Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bir nazar


Download 0.7 Mb.
bet4/5
Sana28.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1235678
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur

Bobur shaharlarni ta'riflabgina qolmasdan o‘zi shaharlarni obodonlashtirishga, shaharlarda bog‘lar yaratishga, turli xil madrasalar, jome masjidlari, qasrlar qurishga ham katta hissa qo‘shgan. Bosh­qa mamlakatlardan, ayniqsa Samarqand, Buxoro, Andijon, Marg‘ilondan kelgan ustalar juda katta izzat-ikromlar bilan kutib olingan. Hind ustalari ham kamsitilmasdan, ularga boshqa ustalar bilan tengma-teng miqdorda haq to‘langan. Bobur Hindistonda juda oz muddat - atigi to‘rt yilu sakkiz oy (1526-1530) bo‘lgan. Lekin, ushbu davr ichida uning qurilishlarida yuzlab kishilar mehnat qilgan. Bu haqda «Boburnoma»da quyi­dagi satrlarni o‘qish mumkin: «Nechukkim «Zafarnoma»da Temurbekning «Masjidi Sangan» imoratini qilurda Mulla Sharif mundog‘ mubolag‘a bila bitibdurkim Azarbayjon va Fors va Hindiston va yana o‘zga sangtaroshlardan har kunda ikki yuz kishi masjidda ish qilurlar edi. Bir Ograda (Agra) ushbu Ograning sangtaroshlaridan mening imoratlarimda har kunda olti yuz sakson kishi ish qilurlar edi, yana Ograda Sehrida va Biyonada va Dilpurda va Guvalyorda ming to‘rt yuz to‘qson bir sangtarosh har kunda mening imoratlarimda ish qilurlar edi».

«Men Hirotda Alisherbekning uyida yashadim. Har kuni otda shaharning o‘zim ko‘rmagan joylarini tomosha qilar edim. Shu qisqa davr ichida men Hirotda Alisherbekning bog‘i va Guzargohi, Shayx Bahovuddin Umar mozori va maqbarasini, mavlono Abdurahmon Jomiy mozori va maqbarasi, Ulug‘bekning Gavharshodbegim (Ulug‘bekning onasi) madrasasi va maqbarasini, Hirot jome masjidini tomosha qildim» («Boburnoma», 172-bet). «Boburnoma»da hali yechimini kutayotgan, aniqlanishi kerak bo‘lgan geografik joy nomlari, ayniqsa shaharlar va qal'alarning toponimlari, qavm, elat, qabila, urug‘-aymoq va millatlar etimologiyasiga oid bahsli bo‘lgan atama va tushunchalar mavjud.


Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg’onistonni egalladi. 1519-1526 yillarda Hindistonni zabt etdi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos soldi . Zahiriddin Bobur Hindistonni Agra shahrida 1530 y. 26 dekabr vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko’ra Qobulga ko’chirilgan.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling