Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim 416-guruh


«Hayrat ul-abror» dostonining yaratilish tarixi va tarkibiy tuzilishi


Download 44.8 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi44.8 Kb.
#1404008
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

«Hayrat ul-abror» dostonining yaratilish tarixi va tarkibiy tuzilishi.
“Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) – “Хamsa”ning birinchi dostoni bo’lib, unda falsafiy-ta’limiy, diniy-tasavvufiy masalalar ilgari surilgan.
Doston buyuk xamsanavislar Nizomiyning “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”),
Dehlaviyning “Matla’ ul-anvor” (“Nurlarning boshlanmasi”), Jomiyning “Тuhfat
ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”) asarlariga monand tarzda yaratilgan. Doston 1483
yilda yozib tugallangan. Asar o’zining janr xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi bilan
“Хamsa”ning boshqa dostonlaridan tubdan farq qiladi. Unda shoirning falsafiy,
diniy-tasavvufiy, axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari bayon etilgan.
Dostonda mavzu biror voqelikni hikoya qilish orqali emas, balki muallif fikr-
mulohazalarini bayon etish asosida yoritiladi.
“Hayrat ul-abror” 64 bobdan iborat bo’lib, 21 bobi muqaddima, 40 bobi – 20
ta maqolat va 20 ta hikoyat, masal, 3 bobi esa xotimadir. Dostonning asosini 20 ta
maqolat tashkil etib, hikoyat va masallar ilova sifatida keltiriladi.
“Hayrat ul-abror» kirish qismining o’zi ham bir necha bobdan iborat bo’lib,
dostonning umumiy g’oyaviy-badiiy kompozitsiyasida katta va muhim o’rin tutadi.
Bunda bir hamd, to’rt munojot, besh na’t va uch hayratdan tashqari Nizomiy va
Хusrav Dehlaviy madhiga, Abdurahmon Jomiy madhiga, so’z ta’rifiga, so’zda
ma’no va shakl birligi masalasiga, Sulton Husayn Boyqaro, shuningdek, Bahouddin Naqshband madhiga bag’ishlangan maxsus boblar bor. Bu boblar
Navoiyning dunyoqarashini, ijodining estetik prinsiplarini o’rganish va aniqlashda
g’oyat katta ahamiyatga ega.
Dostonning muqaddimasida Allohga hamd, payg’ambarga na’t, to’rt sahoba,
Me’roj kechasi ta’riflanadi. Dostoning bu qismi ta’rif-tavsifdangina iborat emas.
Shoir bunda yuksak badiiy mahorat bilan dunyo va hayotning mohiyati, inson
haqidagi qarashlarini ifodalaydi. Shoir Allohning buyuk va beqiyos go’zalligini
tasvirlaydi, uning yaratuvchilik qudratini ulug’laydi. Avvali ham oxiri ham o’zida
bo’lmish Yaratuvchining husniga had yo’q edi. Bu go’zallikni o’zida aks ettiruvchi
ko’zgular kerak edi.
Jilvai husnig’a chu yo’q erdi had,
Ko’zgu kerak bo’ldi anga beadad.
Ochti bu gulshanniki, rangin erur,
Har gul anga oinai chin erur.
Ko’k, quyosh, oy, yulduzlar, tabiat, dengiz, yer, butun borliq birin ketin
yaratilib, uning ko’zgusiga aylandi. Navoiy Yaratuvchi zotning buyuk mo’’jizasi,
san’atlar sohibi ekanligini qayta-qayta ta’kidlar ekan, badiiy tasvirda tabiat,
koinotdan, ulardagi go’zallik manbalaridan mohir musavvir sifatida foydalanadi.
Тabiat va koinotning betakror manzaralarini chizadi. Bu go’zallik, bu cheksiz
borliqni vujudga keltirishdan maqsad inson edi. Chunki inson barcha mavjudot
ichida eng barkamoli va ulug’idir.
Dostonning dastlabki munojotida Navoiy insonni ulug’laydi. Butun olam
inson tufayli yuzaga kelganini shoir qat’iylik bilan ta’kidlaydi, odamiylik har
narsadan ustun ekanligini zo’r mahorat bilan tasvirlaydi.
Muncha g’aroyibki, misol aylading,
Borchani mir’oti jamol aylading.
Ganjing aro naqd farovon edi,
Lek, boridin g’araz inson edi.
Shoirning uqtirishicha, inson Yaratuvchi uchun eng sevimli zot bo’lib, bu
fikrlarini uchinchi, to’rtinchi munojotda yana davom ettiradi.
Barchasini garchi latif aylading, Barchadin insonni sharif aylading.
Navoiyning keltirishicha, yaratilgan har bir mavjudot “gavhari oliy sifot”dir,
ammo barchasidan go’zal va sharaflisi insondir.
“Hayrat ul-abror”maqolatlarining g’oyaviy yo’nalishi. «Hayrat ul-
abror» dostonining asosiy mazmunini tashkil etuvchi maqolat va hikoyatlarda
shoirning komil inson haqidagi axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari o’z
aksini topgan. Dostondagi maqolatlarda komil inson haqidagi shoirning o’ylari o’z
aksini topgan. Hikoyatlar esa maqolatlarda ilgari surilgan g’oyalarni asoslashga,
ta’sirchanlikni oshirishga yo’naltirilgan.
“Hayrat ul-abror”maqolatlari quyidagilardir:
1-maqolat “Imon sharafida”, 2-maqolat “Islom bobida”, 3-maqolat “Salotin
bobida”, 4-maqolat “Хirqa kiygan riyokor shayxlar xususida”, 5-maqolat “Karam
vasfida”, 6-maqolat. “Adablilik odati to’g’risida”, 7-maqolat “Qanoat bobida”,
8-maqolat “Vafo bobida”, 9-maqolat. “Ishq o’ti ta’rifida”, 10-maqolat “Rostliq
ta’rifida”, 11-maqolat “Ilm osmonining yulduzlardek baland martabaliligi haqida”,
12-maqolat “Qalam va qalam ahllari haqida”, 13-maqolat “bulutdek foyda
keltiruvchi odamlar haqida”, 14-maqolat “Osmon tuzilishidan shikoyat”, 15-
maqolat. “Jaholat mayi”, 16-maqolat “Хunosasifat oliftalar haqida”, 17-maqolat
“Bahor yigitligining sofligi haqida”, 18-maqolat “Falak g’amxonasi haqida”, 19-
maqolat “Хurosonning misli yo’q viloyati haqida”, 20-maqolat “Maqsadning
o’talganligi haqida”. Bu maqolatlarda shoir o’zining yuksak insonparvarlik
idealidan kelib chiqib, kishilarni adolatga, insofga, imonga, ilm-ma’rifat
egallashga, qanoatga, razolat va jaholat botqog’idan yuqori
ko’tarilishga, tamagirlikdan, riyokorlikdan ehtiyot
bo’lishga chaqiradi.
Shoir imon – komillikning asosi ekanligini nazarda tutib, birinchi maqolatni
imonga bag’ishlaydi. Shoir haqiqiy insonlikning belgisi imon ekanligini aytadi.
“Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga imon erur” . Shundan keyin
shoir shariatda har bir mo’min e’tiqod qilishi lozim bo’lgan oltita narsani
tasvirlaydi. Bular Haqni bilmoq, farishtalar, Allohning kalomi bo’lgan ilohiykitoblar, payg’ambarlar, qiyomat, qismatning haqligi. Bularga e’tiqod qilgan kishi
albatta najot topishini aytadi. Ikkinchi maqolat islom haqida bo’lib, unda shoir
olamdagi halqni najot ahli va halok guruhiga bo’linishini aytadi. Birinchi guruhga
islom ahli, keyingisiga sanamlarga sig’inadigan kufr eli mansubligini ta’kidlaydi.
“Kufr eli yo’l topti malomat sori, Zumrai islom salomat sori”, - deganbaytlardan
keyin shoir musulmonchilikning bir nechta shartlari boriligini keltiradi. Ulardan
birinchisi Allohning yagonaligi va Muhammadning uning elchisi ekanligini bilish,
ikkinchisi namoz, uchinchisi zakot, to’rtinchisi ro’za, beshinchisi haj ziyoratiga
borishdir. Bu shartlarni holis ixlos bilan bajargan kishigina chin musulmon bo’lishi
mumkin.
Navoiyning adolatli shoh haqidagi ideal qarashlari. Uchinchi maqolatda
shoir sultonlar haqida yozadi. Shoir sultonning fe’l-atvori, amal qilishi zarur
bo’lgan vazifalar haqida to’xtaladi. Shoir podshohlarning yuksak maqomini
tasvirlaydi. Unda shoir podshohning ulug’vorligi falak avjidan ham o’tib ketgan,
oy quyosh uning sha’niga nog’ora bo’lib chalinayotganini aytish bilan boshlaydi.
Shoir fikrlarini davom ettirib, sultonning taxti mamlakat uchun abadiy baxt beshigi
bo’lishi lozim, deydi. Shohning chodiri soyasida mamlakat quyoshi porlashi, boshi
tufayli tojning martabasi yuqorilagani, taxt esa uning oyog’i tufayli aziz va
mukarram bo’lganligini bir-bir tasvirlaydi. Shoir sultonlarni yuksak mahorat bilan
shunday ta’riflaydi.
Masalan:

Download 44.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling