Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Dars jarayonida ta’lim vositalaridan foydalanish


Download 89.36 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2020
Hajmi89.36 Kb.
#119240
1   2   3
Bog'liq
Abduvohidova Ominaxon 3 IO'M 1. Kurs ishi


2. Dars jarayonida ta’lim vositalaridan foydalanish. O’quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun “B/BX/B JADVALI” dan foydalanamiz.Bu grfik organayzerdan foydalanishimizda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga ega bo’ladi va o’z bilimlarini mustahkamlashga erishadilar.


Жадвални тузиш қоидаси билан танишадилар. Алоҳида /кичик гуруҳларда жадвални расмийлаштирадилар.

“Мавзу бўйича нималарни биласиз” ва “Нимани билишни хоҳлайсиз” деган саволларга жавоб берадилар (олдиндаги иш учун йўналтирувчи асос яратилади). Жадвалнинг 1 ва 2 бўлимларини тўлдирадилар.

Маърузани тинглайдилар, мустақил ўқийдилар.

Мустақил/кичик гуруҳларда жадвалнинг 3 бўлимни тўлдирадилар
B/BX/B JADVALI” tuzilmasi quyidagicha:

B/BX/B JADVALI” ni ko’rinishi





Bilaman


Bilishni xohayman


Bilib oldim












5-sinf “Fayl va papkalar” mavzusiga B/BX/B JADVALI” organayzerini qo’llaymiz.


Bilaman


Bilishni xohayman


Bilib oldim


Fayl tushunchasi

Papka tushunchasi


Fayl hosil qilish

Fayllar ustida amallar

Papka hosil qilish

Papkalarni saqlash



  1. Fayl hosil qila olishi;

Hosil qilingan fayllarni saqlay bilishi;

Fayllarga o’zgartirish kiritishi;

Fayllarni ochishi;

Yaratilgan fayllarni nusxalay olishi;

Fayllarni chop eta bilishi;

Yangi papka yaratishi;

Papkalardagi ma’lumotlarni turli joylarga saqlash ishlarini olib bora olishi.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu kurs ishida “Ta’lim texnologiyalari tizimi” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritishga harakat qildim. Kurs ishi tayyorlash jaraonida yangi bilimlarga ega bo’lish bilan birga o’z bilimlarimni mustahkamlshga erishdim.

Ta'lim texnologiyalari shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3- ming yillikda davlatimiz ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hur fikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.Yana shu o’rinda bir narsani aytib o’tishim joizki: Ta'lim texnologiyalari bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u o’qituvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

«Ta’lim texnologiyasi» Davlat talim standartiga ko’ra qo’yilgan talablar darajasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni o’quv - tarbiya jarayonida qo’llash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’quv - tarbiya jarayonidagi o’rni, ulardan foydalanish, shuningdek, “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” (Klaster) usullari, “Bumerang”, “Skarabey”, “CHarxpalak”,”Rezyume” va shu kabi boshqa ta'lim texnologiyalar va ularni o’quv - tarbiya jarayoniga qo’llashning nazariy asoslari bilan izchil qurollantirishdan iborat.Yuqorida keltirib o’tilgan ta’lim vsitalari dars samaradorligini oshiradi. O’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishini yuksaltiradi va o’z bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.

Men ushbu kurs ishi mavzusini o’rganib, yoritar ekanman, o’z bilimlarimni yanada mustahkamlab, kelajakdagi pedagoglik faoliyatimga qadam qo’ya olishimga amin bo’ldim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


  1. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T. : Sharq, 1998.

  2. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 21.03.2012 y., PQ-1730.

  3. U. Yu. Yo’ldashev va boshqalar “Informatika o’qitish metodikasi” ma’ruza matn.

  4. A.Jumaboyev “ Informatika va axborot texnologiyalari” ma’ruza matn.

  5. A.Omonov “Informatika va axborot texnologiyalari uslubiy ko’rsatma.


Foydalanilgan internet saytlar.

  1. www. google. uz– axborot qidiruv tizimi.

  2. www. edu.uz

  3. Ziyonet.uz portali

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti

Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi

Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi

3-bosqich 1-guruh talabasi Abduvohidova Ominaxonning

“Ta’lim texnalogiyasining tuzilishi.Ta’lim vositalari- ta’lim texnologiyasining

tarkibi” mavzusidagi kurs ishiga

RAHBAR XULOSASI

Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egalashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlarini, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari chiqarishlariga ko’maklashishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Talaba ushbu “Ta’lim texnalogiyasining tuzilishi.Ta’lim vositalari- ta’lim texnologiyasining tarkibi” mavzusidagi kurs ishini yoritish davomida Informatika fanini o’qitishda qulaylik yaratib beruvchi bir qator ta’lim texnalogiyalarini yoritishga xarakat qilgan. Jumladan „Ta’lim texnologiyasi’’ ta’lim berishning texnik vositalari yoki kompyuterdan foydalanish soxasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki u ta’limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo’li va materiallarni tuzish hamda qo’llash, shuningdek qo’llanilayotgan usullarni baholash orqali ta’lim jarayoni tamoillarini aniqlash va eng ma’qul yo’llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlarni o’rganib yoritib bergan.

Abduvohidova Ominaxon kurs ishi mavzusini mustaqil ravishda bajarganligi,internet ma’lumotlaridan keng foydalanganligini hisobga olib, ushbu kurs ishini ijobiy bahoga himoya qilishiga ishonch bildiraman.

Ish rahbari:

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti

Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi

Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi

3-bosqich 1-guruh talabasi Abduvohidova Ominaxonning

“Ta’lim texnalogiyasining tuzilishi.Ta’lim vositalari- ta’lim texnologiyasining

tarkibi” mavzusidagi kurs ishiga



T А Q R I Z

Keyingi yillarda respublikamizda pedagogik amaliyotga yangi usul va vositalar jadal tadbiq etilmoqda. An’anaviy ta’lim shakli va usullari o’rnini yangi ta’lim texnologiyalari egallamoqda. Bunday ta’limiy texnologiya jarayonini loyihalashtirish va rejalashtirishni faqat yangi ta’lim texnologiyaga oid bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan o’quvchigina bajara olish mumkin. Shuni hisobga olib dastlab oliy o’quv yurtlari professor- o’qituvchilari, so’ngra akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o’qituvchilari tarkibi uchun ,, Ta’lim texnalogiyasining tuzilishi.Ta’lim vositalari- ta’lim texnologiyasining tarkibi

” mavzudagi maxsus seminar trening va malaka oshirish kurslari tashkil etilib, ularga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini dars jarayoniga qo’llash to’g’risidagi bilim, ko’nikma va malakalar o’rganildi. So’ngra barcha fanlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish yuzasidan uslubiy majmualarni ishlab chiqish jarayoni boshlandi. Hozirgi kunda ham bu jarayon to’la nihoyasiga yetgan emas, shuni hisobga olsak fundamental fan. Bugungi kunda ilmiy -uslubiy adabiyotlarda ma’lum bo’lgan,innovatsion ta’limiy texnologiyalarga oid nazariy ma’lumotlar o’rganilmoqda.

Ushbu talaba Abduvohidova Ominaxonning “Ta’lim texnalogiyasining tuzilishi.Ta’lim vositalari- ta’lim texnologiyasining tarkibi ” mаvzusigа bаg’ishlаngаn kurs ishi ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ilmiy uslubiy asoslarini ishlab chiqish va informatika fanini o’qitishda o’yinli- qiziqtiruvchi texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan

Kurs ishi 2 bobdan ibоrаt bo’lib, birinchi bobda mavzu bo’yicha nazariy ma’lumotlar. Pedagogik texnalogiya haqida umumiy tushunchalari, pedagogik texnalogiyalarni ta’limdagi o’rni, innovatsion ta’lim texnalogiyalari haqida umumiy tushuncha berib o`tilgan va keng ma`noda yoritilgan.

Kurs ishning ikkinchi bobida mavzu bo’yicha amaliy qismdan iborat. Ta`lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo`naltirilgan pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari, axborot texnologiyalaridan foydalanish yo`llari, interfaol me`todlardan foydalanish me`zonlari, interfaol ta`limning o`rni va didaktik o`yinlar turlari va maqsadlari haqida tushunchalar berib o`tilgan.

Umumаn оlgаndа ushbu kurs ishi rеfеrаtiv xаrаktеrgа egа bo’lib, kurs ishigа qo’yilgаn bаrchа tаlаblаrgа jаvоb bеrаdi dеb hisоblаymаn.

Abduvohidova Ominaxonning o’z ishini mustаqil rаvishdа bаjаrgаnligi, pedagogik dasturiy vositalar, internet ma’lumotlaridam keng foydalanganligini hisobga olib, ushbu kurs ishini ijobiy bahoga himoya qilishiga ishonch bildiraman.



Kurs ishi raxbari: Medatov A. A

~ ~


Download 89.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling