Fotometriya qonunlarini o‘rganish. Ishning maqsadi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya ishi Fotometriya qonunlarini o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
1-Laboratoriya ishi FOTOMETRIYA ASOSLARI. FOTOMETRIYA QONUNLARINI O‘RGANISH. Ishning maqsadi: fotometriya qonunlarini o‘rganish, Lyummer-Brodxun fotometri yordamida cho‘g‘lanma lampochkaning yorug‘lik kuchini aniqlash. Kerakli jihozlar: Lyummer-Brodxun fotometri, optik skame, ma’lum yorug‘lik kuchiga ega bo‘lgan etalon cho‘g‘lanma lampa, yorug‘lik kuchi aniqlanuvchi cho‘g‘lanma lampa, yorug‘lik filtrlari. QISQACHA NAZARIYA VA ISHNING MAQSADI Fotometriya deb yorug‘lik oqimini o‘lchash va boshqa fotometrik kattaliklarni miqdoriy jihatdan aniqlash masalalari bilan shug‘ullanadigan optikaning bo‘limiga aytiladi. Cho‘g‘langan jismlar, lyuminofor moddalar yoki elektr maydonidagi siyraklashgan gazlar nurlanish energiya manbalari sifatida xizmat qiladi. O‘rganilayotgan masala xarakteriga bog‘liq holda yorug‘likning u yoki bu manbai tanlanadi. Manbaning o‘lchami kuzatilayotgan masofaga nisbatan juda kichik bo‘lgan hollarda fotometrik hisoblashlarni ancha soddalashtirish mumkin. U holda manba tomonidan nurlanayotgan yorug‘lik oqimi barcha yo‘nalishlarda bir xil bo‘ladi va manbadan tarqalayotgan yorug‘lik to‘lqin sirtini sferik deb qarash mumkin. Yuqorida keltirilgan shartlarni qanoatlantiradigan yorug‘lik manbaiga nuqtaviy manba deyiladi. Fotometriyada ko‘zga ko‘rinadigan nurlanishni xarakterlash uchun yorug‘lik oqimi Ф, yorug‘lik kuchi I, yoritilganlik E, ravshanlik R, yorqinlik B kabi fizik kattaliklar qo‘llaniladi. 1. Yorug‘lik oqimi. Yorug‘lik oqimi manbaning asosiy xarakteristikalaridan biridir. Yorug‘lik oqimi deb, manbaning birlik sirtidan vaqt birligi ichida tarqalayotgan yorug‘lik energiyasiga aytiladi. (1)
quyidagicha aniqlanadi (1-rasm) 1-rasm ∫ (2)
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling