"zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti"


XIX asrning o`rtalarida Italiyani birlashtirish uchun kurash


Download 0.87 Mb.
bet7/11
Sana04.11.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1747674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XIX-XX asr boshlarida Italiya

XIX asrning o`rtalarida Italiyani birlashtirish uchun kurash


Italiyada 1848-1849 yillardagi inqilobning bosh vazifasi Germaniyadagi kabi siyosiy jihatdan tarqoq bo`lgan Italiya davlatlarini ajnabiylar hukmronligidan ozod qilish va ularni yagona milliy davlatga birJashtirish edi. biroq, inqilob bu vazifani bajara olmadi. P`emont qiroli Karl Albert Lombardiya va Veno`siya viloyatlarini ozod etib, P`emont boshchiligida Shimoliy Italiyani birlashtirish maqsadida 1848 yilning mart-avgusti davomida Avstriyaga qarshi olib borgan birinchi va 1840 yilning martidagi ikkinchi urushi muvaffaqiyatsiz tugadi.
1848-1849 yillardagi inqilob saboqlarini tanqidiy tahlil qilish jarayonida demokratlar va mo"tadillar o`rtasida milliy ozodlik va mamlakatni birlashtirish uchun kurash usullari haqida, unda cherkov, monarxiya va xalq oinmasining o`rni to`g`risida, milliy va jjtimoiy vazifalarning o`zaro munosabati haqida qizg`in munozaralar bordi. J.Madzini qo`zg`olonlar asosida yangi inqilobni keltirib chiqarishga harakat qildi. Lining ishtirokida 1853 yil Milanda ko`tarilgan qo`zg`olon, 1857 yil esa, Madzini boshchiligida Sitsiliyaga yuborilgan qurolli ekspeditsiya ham muvaffaqqiyatsiz bo`ldi. Shundan so`ng Madzini Italiyada endi paydo bo`lgan ishchilar harakatidan demokratiya va milliy mustaqillik uchun kurashda foydalanishga harakat qildi. Demokratlarning bir qismi "Madziniznf`dan voz kechib, Ttaliyadagi inqilobning istiqbollari va imkoniyatlarini turlicha tahlil qilib, sensimonizm/ anarxizm va federalizmni yoqladilar.
.I.Garbaldi va boshqa bir guruh demokratlar J.Madzini va lining tarafdorlaridan farqli holda miiliy mustaqillik va mamlakatni birlashtirish uchun demokratlarning liberal doiralar va Savoyi sulolasi bilan jips ittifoqcbiligi zarur, degan xulosaga keldilar. 1857 yilda Garibaldi P`emont liberallarining tashabbusi bilan tashkil qitingan "Milliy jamiyat" ning vitse-prezidenti qilib tayinlandi.
XIX asrning o`rtalarida Italiyada liberalizmning asosiy markazi P`emont bo`lib qoldi. Qirol Viktor Emmanuil ommaviy inqilobiy harakatlarning takrorlanish ehtimolidan tashvishga tushib liberallar bilan hamkorlik qildi.
1852-1861 yillarda Pe`montning premer-ministri graf Benzo Kamillo Kavur liberal doiralarning mashhur vakili edi. Ajoyib siyosatchi va parlament kelishuvlarining tashabbuskori bo`lgan Kavur qirolga turli reaktsion kuchlarning bosimi va ta`sirini neytrallashga muvaiTaq bo`ldi. Boshqa arboblardan farqli ravishda Kavur Italiya, vatanpvrvarlari oldida turli asosiy maqsadga erishish ya`ni, Italiyani birlashtirish uchun mamlakatga kuchli iqtisodiy rivojlanish zarur ekanligini tushunib yetdi. Lining lashabbusi bilan 50-yillarda P`emontda temir yo`llar, irrigatsiya kanallari, ko`priklar qurilishi jadal bordi. Natijada savdo floti, qishloq xojaligi, to`qimachilik sanoatirmg rivoji uchun qulay sharoitlar yaratilib, Pe`montning tashqi savdosi ancha kengaydi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling