Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim 416-guruh


Download 44.8 Kb.
bet7/8
Sana30.04.2023
Hajmi44.8 Kb.
#1404008
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

Mehr bo’lib soyanishining sening,
Oy yuzida muhri nigining sening.
Mulki Sulaymon uza ishratnamoy,
Boshinga solmay ko’laka juz humoy.
Shoirning quyosh shohga soyabon bo’lishi, oy yuzidagi muhr uning uzugi
o’rni ekani, Sulaymon davlatida ishrat qilishi, humo qushining boshiga soya solishi
haqidagi fikrlari tasvodifiy emas. Bu birinchidan, butun borliq Yaratgan
mehribonlik bilan ato etgan hukmdorni olqishlamoqda. Yana bir jihatdan esa
tabiatdan olingan tasviriy ifodalar orqali obrazlilikni kuchaytirib, misralarni
ta’sirchanligini oshirmoqda. Shoir sultonlarni ta’riflar ekan, rostlik, xalollik, adolat bilan davlat
boshqarishi amr etilganligiga alohida urg’u beradi.
Navoiy podshoh ham boshqa odamlardek bir odam, hatto oddiy odamlarning
ko’pidan u «ojizu afganda» ekanligini unutmasligini ta’kidlaydi. Shuning uchun
shoh o’zini yorug’ nupy, boshqalarni qora tufroq deb hisoblamasligi kerak. Shoh
ham hamma qatori tuproqdan yaratilganini eslatadi. Sulton tashqi ko’rinishda
boshqalar bilan teng bo’lsa ham, ammo hunar, bilim, aql, xushxulqlik,
shirinso’zlik, adolat, insof, hayo, toat-ibodat va hokazolarda odamlarning
ko’pchiligi shohdan ustunligini aytadi. Buni u doim esda tutishi kerak:
Bil munikim, sen dog’i bir bandasen,
Ko’pragidin ojizu afgandasen.
Ermas alar tufrog’u sen nuri pok,
Хilqat alarg’au senga tiyra xok.
Barcha javorih bila a’zoda teng,
Surati nav’i-yu hayloda teng.
Lek hunar ichra, kamol ichra ham,
Хulqi xushu lutfi maqol ichra ham,
Ham ravishi adlu ham insof aro,
Hilmu hayou bori avsof aro,
Shar’ tariqida, ibodatda ham,
Haq yo’lida taqviyu toatda ham.
Sen tushubon yo’l nahajidin yiroq,
Ko’pragi sendin yurubon yaxshiroq.
Dostonda sulton mamlakat tinchligi, el-yurt faravonligi, osoyishtaligi uchun
javobgar ekanligiga alohida urg’u beriladi. Shoir xalq qo’y podasi bo’lsa, podshoh
cho’pon, mamlakat chaman bo’lsa, shoh bu chamanga qarovchi, suv beruvchi
dehqon, mamlakat bog’ bo’lsa u bog’bon, deydi. Bu bog’ yoki chaman qurib
qolsa undagi daraxtlar o’tinga aylanadi. Shuning uchun bu daraxt va gullarga suv
quyib, obod qilish, zarur. Qo’y podasi qarovsizlik oqibatida bo’rilar tomonidan
talansa, bo’rilarni haydash lozim. Poda qirilib, daraxtlar qurib ketsa bundan hech
kimga naf yo’q ekanligini aytadi. Bunda shoir podshohlarni sergaklikka chaqiradi,
xalq va yurt uchun mas’ulligini eslatadi. Podshohning vazifasi toj-taxt egasi bo’lish
emas, balki xalq va mamlakatga g’amxo’rlik qilish Alloh tomonidan
yuklatilganligini ta’kidlaydi.
Ko’rinadiki, Navoiy jamiyatda zulmni yo’q qilish birinchi navbatda shohga
bog’liq deb hisoblaydi va samimiyat bilai uni insof va adolatga chaqiradi. Qilgan
zulm-sitami bir kun o’ziga qaytishi mumkinligini aytib uni ogohlantiradi.
Yuksak insoniy fazilatlar tasviri. “Hayrat ul-abror” dostonida yuksak
insoniy fazilatlar tasviriga alohida maqolatlar ajratiladi. Asarning beshinchi,
oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi, o’ninchi maqolatlarida karam,
saxovat, adab, qanoat, ishq, vafo, rostlik, ilm haqida so’z yuritiladi. Bunda shoir bu
ezgu sifatlarni ulug’lab, kishilarni baxillik, xasislik, ta’magirlik, yolg’onchilik,
johillik singari chirkin illatlardan holi bo’lishlarini istaydi.
Buxl erur borcha sifatdin xasis,
Lek saxo javhari asru nafis.
Shoir och bo’lmaganga dasturxon yozish, yalong’och bo’lmaganga to’n
kiydirishni, nom chiqarish uchun boylikni sochib yuborishni keskin qoralaydi va
isrofgarchilikka yo’l qo’yish baxillikdan ham yomon illatdir deydi:
Aqlki ta’rif etar avsofni,
Buxl bila teng tutar isrofni.
Har qanday tamagirdlikdan holi bo’lgan saxiylikni ulug’laydi. Shoir boriga
qanoat qilib, hech kimdan hech narsa tama’ qilmaslikni haqiqiy saxovat deb biladi.
Shuningdek, borini muhtoj kishiga berish ham saxiylikdir.
Oni saxiy anglagil, ey hushmand,
Kim ani davlat qilibon sarbaland.
Holi agar yaxshidurur, gar taboh,
Kimsadan etmas tamai molu joh.
Mazkur misolda saxiy odam hech kimdan hech narsa tama’ qilmaydi,
«daryoning oldidan chiqib qolsa, undan hatto bir shabnamchalik suv suramaydi», -
deyish bilan mubolag’adan foydalangan. Ya’ni shoir tasvirlayotgan kishisining
olijanob fazilatini mubolag’aning kichraytirish xili orqali gavdalantirmokda.
Alisher Navoiyning qarashlariga ko’ra inson tabiatan tabiat bilan bog’liq,shunga ko’ra Xudoning mevasi sanaladi. Chunki tabiatning o’zini ham Ollox yaratgan.shuning uchun ham u hayotta hamma narsadan yuqori turadi, borlig’ning butun mavjudodlatning babaxo boyligi sanaladi. Navoiy o’zining badiiy asarlarida komil inson obrazini yaratib,ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlarini ifodalan bo’lsa,ta’limiy-axloqiv asarlarida esa kimil insonni shakllantirishning mazmuni,yo’llari va usullarini bayon etdi. V.Zoxidov ta’kidlaganidek, “Navoiy ijoding, amaliy faoliyatining eng asosiy,markaziy masalasi, yo’nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yashashi zarur jamiyat masalasidir”. Shuning uchun ham Navoiy butun umri davomida yiqqan tajribasi asosida “Maxbub ul-qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”) asarini yozadi va ana shu asarida o’zining “Hayrat ul-abror” va boshqa ta’limiy-axloqiy asarlaridagi axloqiy qarashlarini rivojlantiradi
Xulosa:
Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida
yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma'naviy merosi umumjahon
xazinasidan mustahkam o'rin oldi. Alisher Navoiyning eng so‘nggi yirik nasriy
asari “Mahbub ul-qulub”dir. “Mahbub ul-qulub”da shoirning umri davomida
ko‘rgan, kuzatgani, boshidan kechirgani, inson va yashash bilan bog‘liq ko‘pdan-
ko‘p mulohazalari bayon qilingan.Ushbu bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi
“Mahbub ul-qulub”ning tuzilishi va undagi masalalar”. Unda “Mahbub ul-
qulub”ning tuzilishi, birinchi, ikkinchi, uchinchi faslidagi masalalar o‘rganiladi.
Birinchi qismdagi masalalar batafsilroq yoritiladi. “Mahbub ul-qulub” asaridagi
hayotiy, dolzarb qarashlar zamonlarosha insonlar qalbidan joy egalab kelmoqda.
Alisher Navoiy aytgan fikrlarni qalb qo‘riga singdirsa, hayot yo‘llariga
qoqilmasadan yura oladi. Bu bitiruv malakaviy ishidan siz asar haqidagi
tasavvurlaringizni yanada boyitishingiz, yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz
mumkin. Shu bilan bir qatorda asardagi ilgari surilgan fikrlarni yangi metodlar
orqali yanada teranroq anglaysiz. Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning
“Mahbub ul-qulub” asari va undagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’limiy-tarbiyaviy
qarashlar g‘oyaviy -badiiy jihatdan katta ahamiyatga ega asardir. Asarga
kiritilgan nasihatlar, hikmatalar, tanbehlar ijod mahsuli badiiyligini yanada
oshirgan.

Download 44.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling