moylar oksidlanmasligi, yuqori haroratli qirindilar xosil
bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi zarur;
qishda manfiy haroratda dvigatelning oson yurgizib yu-
borilishini va ishqalanuvchi sirtlarga moy tez yetib borishini ta’min-
lashi zarur;
- yuqori haroratda puxta moy pardasini hosil bo‘lishini ta’min-
lash lozim.
5.1. ICHKI YONUV DVIGATELLARI UCHUN MOYLAR
Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlarida foydalani-
ladigan moylar
m o to r m o y l a r i
deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi,
ishqalanuvchi qismlar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish
hisobiga dvigatel detallarining yeyilishini kamaytirishdir.
Ishqalanish rejimlari moy pardasining mustahkamligiga qarab 3
xil bo‘ladi:
- suyuqlikli ishqalanish rejimi - bunda detallar yeyilmaydi.
- chegaraviy rejim - bunda ishqalanuvchi qismlar orasida moy
pardasi bo‘lmaydi. Moy faqat qismlaming yuzasidagi mikrono-
tekisliklar orasini to‘ldirgan holatda mavjud bo‘ladi. Bu ishqa
lanuvchi rejim beqaror bo‘lib, detallarni yemirilishiga olib keladi.
- quruq ishqalanish rejimi bunda qismlar orasida umuman moy
bo‘lmaydi, detallar yemiriladi.
5.1.1. Motor moylariga qo‘yiIadigan ekspluatatsion talablar
Har qanday moyning asosiy vazifasi belgilangan motoresurs
davomida dvigatelning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlash
bo‘lgani sababli, motor moylari qo'yidagi ekspluatatsion talablarga
javob berishi kerak.
1. Dvigatel detallarining yeyilishini, ishqalanishni yengishga
kam quwat sarflanishini, shuningdek, detallaming tozaligini ta’min-
lashi kerak.
2. Ishqalanuvchi sirtlarini korroziyalanishdan saqlashi.
3. Ishqalanish joylardagi zazorlar va tutashmalardan oson o ‘ti-
Do'stlaringiz bilan baham: |