7-BO‘LIM
TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN PLASTIK
SURKOV MOYLARI
7.1. Umumiy m a’lumotlar
Plastik surkov moylari tarkibiga moy(asos), quyultirgich (sovun),
qattiq uglevodorodlar, bir jipsliligini saqlash maqsadida qo‘shilgan
stabilizator, ba’zan to‘ldirgich(masalan, grafit)
kiruvchi murakkab
birikmalardir. Ish sharoitga qarab qattiq yoki suyuq moddalar
xossalariga ega bo‘lishi, plastik moylarning o‘ziga xos xususiyatidir.
Ular uzluksiz moy berib turish imkoni bo‘lmagan
ishqalanish
uzellarida. shuningdek, katta solishtirma yuk(nagruzka)
tushadigan
hamda kichik tezliklarda ishlaydigan, germetiklash qiyin bo‘lgan
uzellarda ishlatiladi. Bu moylar sirtlaming
ishqalanishi va yeyilishini
kamaytiradi, shuningdek, ulami korroziyalashdan saqlaydi.
Plastik moylar och sariq rangdan to‘q jigar ranggacha bo‘lgan,
ba’zan qora rangli (grafitli) yoki ko‘k rangli (№158) mazsimon
mahsulotdir. Ular bir jinsli bo‘lishi, tarkibida
erimay qolgan qismlar,
abraziv aralashmalar va suv bo‘lmasligi, yaxshi barqarorlikka ega
bolishi, ya’ni qatlamlanmasligi lozim.
7.2. Plastik surkov moylarining asosiy xossalari