"zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti"


KIRISH Mavzuning dolzarbligi


Download 0.87 Mb.
bet2/11
Sana04.11.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1747674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XIX-XX asr boshlarida Italiya

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Bizning vatanimiz boy tarixga va madaniyatga egaligi bilan jahon tarixida ajralib turadi. O’zbekiston mustaqillika erishgandan so’ng milliy davlatchiligimiz shu bilan birga jahon tarxini xaqoniy ravishda o’rganish va o’zlashtirishga harakat qilina boshlandi. Jahon tarixida Italiya davlati boy tarixi bilan ajralib turadi.
Italiya bugungi kunda dunyoninh taraqqiy etgan davlatlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qadim va boy tarixga egadir. Italiya bilan munosabatlarimiz qadim o’tmishdan hozirgi kungacha davom etmoqda.
Kurs ishimiz mavzusi Italiya bo’lganligi sababli. Italiya va O’zbekiston munosabatlari tarixiga ham nazar solib o’tishimiz kerak. Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari — Italiya Oʻzbekiston suverenitetini tan olganidan soʻng ikkala mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga kirishildi. "Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida" 1996 yil Florensiyada imzolangan bitim oʻzaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratdi. 1996 yil iyunida va 2000 yil noyababrda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Italiyaga, 1997 yil mayda Italiya prezidenta, 1997 yil sentabrda Italiya Bosh vazirining OʻzRga tashriflari yakunida iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamkorlik, ikkiyoklama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik, transport sohasidagi hamkorlik, say-yohlikni rivojlantirish, investitsi-yalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himo-yalash toʻgʻrisida muhim bitim va shartnomalar imzolandi. Italiya rahbarlariga hamroh boʻlib kelgan savdo-sanoat do-iralarining namoyandalari Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan tanishdilar va oʻzbek tadbirkorlari uchun biznes-seminar oʻtkazdilar.
Mazkur tadbirlarning samarasi oʻlaroq ikki mamlakat urtasida oʻzaro mol yetkazib berish 1992 yilgi 19 mln. 461 ming 800 dollardan 2000 yilda 112,8 mln. dollarga yetgan. Italiya Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi jihatidan 10-oʻrinda, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Germaniya va Buyuk Britaniyadan soʻng 3-oʻrinda. Eng muhimi — aksariyat yillarda Oʻzbekiston Italiya bilan savdoda ijobiy saldoga ega boʻlib keldi, yaʼni harid qilganidan koʻra koʻproq mahsulot sotdi.
Oʻzbekiston Italiyaga paxta tolasi, rangli metallar va ulardan yasalgan buyumlar, ipak, ip gazlama, kalava ip va b. mahsulotlar sotsa, Italiyadan asbob-uskuna, mebel, plastmassa, goʻsht va baliq mahsulotlari, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi, kiyim-kechak va boshqalarni sotib oladi.
ХХ asr bоshlarigacha Italiyada asоsan to’qimachilik sanоatining turli tarmоqlari rivоjlangan edi. Оg’ir sanоatning kоnchilik, mеtall ishlash va eng muhim bo’lgan mashinasоzlik tarmоqlari endigina rivоjlanib kеlmоqda edi.
Sanоat inqilоbi mamlakatning janubiy vilоyatlariga hеch qanday ta’sir ko’rsatmadi. Janubning mayda tadbirkоrlari va hunarmandlari Shimоlning yirik kapitalistlari raqоbatiga bardоsh bеrоlmay, хоnavayrоn bo’lardilar. Janub bоrgan sari tоbоra ko’prоq sanоatlashgan Shimоlning хоm ashyo qo’shоg’iga aylana bоrdi. Х1Х asr охirida sanоat ishchilarining aхvоli juda оg’ir edi. Ish kuni 16 sоat davоm etardi, ish haqi past edi. Mеhnat muhоfazasi yo’q edi. Kоrхоnalarda хo’jayin va mastyеrlarning o’zbоshimchaligi hukm surardi, ish haqidan jarima undirish kеng qo’llanardi. Ishchilarning uy-jоyga bo’lgan ehtiyojlari kuchli edi, ishchilar оrasida turli kasalliklar kеng tarqalgan edi. ХХ asr bоshlarida ham Italiya agrar mamlakat bo’lib qоlmоqda edi. 1901 yilda ishga yarоqli ahоlining 59 % i qishlоq хo’jaligida, 27 % i sanоat va transpоrtda band edi. To’qimachilik sanоati avvalgidеk sanоatning еtakchi tarmоg’i hisоblanardi.
XX asr boshlaridagi italiya tajribasini biz chuqur o’rganishimiz kerek. sanoat taraqqiyoti mamlakatda jadalik bilan rivojlangani. Dunyo siyosatida o’tkazgan tasirini chuqur o’rganish kerek. Bu mavzuning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling