Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitet


Download 40.13 Kb.
bet3/4
Sana03.01.2023
Hajmi40.13 Kb.
#1076196
1   2   3   4
Bog'liq
Turizm asoslar Akbrov.J 2-bosqich

Sezilmaslik. Turistlik xizmatlar moddiy mahsulot bo‘lib hisoblanmaydi. Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi, chunki iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy, etik, intellektual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘rish yoki baholash mumkin emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi hisoblanadi (turist);
2. Servisni va iste’molchining o‘zaro bog‘liqligi. Xizmatlar iste’molchi va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistlik xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste’mol bilan birga parallel ravishda yuz beradi. Ma’lumki, moddiy shaklda tovarlarni ishlab chiqarish, uni sotuvidan oldin bo‘ladi, faqat undan keyingina iste’mol jarayoni boshlanadi. Yana bir muhim xususiyatlaridan biri bu turistlik tovarlar va xizmatlar iste’moli faqatgina iste’molchini, ya’ni turistni uning ishlab chiqilgan joyiga olib borilgan holdagina amalga oshiriladi. Oddiy tovarlar va xizmatlar iste’moli esa teskarisi, ya’ni ishlab chiqilgan mahsulot joyidan qat’iy nazar tayyor bo‘lgach, iste’molchi uni shu yerning o‘zida iste’mol qiladi.
3. Saqlanmaslik. Turistlik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin emasligi). Turistlik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistlik xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni, talab va taklifni mutonosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab bo‘lmaganga qadar «omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.
4. Sifatning doimiy emasligi (xizmatlar sifati ko‘p hollarda manbaning holati, uning malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi).
Mehmondo‘stlik sohasidagi xizmatlar o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi, ya’ni, ularni sifati qanday sharoitlarda kim uni rad etishga bog‘liq bo‘ladi. Bunday o‘zgaruvchanlikni bir necha sabablari mavjud. Birinchidan, bunday turdagi xizmatlar bir vaqtning o‘zida ko‘rsatiladi va qabul qilinadi, bu esa ularning sifatini nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. Ehtiyojni vaqtinchalik nobarqarorligi, ehtiyoj yuqori bo‘lgan davrda xizmat sifatini saqlashni muammoli qilib qo‘yadi. Ko‘p narsalar xizmat ko‘rsatish vaqtida uni rad etish holatiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan bir kishi bugun sizga yaxshi xizmat ko‘rsatishi mumkin, ammo ertasi kuni sifatsiz xizmat qilishi mumkin. Bunday sifatsiz xizmat ko‘rsatishni turli sabablari bo‘lishi mumkin: xizmat sifatidagi o‘sish va tebranishlar, mehmondo‘stlik industriyasi sha’niga mijozlar tomonidan aytiladigan e’tirozlar norozilikning bosh sababi bo‘lib hisoblanadi. Turistlik xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rgazmali ravishda 3.1. rasmda keltirilgan.



Download 40.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling