Deylik, «shaxsiy huquq va erkinliklar»ga doir VII-bobdagi 24-moddada «yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir», -deb aytiladi. 26, 27, 29 moddalar ham «har bir shaxs», «har kim» uchun shaxsiy daxlsizlik, adolatli sudlov, fikrlash, so`z va e'tiqod erkinligi huquqlarini kafolatlaydi, 31-modda ham vijdon erkinligini «hamma uchun» ta'minlaydi. Bularning hammasi shundan dalolat beradiki, shaxsiy huquqlar mamlakatda yashovchi hamma insonlarga tegishlidir. Ulardan farqli o`laroq, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «siyosiy huquqlar»ga bag`ishlangan VIII bobidagi 32, 33 va 34 moddalar O`zbekiston Respublikasi fuqarolarigagina tegishlidir. - Deylik, «shaxsiy huquq va erkinliklar»ga doir VII-bobdagi 24-moddada «yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir», -deb aytiladi. 26, 27, 29 moddalar ham «har bir shaxs», «har kim» uchun shaxsiy daxlsizlik, adolatli sudlov, fikrlash, so`z va e'tiqod erkinligi huquqlarini kafolatlaydi, 31-modda ham vijdon erkinligini «hamma uchun» ta'minlaydi. Bularning hammasi shundan dalolat beradiki, shaxsiy huquqlar mamlakatda yashovchi hamma insonlarga tegishlidir. Ulardan farqli o`laroq, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «siyosiy huquqlar»ga bag`ishlangan VIII bobidagi 32, 33 va 34 moddalar O`zbekiston Respublikasi fuqarolarigagina tegishlidir.
Bu moddalardan farqli ravishda 25-moddada: - Bu moddalardan farqli ravishda 25-moddada:
- «har bir fuqaro hech bir kamsitishsiz:
- davlat ishlarini yuritishda qatnashish..;
- saylash va saylanish..;
- v) o`z mamlakatida umumiy tenglik asosida davlat xizmatiga kirish...
- huquqi va imkoniga ega bo`lishi shart»,-deyilgan. Ko`rinib turibdiki, xalqaro huquq ham siyosiy huquqlarni hammaga, har kimga emas, fuqarolarigagina beradi. O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov aytganiday: «odil va oqil hokimiyat xalq kayfiyatini, uning irodasini albatta hisobga oladi». Shu joyda AQSh Prezidenti Avraam Linkol'nning so`zlarini keltirish o`rinli; «Hech bir inson boshqalarni ularning roziligisiz boshqaradigan darajada komil emas». Xalqni uning roziligi bilan boshqarish, xususan, erkin saylovlarni bildiradi. O`zbekiston Prezidentining muqobillik asosida umumiy yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanishi ham respublikada demokratiya o`rnatilishining bir isboti bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |