Zafar Diyor hayoti va ijodi


Download 305.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.06.2023
Hajmi305.61 Kb.
#1650536
Bog'liq
Zafar Diyor hayoti va ijodi





Zafar Diyor hayoti va ijodi 
Zafar Diyor taniqli bolalar shoiri va dramaturg bo‘lgan. Shuningdek, jurnalistik faoliyat 
ham olib borgan, tanqidiy adabiy ocherklar yozgan va badiiy tarjimalar qilgan. 1941 yildan 
to umrining oxiriga qadar Zafar Diyor Respublika gazetasida mas’ul kotib hamda bo‘lim 
boshlig‘i lavozimida ishlagan. 
Bolalar uchun yozgan sahna asarlarida ular o‘rtasidagi do‘stlikni ifodalagan. 
Zafar Diyor 1912 yil Namangan viloyatining Chust tumanida, kambag‘al dehqon 
oilasida tug‘ilgan. Avval eski maktabda ta’lim olgan va bolalar uyida tarbiyalangan. 1927 
yildan o‘qishni yigitlar uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston bilim yurtida davom ettiradi, 1933 
yil esa uni a’lo baholar bilan yakunlaydi. Ushbu bilim yurtida adabiyot o‘qituvchisi bo‘lib 
qoladi. 1941 yil Zafar Diyor Toshkent Davlat pedagogika institutini tamomlaydi. 
1946 yil 14 aprel kuni vafot etgan. 
Ko‘pgina she’rlari “Yosh kuch”, “Kolxozchi bolalar” kabi gazeta va oynomalarda chop 
etilgan. Uning ilk she’riy to‘plami 1938 yil “Qo‘shiqlar” nomi ostida chop etilgan. Tez 
orada, ketma-ket 1938 yil “Tantana”, 1939 yil “She’rlar”, 1942 yil “Bizning qurolimiz” va 
“Bizning oila”, 1944 yil “Sovg‘a” kabi to‘plamlari omma yuzini ko‘radi. 
Zafar Diyor Ulug‘ Vatan Urushi yillari har xil janrlardagi she’rlarni yozgan. Uning 
“Qurol bering menga ham!” she’ri H.Olimjonning “Qo‘lingga qurol ol!” asari bilan 
taqqoslanadi. “Orzu”, “Temurchilar maktubi”, “Otam kelar yaqinda”, “Tabassum”, 
“To‘qqizinchi may” kabi she’rlari vatanparvarlik, do‘stlik kayfiyatiga to‘yingan bo‘lib, 
qahramonlik va fidokorlikka chaqiradi. 
Uning dramatik asarlari orasida uch qismlik bolalar sahna asari juda mashhur: “Baxtli 
yoshlik” va “Uch og‘a-ini”. Asarda ijodkor bolalar do‘stligi va qardoshlik tuyg‘ulari haqida 
yozgan. 
Vafotidan so‘ng, 1947 yil “Kichkina bog‘bon haqida doston”, 1948 yil “Chaman”, 1952 
yil “Gunafsha”, 1954 yil “Asarlar”, 1958 yil “Qanotli do‘stlar va Suv bilan suhbat” she’riy 
to‘plamlari chop etilgan. 


O‘zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Zafar Diyordir. U 1912 
yili Namangan viloyatining Chust tumanida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. Avval eski 
maktabda, so‘ng bolalar uyida ta’lim oldi. 
Bo‘lg‘usi shoir 1927 yilda Narimonov nomli o‘zbek erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, 
uni 1933 yilda a’lo baholar bilan tugatib, o‘sha yerda adabiyot muallimi bo‘lib xizmat qildi. 
1941 yilda esa Toshkent Davlat pedagogika oliy institutini tugatdi. 
Shoir ijodi garchi erta boshlangan va ko‘pgina she’rlari «Lenin uchquni», «Yosh 
leninchi», «Yosh kuch», «Kolxozchi bolalar» kabi gazetalarda chop etilgan bo‘lsa ham, 
uning «Qo‘shiqlar» nomli birinchi she’riy to‘plami 1938 yilda nashr etiladi. Shoirning ijodiy 
faoliyati jurnalistika bilan chambarchas bog‘liqdir. U avval «Lenin uchquni» (1936—1941) 
gazetasida mas’ul kotib, 1941 yildan umrining oxirigacha «Qizil O‘zbekiston» gazetasida 
bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. 
Shoirning «Qo‘shiqlar» to‘plamidan so‘ng «Tantana» (1938), «She’rlar» (1939), 
«Bizning qurolimiz», «Bizning oila» (1942), «Sovg‘a» (1944) kabi she’riy majmualari 
bosilgan. 
Zafar Diyor Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941—1945) rang-barang janrlarda 
samarali ijod qildi. Uning «Qurol bering menga ham!» she’ri H. Olimjonning «Qo‘lingga 
qurol ol!» asariga hamohang. Shuningdek, «Orzu», «Temurchilar maktubi», «Otam kelar 
yaqinda», «Tabassum», «To‘qqizinchi may» kabi she’rlari yoshlarni qahramonlik, 
vatanparvarlik va birodarlik ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. 
Zafar Diyor mohir bolalar shoiri bo‘lishi bilan birga, bolalarning suyukli dramaturgi 
ham edi. Uning uch qismdan iborat «Baxtli yoshlik», «Uch og‘ayni» pesalarida bolalar 
o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik ardoqlanadi. U adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi, tarjimon 
va nosir ham edi. 


BINAFSHA
 
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog‘imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.
— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz, —
Binafshalar teraylik.
Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
Atir hidi sochildi,
Chakkangga taq, chakkangga.
Lazzat olib hididan
Bolarilar uchadi.
Ipakqanot kapalak
Barglarini quchadi.
Seni maqtab kuylaydi,
Bog‘ aylanib qushchalar.
Darak berib bahordan,
Quvontirding shunchalar.
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli.
Ko‘ksimizda hid sochib
Turishlaring chiroyli
!

Download 305.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling