Fotometriya qonunlarini o‘rganish. Ishning maqsadi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya ishi Fotometriya qonunlarini o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Ravshanlik
4. Yorqinlik. Shu vaqtgacha biz nqtaviy yorug‘lik manbalari haqida fikr
yuritdik. Biroq ko‘p hollarda yorug‘lik manbalari biror o‘lchamga ega bo‘ladi, ya’ni yoyilgan bo‘ladi. Bunday manbalarning shakli va o‘lchamlari ko‘z bilan ko‘rib farq qilinadi. Yoyilgan yorug‘lik manbalari uchun yorug‘lik kuchi etarli xarakteristika bo‘la olmaydi. SHuning uchun qo‘shimcha xarakteristika sifatida yorqinlik va ravshanlik tushunchalari kiritiladi. Yorug‘lik manbaining yuza birligidan barcha yo‘nalishlarda nurlanayotgan yorug‘lik oqimiga son jihatdan teng bo‘lgan kattalikka yorqinlik deyiladi: (11)
-manbaning yorug‘lik sochayotgan sirt yuzasi. Yorqinlikning o‘lchov birligi yoritilganlikning o‘lchov birligi bilan bir xil. Ular quyidagilar bilan bir-biridan farq qiladi: Yoritilganlik qandaydir manbadan birlik sirt yuzaga tushayotgan yorug‘lik oqimini xarakterlaydi, yorqinlik esa yorug‘lik manbaining birlik sirt yuzasidan nurlanayotgan yorug‘lik oqimini ifodalaydi. 5. Ravshanlik. Manba sirt yuza birligidan sochilayotgan yorug‘lik kuchiga son jihatdan teng bo‘lgan kattalikka ravshanlik deb aytiladi. Ravshanlikning formulasi quyidagicha ifodalanadi: (12)
Umumiy holda cho‘g‘langan qattiq jismlar uchun ravshanlik quyidagicha topiladi: (13)
Manbaning ravshanligi bilan, undan kelayotgan nurlanish tufayli yuzaga kelayotgan yoritilganlik orasidagi bog‘lanish quyidagi formula orqali ifodalanadi: (14)
koeffitsienti. LYUMMER-BRODXUN FOTOMETRI 3-rasmda fotometrning optik sxemasi keltirilgan. 1-etalon va 2-noma’lum 3-rasm yorug‘lik manbalaridan tarqalayotgan nurlarni 3-noshaffof plastinka diffuz sochadi. Sochilayotgan yorug‘likning bir qismi parallel nurlar dastasi ko‘rinishida 4- va 5-to‘la ichki qaytaruvchi to‘g‘riburchakli prizmalarga tushadi. Bu prizmalarning gipotenuzasi bo‘yicha sirtlaridan qaytgan nurlar 6-Lyummer- Brodxun fotometri (kubik) ga tushadi. O‘ng tomondan prizmaning gipotenuzasi bo‘yicha sirti yassi; chap tomondagi prizmaning gipotenuzasi bo‘yicha sirti sferasimon. Chapdagi prizmaning sferasimon qismi o‘ngdagi prizma bilan optik kontakt hosil qilguncha silliqlangan. Fotometr kubigidan o‘tib, ko‘rish trubasiga tushayotgan yorug‘lik dastasining o‘rta qismi aa optik kontakt orqali o‘tgan va 1- etalon manbadan kelayotgan nurlardan iborat chetki qismi kubikning chetlari aA va aB lar orqali o‘tib, 2-noma’lum manbadan kelayotgan nurlardan iborat. Natijada trubaning ko‘rish maydonida ikkita konsentrik taqqoslanuvchi sohalarni kuzatamiz (Rasm-4). Bu sohalarning yoritilganliklari 3-plastinka ikkala tomonining 4-rasm 5-rasm yoritilganliklariga proporsional bo‘ladi. 3-plastinka ikkala tomonidan bir xil yoritilganda ko‘rish maydonidagi taqqoslanuvchi sohalar o‘rtasidagi chegara yo‘qoladi. Bu holat yorug‘lik manbalari bilan 3-plastinka orasidagi va masofalarni tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Lyummer-Brodxun kubigida kuzatiladigan fotometrik maydon 5-rasmdagi kabi bo‘ladi. Bir yo‘nalishda shtrixlangan trapetsiya va yarim doiraga bir manbadan tarqalayotgan nurlar, qarama-qarshi yo‘nalishda shtrixlanganlarga esa boshqa manbadan tarqalayotgan nurlar tushayotgan bo‘ladi. Butun ko‘rish maydoni bo‘ylab fotometrik yoritilganlik muvozanati bir xil bo‘lganda barcha sohalar orasidagi chegara yo‘qoladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling