Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- –gan, -ganlik
Tarjima faoliyat turi bo‟lib, u tarjima qilish faoliyatini o‟rgatadi. Tarjima ma‟lumotni, matnni nutqni bir tildan ikkinchi tilga o‟girish, ag‟darishdir. Biz tarjima deganda matnni, nutqni va o‟zganing nutqini o‟rganayotgan tilga tarjima qilishni tushunamiz. Ingliz tilini o‟rgatishda tarjima zarur va keraklidir, uning foydasi, ahamiyati ko‟pdir[ 13; 192].
Tarjima o‟rgatilayotgan tilda berilgan notanish ma‟lumotni, ingliz tilida tushunish qiyin bo‟lgan
ma‟lumotni ongli
tushunishga yordam
beradi.Tarjimadan foydalanib, tarjimon ingliz
tilini bilmaydiganlarga ma‟lumotni o‟quvchi talabalarning ona tilisiga ag‟darib beradi.
Natijada, ingliz tilini bilmaydiganlar ham ingliz tilidagi ma‟lumotdan boxabar, tanish bo‟lib ta‟lim oladilar.Tarjima orqali xujjatlar, kitoblardagi ma‟lumotalar o‟zgalarga yetkaziladi.Tarjima orqali davlat arboblar, kasb mutaxasislari, turli tashkilotlar aloqa, muloqot qiladilar, ish yuritadilar. Biz tarjima orqali ingliz va amerikalik shoir, yozuvchi, atoqli olimlarning hayoti, turmushi, ishalri she‟rlari, ertaklari, hikoyalari, romanlari, inglia tilida gaplashadigan mamlakatlar xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari bilan tanishamiz, tanishtiramiz [13; 192].
Bu esa dunyoqarashni kengaytiradi, tarbiyaga ijoboiy ta‟sir qiladi.Odatda tarjima 2 xil: og‟zaki va yozmna shaklarda bo‟ladi. Bundan tashqari tarjimaning boshqa turlari ham bor: sinxron tarjima, diaxron tarjima, adekvat tarjima, erkin tarjima, so‟zma - so‟z tarjima, adabiy tarjima. Sixron tarjima nutq, matnni tinglash paytida so‟zlovchi bilan bir vaqtda tarjima qilish, diaxron tarjimada esa tinglangan, o‟qilgan nutqni maruzani tinglab, o‟qib, so‟ng tarjima qilish tushuniladi. So‟zma – so‟z tarjimada matnni, nutqni aynan so‟zlarning o‟rnini, ma‟nosini o‟zgartirmay tarjima qilinadi.
Masalan: He has a book, Unda kitob bor
53
Adabiy tarjima asosan adbiy asarlarni, she‟r, hikoya romanlarni tarjima qilishda qo‟llaniladi, u ancha murakkabdir [13; 193].
Tarjima jarayonida tarjima qilayotgan tilga xos teng til vositalarini aniqlaydi. Ma‟lum tovushlar ishtirokida ifodalanuvchi mazmun yoki fikr boshqa til formasi orqali ifodaladi. Bir tildagi ma‟lum ma‟no ifoda formasidan qat‟iy nazar boshqa tilda, sitilistika fomalarini saqlagan holda, ifodalanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ifoda formasini e‟tirobga olib faqat matn mazmuninigina bir tilda ikkinchi tilga ko‟chirishni tarjima deyish mumkin [13; 193].
Odatda ingliz tilidan o‟zbek tiliga, o‟zbek tildan ingliz tiliga tarjima qilinadi. Hozirgi paytda ingliz tilini o‟rgatishda tarjimadan umum o‟rta ta‟lim maktablarida, akademik litdeylar va kasb-hunar kollejlarida, oliy o‟quv yurtlarida foydalaniladi. Bu o‟quv yurtlarida ingliz tilini o‟rgatishdan maqsad, vazifalar hisobga oilinib, tarjima shakllari, turllari tanlanib undan foydalaniladi, unga o‟rgatiladi tarjimon tayyorlashda tarjimadan keng foydalaniladi [14; 193].
Tarjimani qo‟llash ingliz tilini o‟rgatishga ijobiy va salbiy ta‟sir qilishi mumkin. Tarjima ijobiy foyda berganda undan foydalanish, salbiy ta‟sir qilsa uni ildini olish kerak, chunki interferensiya keltirib chiqaradi [13; 193].
Bilamizki, dunyodagi barcha tillar bir xil funksiyani ya‟ni inson tafakkuridagi fikrni ifodalab, uni boshqa bir insonga yetkazib berish vazifasini bajarsa ham, ular har xil til oilariga mansubdir. Bu esa tillarning o‟rtasidagi o‟shashlik va farqli jihatlarini keltirib chiqaradi. Biz biror bir matn yoki nutqni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilayotganimizda anashularni hisobga olishimiz darkor.
Shu kabi muammmolarni hisobga olgan holda quyida biz ingliz va o‟zbek tillarida sabab ergash gapli qo‟shma gaplarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini ko‟rib chiqamiz.
Ma‟lumki, o‟zbek tilida sabab ergash gapni bosh gapga bog‟lashga hizmat qiluvchi vositalarning ko‟pchiligi –gan, -ganlik qo‟shimchalariga kelishik
54
qo‟shimchlari va turli hil sababni ifodalovchi so‟zlarni qo‟shish orqali, chunki, negaki, shuning uchun, shu sababli, shu bois kabi sababni ifadalovchi ko‟makchili qurilmalar orqali bog‟lanadi:
tebratgani uchun xotin ham, singlisi ham uni boshiga ko‟taradilar [35; 30].
o‟n to‟rt yoshida ba‟zi katta o‟roqchilardan o‟zib ketganligi sababli u maktabda ham, dalada ham o‟zi to‟g‟risida ko‟p iliq gaplar eshitardi [34; 14].
mijozini ularning ikkalasi ham yaxshi bilishardi [35;8].
Ozgina hovliqib turishsa ham, cho‟chishsa ham mayliga, negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo‟ladi [19; 38].
Ingliz tilida esa sabab erash gap bosh gapga as, because, since, so, that, seeing (that), considering; yoki qo‟shma bog‟lovchilar: for the reason that, in view of the fact that, in so far as (insofar as), by reason of orqali, fe‟lning shaxsiz formalari: gerund, sifatdosh, mustaqil sifatdoshli birikmalar va guruh predloglari (owing to, thanks to ) bilan bog‟lanadi [18; 321].
As he was tired he preferred to stay at home Since there is no help, let us try and bear it as best we can They went down arm-in-arm - James with Imogen, because his pretty grandchild cheered him Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling