Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bir nazar


Download 0.7 Mb.
bet1/5
Sana28.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1235678
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur

404- guruh talabasi Kimyanazarov Abdurauf.


Taqdimot

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bir nazar

Reja:

  • Boburning hayoti va ma’naviy-ma’rifiy faoliyati.
  • Bobur lirikasi
  • “Boburnoma”ning yozilish tarixi

Boburning hayoti va ma’naviy-ma’rifiy faoliyati.

  • O’rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyandasi Zahriddin Muhammad Bobur 1483yil 14-fevralda Andijonda tug’ildi. Otasi Umarshayx Mirzo temuriy avlodidan bo’lib, Farg’ona viloyatining hokimi bo’lgan. Zahriddin Muhammad Bobur o’z davrining taniqli muallim va murabbiylari rahbarligida ta’lim va tarbiya olgan. Otasi Umarshayx Mirzo 1495 yilda vafot etgach,12 yoshida uning o’rniga taxtga o’tirdi. Andijonni Shayboniyxon egallagach, Zahriddin Muhammad Bobur Afg’onistonga ketishga majbur bo’ladi. Bu mamlakatda Kobul va Badahshon shaharlarida o’z hokimiyatini barpo etdi. So’ngra Hindistonga yurish boshlab, u yerda buyuk davlatga asos soldi.

Bobur Xo’ja Ubaydullo Ahrorning “Volidiya” risolasini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qildi, aruz vazni va qofiya masalalariga “Mufassal ” asarini yozdi. Zahriddin Muhammad Bobur adabiyotshunos, tarixshunos olim va shoir sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida muunosib o’rin egalladi. Bobur o’z ma’rifiy,madaniy,ijtimoiy faoliyatida ilmli kishi (ustoz),ilmni o’rganish uchun ilm talabgori bo’lish g’oyasini oldinga surdi. Bobur deydi: Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O’rgangali ilm tolibi ilm kerak. Men tolibi ilm tolibi ilm yo’q, Men borman ilm tolibi,ilm kerak.

Bobur ilmli bo’lishni istaganlarni ilmni zo’r havas,ishtiyoq bilan egallashga da’vat etdi. Bobur axloq-odob haqidagi qarashlariga yaxshilik,vafodorlikni eng go’zal fazilat sifatida ulug’laydi,yomonlikni jafo keltiruvchi illat sifatida qorakadi: Har kimki vafo qilsa,vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz, Har kimki yomon bo’lsa,jazo topqusidur. Bobur odamlarni elga yaxshilik qilib, o’zidan yaxshi nom qoldirishga chorlaydi: Bori elga yaxshilik qilgilki,mundin yaxshi yo’q. Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshi yo’q,.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling