3. O’quvchilarning tejamkorlik sifatlarini shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning tutgan o’rni
O‘zbekiston 1991 yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, “o‘zbek modeli” deb nom olgan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor unosabatlariga o‘tish, mamlakatimizda isloh etish va modernizatsiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida g‘oyat mashaqatli, sharafli taraqqiyot yo‘li bosib o‘tildi. «.Mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum o‘zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo‘lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishimiz darkor – deb ta’kidlaydi Islom Karimov. Prezidentimiz “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” risolasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O‘zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat o‘sha davrdagi avlod taqdiri, balki kelajak avlodlarimiz taqdirini ham o‘ylab tuzilgan bo‘lib, eski tuzumdan meros bo‘lgan illatlarni tezroq bartaraf etish, mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko‘zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Prezidentimiz nomi bilan bevosita bog‘liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o‘zbek modeli edi.
Islohotlarning o‘zbek modeli bundan oldin dunyoda yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |