Заголовок Lorem Ipsum


Download 149.31 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi149.31 Kb.
#1240758
1   2   3   4
Bog'liq
SBHA-81 GURUH TALABASI Djumaniyazov Kudratbek Buxgalteriya Xisobi va audit (amaliy)

Bir maromda hisoblash usuli Soliq Kodeksiga to‘liq muvofiq keladi. Yillik amortizatsiya (eskirish) summasining 1/12 qismi har oyda harajatlar schetiga kiritib boriladi va u foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shilmaydi. Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash usuli. Ushbu usulda, avvalom bor, bir yillik ish hajmiga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya (eskirish) summasi topib olinadi. Bizning misolimizda u 90 so‘mga teng (900000 : 10000 = 90). Avtomobilning xizmat muddati yillarida haqiqatda bajargan ish hajmiga proporsionlal hisoblanadigan, jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi, shuningdek qoldiq qiymat qo‘yidagicha bo‘ladi:


Yil-lar

Boshlan-g‘ich qiymat

Amorti-zatsiyala-nadigan qiymat

Ish hajmi, soat

Amorti-zatsiya me’yori, so‘m

Yillik amorti-zatsiya

Jamlan-gan amorti-zatsiya

Qoldiq qiymat

1

1000000

900000

2000

90

180000

180000

820000

2

1000000

900000

3000

90

270000

450000

550000

3

1000000

900000

2500

90

225000

675000

325000

4

1000000

900000

1500

90

135000

810000

190000

5

1000000

900000

1000

90

90000

900000

100000

Ushbu usulda ko‘rinib turibdiki, yillik hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi haqiqiy bajarilgan ish hajmiga qarab turlicha bo‘lgan. 1-yilda hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi Soliq Kodeksida belgilangan me’yorga mos keladi va u soliq solish bazasiga qayta kirmaydi. 2-yilda me’yordagidan 90000 so‘m (270000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan. Ushbu summa ikkinchi yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 3-yilda me’yordagidan 45000 so‘m (225000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan. Ushbu summa 3-yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 4- va 5- yillardan me’yordan mos ravishda 45000 so‘m (135000-180000) va 90000 so‘m (90000-180000) amortizatsiya (eskirish) kam hisoblangan. Ushbu summalar mos ravishda 4- va 5- yillarda soliq solish bazasidan kamaytirilishi maqsadga muvofiq yoki kelgusi yillarda avtomobildan qo‘shimcha ishlatishda soliq solish bazasiga 2- va 3- yillarda qayta kiritilgan 135000 so‘m (90000+45000) miqdorida amortizatsiya (eskirish) summasi soliqga tortilmasligi kerak. Yuqoridagi hol mavjud bo‘lganda soliqga tortilmaydigan amortizatsiya (eskirish) summasi miqdori asoslangan holda hisob siyosatida aks ettirilgan bo‘lishi kerak.

Xizmat yillari yig‘indisiga proporsional hisoblash usuli. Ushbu usulda xizmat yillari yig‘indisi topib olinadi va ularning hissasi teskari holda belgilanadi. Bizning misolimizda xizmat yillari yig‘indisi 15 ga teng (1+2+3+4+5). Yillar hissasi: 1- yil uchun - 5/15; 2- yil uchun - 4/15; 3- yil uchun - 3/15; 4- yil uchun - 2/15; 5- yil uchun - 1/15. Ushbu usulda hisoblangan va jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi, shuningdek qoldiq qiymat xizmat yillari ichida qo‘yidagicha bo‘ladi:


Yillar

Boshlan-g‘ich qiymat

Amorti-zatsiyala-nadigan qiymat

Amorti-zatsiya me’yori

Yillik amorti-zatsiya

Jamlan-gan amorti-zatsiya

Qoldiq qiymat

1

1000000

900000

5/15

300000

300000

700000

2

1000000

900000

4/15

240000

540000

460000

3

1000000

900000

3/15

180000

720000

280000

4

1000000

900000

2/15

120000

840000

160000

5

1000000

900000

1/15

60000

900000

100000

Download 149.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling