Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma


Yollanish bilan bog‘liq jinoyatlar bo`yicha kelishuvlar


Download 454.2 Kb.
bet57/102
Sana09.04.2023
Hajmi454.2 Kb.
#1346191
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Bog'liq
ETKM majmua 2019-2020 (2)

3. Yollanish bilan bog‘liq jinoyatlar bo`yicha kelishuvlar
Yollanish bilan bog‘liq jinoyat BMTning qator rezolyusiya va qarorlarida xalqaro jinoyat sifatida qayd etilgan. Birinchi navbatda BMT Xavfsizlik Kengashining 1961 yil 24 noyabrdagi rezolyusiyasida BMT qo‘mondonligi ostida bo‘lmagan har qanday harbiy va yarimharbiy odamlarni, yollanganlarni zudlik bilan qo‘lga olish va chiqarib yuborish uchun eng samarali, shu jumladan, kuch ishlatishga asoslangan choralarni ko‘rish zarurligi qayd etilganini taʼkidlash lozim. 1967 va 1977 yillarda qabul qilingan rezolyusiyalarda ham o‘zhududida jangarilarni yollash va saqlashga ruxsat bergan davlatlar qatʼiy qoralangan. Xavfsizlik Kengashi o‘zining 405-rezolyusiyasidadavlatlardan o‘z hududini jangarilarni yollash uchun bermaslik, o‘zfuqarolarini ularni shakllantirish, yollash yoki ularni boshqa davlatlarga tashlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat bermaslikni talab qiladi.
BMT Bosh Assambleyasining 1968 yilda qabul qilingan 2465-rezolyusiyasi (XXIII) yollanganlardan foydalanish amaliyoti jinoiy javobgarlikka tortiladigan faoliyat ekanini, yollanganlarning o‘ziesa jinoyatchi hisoblanishini va qonundan tashqarida ekanini belgilab berdi. Shuningdek, unda barcha davlatlarda o‘z hududida jangarilarni yollash, ularni mablag‘ bilan taʼminlash va o‘qitishnijinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida baholaydigan va o‘z fuqarolariga yollanma jangchi sifatida xizmat qilishni man etadigan qonunlar qabul qilish zarurligi taʼkidlangan.
BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro huquq tamoyillari Deklaratsiyasida (1970 y.) davlatlarga boshqa davlat hududiga bostirib kirish uchun doimiy harbiy kuch yoki qurollangan guruhlar, shu jumladan, yollanma jangarilikni tashkil etish yoki tashkil etishni rag‘batlantirish va o‘z hududida ushlab turishdek harakatlardan tiyilish tavsiya etilgan. Shu bilan birga, yollanma jangarilarni xalqaro jinoyatchi sifatida jazolash kolonial va xorijiyhukmronlikka hamda irqchilik tuzumlariga qarshi kurashayotgan “Kombatantlar huquqlarining asosiy prinsiplari” (1970 y.)da hamko‘zda tutilgan.Shuningdek, Bosh Assambleya boshqa bir davlatga nisbatan qurolli kuchlarni qo‘llaydigan yollanma jangchilarni o‘zga mamlakatlar hududiga yuborishni tegishli xalqaro-huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan xuruj, deb taʼriflagan edi.
Yollanishning jinoiy jihati mintaqaviy xalqaro tashkilotlar qarorlarida ham o‘z aksini topgan. Ular qatorida Afrika birligi tashkiloti (ABT)ning Lagosda bo‘lib o‘tgan vazirlar kengashining favqulodda VII sessiyasining rezolyusiyasini, ABT Assambleyasi tomonidan 1967 yilda qabul qilingan yollanma jangchilar to‘g‘risidagi rezolyusiyani, 1971 yilda Addis-Abebada ABT tomonidan qabul qilingan Afrikadagi yollanma jangchilar haqidagi Deklaratsiyaniko‘rsatish mumkin.
«Yollanish” tushunchasining mazmuni birinchi marta Urush paytida fuqaro aholini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva Konvensiyasiga 1977 yilda qabul qilingan Qo‘shimcha protokolning 47-moddasida taʼriflab berilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasida yollanishning mohiyati va bunday harakatlar uchun qo‘llaniladigan jazoaniq belgilab qo‘yilgan: «Yollanish, yaʼni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi – besh yildan o‘nyilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasida esa terrorizmning mohiyati va bunday harakatni sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan jazolar tavsiflab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi 6-qismiga muvofiq“Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi”.Oxirgi paytlarda dunyoning ko‘plab mintaqalarini qamrabolgan ekstremizm bilan bog‘liq muammolar faol muhokamaqilinmoqda.
Diniy ekstremizmga qarshi kurash Markaziy Osiyo uchunham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi vadiniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasida shundaydeyiladi: «Davlat turli dinlarga, har xil eʼtiqodlarga mansubdiniy tashkilotlar o‘rtasida eʼtiqod qiluvchi va ularga eʼtiqodqilmaydigan fuqarolar o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi”. Shu bilan bir qatorda, hozirda «ekstremizm” va «diniy ekstremizm” tushunchalarining mazmunini belgilashda turlicha yondashuvlar mavjudligini taʼkidlash zarur. Demak, ushbu tushunchalarning huquqiy mazmunini aniq belgilab olish mazkur ko‘rinishdagi harakatlarni to‘g‘ri baholash va ularning oldini olishga o‘z hissasini qo‘shishi aniq.

4. Terrorizmga qarshi kurashning mafkuraviy hamda maʼnaviy-tarbiyaviy asoslari.


Bugun biz tez surʼatlar bilan o‘zgarib borayotgan, o‘ta shiddatli va murakkab bir davrda yashamoqdamiz. Globallashuv nomini olgan ushbu fenomen mutlaqo yangicha maʼno-mazmundagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy makonning shakllanishini hamda mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
Globallashuv taʼsirida dunyo tobora bir butun va yaxlit bo‘lib bormoqda. Mamlakatlar va xalqlar taraqqiyoti bir-birini taqozo qiluvchi hodisaga aylanmoqda. Davlatlar va xalqlar o‘rtasidagihamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi taraqqiyot surʼatlarining beqiyos darajada tezlashuviga olib kelmoqda. Shu bilan birga, ezgulik va yovuzlik o‘rtasida azaldan davom etib kelayotgan kurash ham globallashuv taʼsirida o‘ziga xos shaklu-shamoyil kasb etayotganini taʼkidlash zarur.
Ko‘pchilik mamlakatlarda mafkuraviy va maʼnaviy-maʼrifiytarbiya tizimi dunyoviy mohiyatga ega taʼlim-tarbiya muassasalarida yoshlarga din haqida ilmiy asoslangan bilimlar berish va diniy muassasalar imkoniyatlaridan diniy-maʼnaviy tarbiyaning muhimo‘chog‘i sifatida foydalanishdek jihatlarni qamrab oladi. Ularniro‘yobga chiqarishda turli, shu jumladan, anchagina qismi xalqaro tashkilotlar maqomiga ega bo‘lgan nohukumat, notijorat tashkilotlar ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Diniy-siyosiy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashningoxirgi yillardagi xalqaro tajribasida dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi targ‘iboti alohida o‘rin tutmoqda. Bugun uni targ‘ib qilayotgan o‘nlab tashkilotlar dunyo bo‘ylab faoliyat yurgizmoqda. Ularning orasida YUNESKO kabi global miqyosda amal qilayotgan nufuzli xalqaro muassasalar ham bor.Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarda diniy ekstremizm vaterrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy zaminini mustahkamlash bilan birga, uning maʼnaviy-maʼrifiy asoslarini kuchaytirish jahon hamjamiyati oldidagi eng dolzarb vazifalardanbiri hisoblanadi. Shu bilan birga, diniy ekstremistik tashkilotlarga munosabat, ular faoliyatini baholashda ikki yoqlama standartlardan voz kechish, bunday tafakkur va yondashuv tarziga barham berish, ayniqsa, o‘sibkelayotgan avlod ongida xususiy manfaatlar va maqsadlardan qatʼiy nazar, insonning ertangi kuni va jamiyat istiqboli uchun daxldorlik tuyg‘usini tarbiyalash va bu boradagi g‘oyaviy-tarbiy ishlarni tizimlitashkil etish global hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etayotganini ham taʼkidlash zarur.



Download 454.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling