \ 1.8-rasm. Benzinni ishqor bilan tozalash sxemasi: 1-sovitgich, 2-nasos, 3-injektor, 4- tindirgich, 5-tozalangan benzin Aralashma kolonnaning tag qismiga beriladi. Solishtirma og‘ir- ligi katta bo‘lgan ishqor kolonnaning pastki qismiga tushadi, benzin esa ishqor orasidan yuqoriga ko'tariladi. Dizel yonilg‘ilarning qotish haroratini pasaytirish uchun para- findan tozalash (deparafinlash) usulidan qo‘llaniladi. Bunda mahsulot karbamid bilan kompleks hosil qiladi va ajratiladi. Katalitik kreking jarayonida olingan benzinlami sifatini yaxshi- lash uchun alyumosilikat katalizatorlari ishtirokida foydalaniladi. Bu usulda to‘yinmagan uglevodorodlar miqdori kamayadi va izomer parafm uglevodorodlar miqdori oshadi. Neftning og‘ir qoldig‘i tarkibidagi oltingugurt miqdorini ka- maytirib, sifatini yaxshilash uchun vodorod ishtirokida oltingu- gurtdan tozalanadi. Masalan, tarkibida 1,0+1,3% oltingugurt bo‘lgan dizel distillyatlari tozalangandan so‘ng, tayyor mahsulotdagi oltin gugurt miqdori 0,02+0,06% dan oshmaydi va 97+98% kimyoviy barqaror yonilg‘i olinadi. Moyli distillyatlami ishlatilish xususiyatini yaxshilash uchun tozalashda selektiv tozalash usulidan foydalaniladi. Ma’lumki, neftdan olinadigan moy fraksiyalarining tarkibi parafinlardan, naftenlardan va aromatik uglevodorodlardan iboratdir. Bular bilan birga har xil chiqindilar - smolasimon birikmalar ham bor. Neft moylari har xil sharoitda ishlaydi. Moylaming sifatiga qo‘yiladigan talablardan biri — moylar issiq va sovuq sharoitlarda o‘z qovushqoqligini o ‘zgartirmasligidir. Parafin uglevodorodlar issiq sharoitida o‘zlarining qovushqoqligini pasaytiradi, sovuq sharoitda esa, kristallana boshlaydi. Aromatik uglevodrodlar ham past haroratda amorf holatga o‘tadi. Bular moylarning sifatini yomonlashishiga olib keladi. Naften uglevodrodlar esa, o‘z qovushqoqligini kam o‘zgartiradi. Shu sababli neft fraksiyalaridan sifatli moylar olish uchun fraksiyalar tarkibidagi yuqori molekulali qattiq aromatik va parafm uglevodorodlardan tozalanadi. Moylarini tozalashda bir necha usul ketma-ket ishlatilishi mumkin. Selektiv tozalash usulining 2 xil yo‘nalishi mavjud: Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling