Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Bibliyadan olingan frazeologizmlar va ularning Bibliyadagi timsoli


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/79
Sana09.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#263521
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79
Bog'liq
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)

 

Bibliyadan olingan frazeologizmlar va ularning Bibliyadagi timsoli 

Bibliyadan  olingan  frazeologizmlar  o`zlarining  Bibliyadagi  prototiplari  bilan  juda  tez 

tarqb  ketgan.  Bunday  qiyin  va  o`rganilmagan  savollar  alohida  ko`rib  chiqilishini  talab  etadi  va 

bu biz bajarayotgan ish doirasidan chetga chiqib ketadi. Biz ba`zi mulohazalar bilan cheklanamiz 

va shunday tavofutlarning asosiy turlarini ko`rsatib o`tamiz. 

1. 


Bibliyadan  olingan  frazeologizmlarning  prototipi  o`z  ma`nosida  ishlatiladigan 

so`z birikmasidir. Ulardagi ma`no ko`chishi natijasida frazeologizmlarning muvofiqlari vujudga 

keladi.  



 

 

 



60 

 

 



 

Cast  the  first  stone  at  somebody  –  birinchi  toshni  otmoq;  jazoga  hukm  qilmoq; 

toshbo`ron  qilmoq.  Iso  Masihni  sinamoqchi  bo`lgan  kitobxon

16

  va  fariseylar



17

  eriga  hiyonat 

qilayotgan  paytda  qo`lga  tushirilgan  ayolga  yo`liqtirishadi,  shunda  Iso  Masih  ularga  shunday 

deydi: 


He that is without sin among you let him first cast a stone at her.  

Iudeyada mavjud qatl etish marosimiga ko`ra qatl qilinuvchi toshbo`ron qilingan. 



Daily bread – rizq-ro`z; tirikchilik manbai, tirikchilik vositasi. Yevangeliyada keltirilgan 

duoda ibora o`z ma`nosida ishlatiladi.  



Give us this day our daily bread.

18

 – Bizga bugungi rizqimizni bergin. 

Noqobil  farzand  haqidagi  masalda  keltirilgan  kill  the  fatted  calf  iborasi  o`z  ma`nosida 

ishlatiladi. 

kill  the  fatted  calf  –  so`qimni  yiqitmoq.  Keyinchalik  bu  ibora  boshqa  ma`noga  ega 

bo`lgan. 



kill the fatted calf – uydagi bor narsa bilan yaxshilab mehmon qilmoq. 

A millstone about one`s neck – og`ir javobgarlik; = gardandagi yuk, yelkadagi tog`. Ibora 

ma`nosi  Bibliyada bildirgan ma`nosiga o`xshash.  Frazeologizm  hang va  have  fe`llari bilan tez-

tez qo`llaniladi. About so`zi round so`zining o`rnida ishlatilgan. 

Thirty  pieces  of  silver  –  o`ttiz  tanga;  sotqinlik,  xoinning  narxi.  Ibora  Iso  Masihni  30 

tangaga  sotib  yuborgan  Iudeya  qavmi  haqida  aytilgan  Yevangeliyaning  bir  bo`lagiga  borib 

taqaladi.  

Wash  one`s  hands  (of  something)  –  qo`llarini  yuvmoq,  javobgarlikdan  forig`  bo`lmoq. 

Diniy qo`l  yuvish marosimi  biror kimsaning  cho`qintirilishiga aloqasi  yo`qligi  haqida  guvohlik 

bergan.  Ibora  Pilat  haqidagi  afsonaga  borib  taqaladi,  unga ko`ra Pilat  Iso Masihni  qatl qilishga 

qayta olib kelgan va yig`indan oldin qo`llarini yuvgan.  



… he took water and washed his hands before the multitude, saying I am innocent of the 

blood of this just person: see ye to it. 

 Ba`zida frazeologizmlar Bibliyada kelgan variantidan shaklan ajrab turadi. Misol uchun: 



The  ten  commandments  –  o`n  muqaddas  burch.  Bibliyada  o`nta  muqaddas  burch  sanab 

o`tilgan  bo`lib,  ularni  the  ten  Commandments  emas,  balki  the  Commandments  deb  atashgan. 

Ibora  Bibliyadan  tashqarida  hazil  yoki  ironic  ma`nolarda  ishlatiladi:  ayollarning  tirnoq  izlari. 

                                                 

16

 Kitobxon – kitobiy bilimlarga yopishib olgan, tashqi hayotdan uzilib qolgan odam haqida. 



17

 Farisey – Qadimgi Iudeyada: boy tabaqalar manfaatini himoya qilgan, mutaassabligi va munofiqligi bilan nom 

chiqargan diniy-siyosiy partiya a’zosi. 

18

 Sitatalar The Authorized Version deb nomlanuvchi Bibliyaning 1611-yilgi ingliz tilidagi tarjimasidan keltiriladi. 



Kitob Angliya qiroli Yakob I ning buyrug`iga asosan tarjima qilinganligi tufayli, King James’s Bible deb ham 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling