"zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti"


Avstriya - Fransiya - P`yemont urushi va Villafranka sulhi


Download 0.87 Mb.
bet9/11
Sana04.11.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1747674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XIX-XX asr boshlarida Italiya

Avstriya - Fransiya - P`yemont urushi va Villafranka sulhi
1859 yilning oxirida boshlangan Fransiya va Pemontning Avstriyaga qarshi urushdagi harbiy harakatlari asosan Italiya hududida bordi. 4-may kuni Mojenta yaqinidagi jangda ittifoqchilar qo`shini Avstriya qo`shini ustidan g`alaba qozonib Lombardiyani egalladi. 24 iyunda esa Solferino yaqinida avstriyaliklar butunlay yakson qilindi. Urushda nafaqat muntazam armiya, balki Italiya xalqi bam faol qatnashdi. Xalq qo`zg`oloni natijasida Toskana, Parma va Modenadan avstriyalik gertsoglar haydaldi. Rim viloyati esa o`zining mustaqilligini e`lon qildi.
1859 yilning 1 avgustida Venetsiyaning Villafranka shahrida Napoleon III va Avstriya imperalori Frants-Iosif sulh shartnomasini imzoladilar. Sulh shartnomasiga ko`ra P`emontga faqat Lombardiya qo`shib berildi. Biroq, Venetsiya esa Avstriya hukmronligi ostida qolaverdi. Appcnin yarim orolida oiiy hokimiyat Viktor Emmanuil II ga emas, balki mamlakalning milliy jihatdan birlashtirishini dushmani bo`lgan papa Piy IXga tegishli ekanligi. Modcna, Parma va Toskana gertsogliklaridan qo`vg`in qilingan Gabsburglar xonadoni vakillarini yana hokimiyatga tiklash e`lon qilindi.
Villafrankadagi kelishuv bitimi Italiya xalqining norozilik harakatlarini yangidan ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Xalqning Viktor Emmanuil II hukumatiga bo`lgan ishonchi yo`qoldi. 1859 yilning oxiri va ayniqsa, 1860 yilda Appenin yarim orolida siyosiy kurash avj olishi natijasida Modena, Parma va Toskanada avvalgi gertsoglar hokimiyatida tiklash imkoni bo`lmadi. U yerlarda umumiy saylov asosida saylangan milliy majlislar mazkur gertsogliklarni P`emontga qo`shilishi haqida qaror chiqardilar, papa vilovatida ham shunday qarorga kelindi. Italiya hududida avj olib ketgan ommaviy inqilobiy harakatlarai bostirish imkoniyatiga ega bo`lmagan Napoleon III ham Italiya davlatlarini Pemont atrofida birlashtirilishiga rozilik bildirishga majbur bo`lib, va`da qilingan Savoyya va Nitstsa viloyatlarini Fransiyaga berilishini talab qildi. Shu yili bu ikki viloyat Fransiya ixtiyoriga berildi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling