Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma


Download 454.2 Kb.
bet54/102
Sana09.04.2023
Hajmi454.2 Kb.
#1346191
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102
Bog'liq
ETKM majmua 2019-2020 (2)

Такрорлаш учун саволлар:

  1. Марказий Осиё тушунчаси қайси худуларга нисбатан ишлатилади?

  2. Марказий Осиёнинг стратегик аҳамияти ҳақида сўзлаб беринг?

  3. Марказий Осиёнинг тинчлиги ва барқарорлиги учун қандай омиллар керак?

  4. Афғонистон муаммоси ечими сифатида Ўзбекистон ҳукумати қандай ишларни амалга оширмоқда?


12- mavzu. O‘zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olish va unga qarshi kurash borasida olib borayotgan siyosatining mohiyati.

Fuqarolik jamiyatining asosini ijtimoiy adolat, inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi hamda ijtimoiy himoyaga yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tashkil etadi. Bunday iqtisodiyotning muhim belgisi iqtisodiy plyuralizmdir. U mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining xilma-xilligida ifodalanib, alohida mulk shaklining yakka hukmronligiga yo’l qo’ymaydi.


Bu borada erkinlashtirish jarayonlarining o’rni nihoyatda muhim. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati va tanlash erkinligi, raqobatga asoslangan bozor munosabatlarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiy funktsiyalarini cheklash bilan uzviy bog`liqdir. Bu aloqadorlik mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida hisobga olinmoqda.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida iqtisodiyotning nodavlat sektori shakllandi.
Ushbu vaziyat iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini kengaytirish, xususiy mulkdorlar mavqeini yanada ko’tarishni taqozo etdi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada liberallashtirish bilan bog`liq yangilanishlarda muhim ahamiyat kasb etdi.
Iqtisodiy erkinlashtirish natijasida amalda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni kafolatlovchi, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi o’rta mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Ana shunday sharoitda xususiy mulkchilik etakchi o’rinda turadigan ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etishga alohida ahamiyat berildi. Ayni paytda, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish hamda valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish, davlat va turli nazorat qiluvchi organlar tomonidan korxonalarning xo’jalik faoliyatiga noo’rin aralashuviga cheklab qo’yish kabi vazifalar ustuvor qilib belgilandi.
Ushbu vazifalarni hal qila borish orqali nodavlat sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ortishiga hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi, chakana savdo aylanmasi va aholining ish bilan band-ligida ijobiy natijalarga erishildi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatni shakllantirishning ustuvor yo’nalishi hisoblangan xususiy sektor mavqeini yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari davom etmoqda. Xususiylashtirish jarayoni tobora yirik korxonalar va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o’z ichiga qamrab olmoqda. Korporativ xususiy mulk miqyosini kengaytirish uchun aktsiyalarni sotishning birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozori rivojlantirilmoqda. Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moddiy-texnika resurslari va moliyaviy mablag`lar bilan ta’minlanishini yaxshilash, bozor infratuzilmalarini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirilib ularga servis xizmati ko’rsatuvchi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari va qishloqlarda ularning filiallari tashkil etilmoqda.
Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish maqsadida Oliy Majlisning Konunchilik palatasi va Senat tomonidan yakka va korporativ xususiy mulkdorlar huquqlarini yanada kuchliroq himoya qilish, ularning mas’uliyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlovchi hamda ularning xo’jalik yuritishini tartibga soluvchi huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Endilikda, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tadbirkorlik sub’ektlari uchun teng iqtisodiy faoliyat sharoitlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish uchun davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish izchil davom etmoqdi. Ammo iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini rivojlantirish va uning bozor mexanizmi bilan uyg`unligini ta’minlash yo’lida hali ko’p ishlar qilish darkor.
Fuqarolik jamiyati qurish uchun davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini bos-qichma-bosqich mahalliy hokimiyat va o’zini o’zi bosh-qarish organlari, nodavlat tuzilmalari zimmasiga yuklash erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishga qulay sharoit yaratadi. Pirovardida, bozor iqtisodiyotining shakllanishiga, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga va aholining turmush farovonligini oshirishga erishiladi. Mamlakatimiz eks-port salohiyatining rivojlanishi va mustahkamlanishi esa uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga zamin yaratadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy barqarorlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va bozor islohotlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani sababli sanoat ishlab chiqarish hajmi, iste’mol mollari ishlab chiqarishning tez o’sishi ta’minlandi. Bu ijobiy o’zgarishlar aholi daromadlarini yanada oshirish uchun moddiy zamin bo’lib xizmat qildi.
Ayni paytda, aholi daromadlarini sifat jihatdan yanada oshirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. O’zbekistonda milliy iqtisodiyot tarkibini modernizatsiya qilish aholining daromad topishga bo’lgan intilishini rag`batlantirishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkin iqtisodiy faoliyatini ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishi va faol bo’lishga undashi zarur. Natijada, daromadni ishlab topadigan sub’ektlar soni ortishiga, aholi o’rta hol qatlamining ko’pa-yishiga va ularning ta’sir doirasi kuchayishiga erishiladi. Bu esa aholi daromadlarining ijtimoiy ahamiyati o’sishi va turmush darajasining yuqori bo’lishini ta’minlaydi.
Aholi daromadlarining o’sishida qo’shimcha daromad topishning rag`batlantirilishi, uning bozor iqtisodiga xos bo’lgan yangi turlarining paydo bo’lishi va an’anaviy turlari yangicha mohiyat kasb eta boshlashi muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bozor iqtisodiyoti daromadni ko’paytirish orqali iqtisodiy barqarorlikka erishishga yo’l ochadi. Aholi daromadlarini yuksalishi jamiyatda o’rta hol aholi tabaqasining ortishiga zamin hozirlaydi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Demak, ijtimoiy barqarorlik aholi daromadlarining muttasil oshib borishi bilan bir vaqtda yuz beradi.
Daromadlarning o’sishi aholi turmush sifatining yuksalishini, komil insonni shakllantirish uchun zarur sharoitlarni yuzaga keltirishni ham taqozo qiladi. Shuning uchun aholi daromadlarining o’sishi masalalari ijtimoiy barqarorlik bilan uzviy bog`liq. O’z navbatida, ijtimoiy barqarorlik ham aholi turmush darajasining o’zgarishiga kuchli ta’sir etadi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida farovonlikning o’zgarishi bozor qonunlarining barqarorligi ta’sirida bo’ladi. Shuningdek, iqtisodiyotning rivojlanishi va moddiy ne’matlarning taqsimlanishida davlatning ta’siri hamda aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatish ko’lamining o’rni kattadir. Va, albatta davlat ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari ko’lamini yanada kengaytirishi natijasida jamiyatda ijtimoiy totuvlik ta’minlanadi. Bu o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni kafolatlaydi.
Bozor iqtisodiyoti fuqarolar daromadini oshirishga imkon beradi. Bunda oqilona daromadlar siyo-satini yuritish talab etiladi. Shuning uchun iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, bozor iqtisodiyotini tartibga solish har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qoladi. Davlat, bir tomondan, har bir jamiyat a’zosining turmush farovonligini yuksaltirishda teng imkoniyatlar yaratishga va umumiy farovonlikni ta’minlashga intilsa, ikkinchi tomondan, daromadlarga ega bo’lishni adolatli usullar orqali tartibga solishga ko’maklashadi va ijtimoiy barqarorlik hamda totuvlikni ta’minlaydi.
O’zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa huquqlari eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etilib, Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilgan. Ijtimoiy qadriyatlarning konstitutsiyaviy qoida darajasiga ko’tarilishi fuqarolik jamiyatini barpo etishning shartlaridan biridir. Inson omiliga bo’lgan bunday munosabat qonunlarni yanada takomillashtirish va liberallashtirishni taqozo etmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, sud hokimiyatining tashkil etilishi va amal qilishini belgilovchi qonunlar katta ahamiyat kasb etmokda. Odil sudlov tizimini demokratlashtirish esa huquqiy davlatni mustahkamlashning muhim yo’nalishiga aylandi.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida uzoq yillar davomida odil sudlovning ixtisoslashgan sudlar tomonidan amalga oshirilishi tamoyili o’z samarasini ko’rsatmoqda. Bu davlatlarning ayrimlarida sudlarning ixtisoslashuvi shu darajada yo’lga qo’yilganki, hatto, oila, mehnat, uy-joyga oid ishlarni ko’radigan sudlar ham mavjud.
O’zbekiston Respublikasi jahon xaritasidan mustaqil davlat sifatida joy olgan dastlabki kundan boshlab o’ziga xos va mos tadrijiy taraqqiyot modelini belgilab, hayotga joriy etib kelmoqda. Bu bejiz emas, albatta.
Diyorimiz o’z jug`rofiy joylashuviga ko’ra qadimdan turli tsivilizatsiyalar muloqotga kirishadigan, keng miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar amalga oshiriladigan hudud sifatida ajralib turadi. Bugungi kunda bizga meros bo’lib qolgan obidalar ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Birgina misol. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan to’rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan. Ular qatorida ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og`zaki ijodi namunalari, kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar, turli sohalarga oid qimmatbaho asarlar bor. Jumladan, «Ichan qal’a (1990), Buxoroning tarixiy markazi (1993), Shahrisabz (2000) va Samarqand (2001) obidalari YuNESKOning «Dunyo merosi», O’zbekiston musulmonlari idorasida saqlanayotgan «Usmon Јur’oni» YuNESKOning «Dunyo xotirasi» ro’yxatiga kiritilganini alohida qayd etish lozim.
Milliy davlatchiligimizning shakllanish va rivojlanish bosqichlariga nazar tashlasak, bir tomondan, bu jarayonga tashqaridan turib g`oyaviy-mafkuraviy ta’sir ko’rsatishga urinishlar, shu orqali ushbu muhim strategik hududda o’z manfaatlarini himoya qilishga intilishlar barcha davrlarda bo’lganiga, ikkinchi tomondan, milliy davlatchiligimizga xos xususiyatlar doimo mentalitetimizga yot bo’lgan zararli g`oyalar bilan kurashib kelganiga guvoh bo’lamiz.
Millat jipslashgan, o’z milliy manfaatlarini himoya qilish zaruratini teran anglagan davrlarda jamiyat tarkibiy tuzilmalari tomonidan davlat qurilishiga daxldor turli yot g`oyalar hamisha inkor etib kelingan. Milliy davlatchiligimizning bunyodkorlik, ezgulik, insonparvarlik kabi o’lmas g`oyalari g`olib bo’lgan. Uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarida doimo "Avesto"da bayon etilgan ezgu niyat, ezgu fikr va ezgu amal ustun bo’lib kelgani shundan dalolatdir.
Mamlakatimiz hududidagi ilk davlatlar — qadimgi Baqtriya va Xorazm davlatlarida ham siyosiy tuzum va davlat boshqaruvi boshqa qadimgi Sharq davlatlaridagi (Misr, Shumer, Akkad, Ossuriya, Urartu, Eron) kabi quldorlik munosabatlariga asoslanmagani, balki erkin kishilar jamoasining siyosiy uyushmasi tarzida barpo etilgani ham milliy ham davlatchiligimiz ildizlari ma’naviy soflik, barkamollik asosida barpo etilganini, xalqimizning yuksak ma’naviy qiyofasini ko’rsatadi. Yurtimizda dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar va sug`orish maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o’zlashtirilgan, xo’jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalanilgan qadimgi sug`orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’lgan. Bunday sharoitda yashaydigan aholi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug`orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarini echish hayotiy zarurat edi. Bu vazifalarni hal qilish maqsadida muayyan ishlarni (keng ko’lamdagi qurilish, erni va sug`orish uchun suvni taqsimlash ustidan nazorat qilish, jamoadagi milliy va diniy urf-odatlarni bajarish, bahsli masalalarni hal qilish va boshqarish) tashkil etish uchun jamoadagi hurmatga ega bo’lgan yo’lboshchilarni yuzaga chiqardi.
Demak, O’zbekistonda davlatchilikning shakllanishi jamiyatdagi muhim ijtimoiy vazifalarning bo’linishi, iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga asoslangan tashkiliy boshqaruvning ajralib turishi, boshqaruvning dastlabki ijtimoiy zarur faoliyatidan kasbiy boshqaruvchilikka aylanishiga asoslangan. Bu vaziyatda boshqaruvning asosiy funktsiyalari rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va rahbarlik qilishni o’z ichiga olgan.
O’ududimizga qadimgi davr va o’rta asrlarda uyushtirilgan harbiy istilolar — Eron Ahmoniylarining qadimgi Sharq despotik davlatchiligiga xos xususiyatlarni joriy etishga bo’lgan urinishlariga qarshi (To’maris va Shiroq boshchiligidagi), makedoniyalik Aleksandrning yunon quldorlik demokratiyasini joriy etishga bo’lgan harakatlari va unga qarshi (Spitamen boshchiligida), Chingizxon bosqiniga qarshi kurashlar ham milliy davlatchiligimizga xos azaliy xususiyatlarni saqlashga bo’lgan harakat edi. Milliy davlatchiligimiz ushbu jarayonlarda toblandi va oxir-oqibat bu kurashlarda g`olib bo’ldi. O’zbek davlatchiligiga xos ilg`or an’analar yanada rivojlantirildi, boyitildi.
O’zbekiston hududida o’rta asrlarda mavjud bo’lgan g`oya va ta’limotlar nafaqat qo’shni mintaqa xalqlari, shu bilan birga, umumjahon miqyosida e’tirof etilganini ham ko’ramiz. Misol tariqasida qadim ajdodlarimiz yaratgan «Avesto» ta’limoti qo’shni Eronda qabul qilingani va davlat dini darajasiga ko’tarilganini, islom dini va falsafasiga, umuman «Musulmon renessansi» deb ataladigan madaniyat rivojiga katta hissa qo’shgan ko’plab buyuk ajdodlarimiz nomini g`urur bilan tilga olish mumkin.
Ma’lumki, O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki davrlarda, mavjud siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, davlat boshqaruvi hamda ijroiya hokimiyati Prezident institutiga birlashtirilgan edi. O’ozirgi kunda mazkur sohani isloh qilish borasida ham katta ishlar olib borilmokda. Jumladan, yurtimizda bir palatali parlament tizimidan ikki palatali parlament tizimiga o’tilib, Prezident vakolatlarining bir qismi yuqori palata – Senatga topshirildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining Raisi lavozimi bekor qilinib, hukumat boshlig`i vazifalarini bevosita Bosh vazir amalga oshirishi belgilab qo’yildi. Milliy davlatchiligimizni rivojlantirish va boshqaruvni isloh qilishda bu borada to’plangan tarixiy tajriba hamda jahon davlatchiligi erishgan yutuqlardan foydalanishga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi globallashuv davrida dunyoda keskin g`oyaviy kurashlar va turli mafkuralar to’qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlari bilan niqoblangan yovuz g`oyalarni singdirishga intilish kuchayib bormoqda.
Lo’nda qilib aytganda, tadrijiy, ya’ni evolyutsion izchillik xususiyatlariga ega bo’lgan islohot va o’zgarishlargina barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi omilga aylanishini ta’kidlash mumkin. Bu yo’lda ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat yot g`oyalarga ishonchli to’siq bo’la oladigan asosiy omil vazifasini bajaradi.
Biz to’rt ming yillik madaniy taraqqiyotni boshidan kechirgan, ulug` va betakror ma’naviy obidalar yaratgan, saltanatlar qurgan xalq farzandlarimiz. Ota-bobolarimiz asrlar davomida inson kamoloti, mehru saxovat, hamkorlik-hamjihatlikka asoslangan jamiyatni barpo etish uchun kurashib kelganlar. Forobiy, Nizomiy, Sa’diy, Jomiy, Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz ijodida odil va oqil podsho timsoli, mashvarat va kengashga asoslangan bosh-qaruv, yuksak fazilat va axloqiy sifatlarga ega insonlar jamiyati haqida chuqur hikmatlar bayon etilgan. "Fozil odamlar shahri", "Axloqi Nosiriy", "Axloqi Jaloliy", "Axloqi Muhsiniy", "Xamsa", "Mahbubul qulub" kabi o’nlab asarlarda komil inson va fozil jamiyat ideali tasvirlangan. Ajdodlarimizning diqqat-e’tibori, avvalo, barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgan edi. Zero, jamiyatning etukligi, ravnaqi har bir insonning axloqiy-ma’naviy kamolotiga bog`liq. Abu Nasr Forobiy iborasi bilan aytganda, "Fozil jamiyat fozil kishilardan tashkil topadi va fozil kishilar tarbiya, tahsil tufayli voyaga etadi".
Shuning uchun ham, O’zbekistonda shaxsning aqliy qobiliyati, bilimini o’stirish bilan birga, uni jismonan baquvvat, axloqiy va ruhiy jihatdan barkamol qilib voyaga etkazish masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Milliy g`oya va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ham pirovard maqsadi shu. Iqtisodiy rivojlanish bo’ladimi, ilmiy-texnik taraqqiyot bo’ladimi, harbiy qudrat bo’ladimi — bularning zamirida inson omili yotadi. Inson shaxsi erkin rivojlangan joyda imkoniyatlar ham cheksiz rivojlanadi, madaniyat va ma’rifat ravnaq topadi, jamiyat tobora jipslashib kuch-qudratga ega bo’lib boradi.
O’zbekistonning mustaqillik yillari mobaynida biz bu borada ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdik. Bu o’rinda Navoiyning “kimki bir qavmning yo’lini tutsa, o’sha qavmning rangini oladi”, degan fikri muhim. Bu ayni haqiqat. Chunki milliy an’ana, tarixan shakllangan ma’naviy qiyofa boy berilsa, milliy o’zlik ham, mustaqillik ham boy beriladi. Xuddi shuning uchun Yurtboshimiz milliy g`oyani odamlar ongiga singdirish, milliy o’zlikni anglash va mustahkamlashga har doim da’vat etib kelishi va buni jamiyatimiz barqarorligi, yaxlitligining asosiy omili deb qarashi bejiz emas. Chunki har qanday yot g`oyalarga qarshi turish, aqidarapastlikning, soxta demokratiyaparastlikning oldini olishning eng ishonchli vositasi ham shudir.
Davlat ma’naviyatsiz, milliy mafkurasiz mavjud bo’la olmaydi. Milliy mafkura esa asrlar davomida shakllangan xalq tafakkuri, ma’naviy qadriyatlariga tayanadi. Demak, davlat ma’naviyatga tayansa, ma’naviyat ayni vaqtda davlatga tayanadi. Shu ma’noda, milliy ma’naviyat va milliy davlat o’zaro egizak va yaxlitdir. O’zbekiston demokratik davlati va fuqarolik jamiyati, bir tomondan, milliy an’analarga, ikkinchi tomondan, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib, tuziladi. Agar ana shu uyg`unlik buzilsa, milliy o’zligimizga ham, davlatchilik taraqqiyotiga ham putur etadi.
Shu bois biz milliy-ma’naviy kamolot yo’lidan borib, ma’rifatli jamiyat qurish bilan ulug` mutafakkirlarimiz orzu-armonini ham amalga oshiramiz va dunyo hamjamiyatidan o’ziga xos fazilatlarga ega xalq sifatida o’rin olamiz. Ma’rifat va erkinlik hamisha ma’nodosh tushunchalar bo’lib kelgan. Chunki, erkinlik tuyg`usi kishini ilm-ma’rifat dunyosiga etaklaydi va ayni vaqtda, kishi qanchalik ma’rifatli bo’lsa, o’zini shuncha erkin his etadi. Shu tariqa, «axloq», «erkinlik», «ma’naviyat» va «ma’rifat» tushunchalari bir-biri bilan bog`liq holda olib qaralishi lozim. Erkinlik — beboshlik va anarxiya emas. qonundan tashqari chiqqan, an’anadan chekinib, axloqsizlik qilgan odam erkin odam emas, balki buzg`unchi va boshqalar erkiga tajovuz qiluvchi kishidir. Јonun va axloq doirasida erkin faoliyat olib borish — bu jamoa bo’lib yashash, boshqalar erkini hurmat qilish demakdir. Aqidaparastlar mana shuni hisobga olmaydi. «Demokratiya» ni eksport qiluvchilar ham bunga e’tibor qilmaydi. O’ar bir mamlakat o’z xalqining tabiatiga, ma’naviyatiga mos davlat quradi va xalq bunday davlatni qo’llab-quvvatlaydi.
Shu tarzda, ma’naviyat, odob-axloq, ma’rifat xal-qimiz yuksalishi, o’ziga xos davlatchilik an’analariga ega bo’lishining bosh omili, yot g`oyalar, zararli tahdidlarni bartaraf etishda asosiy kuch bo’lib qolaveradi.
Demokratik huquqiy davlat qurish borasida respublikamizda keng miqyosli ishlar amalga oshirilib, bu yo’nalishda katta yutuqlarga erishildi. Xalqaro andozalarga javob beradigan va milliy o’zligimizni aks ettiradigan Konstitutsiya qabul qilindi. O’zbekiston inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan, jahon miqyosida e’tirof etilgan ko’plab xalqaro deklaratsiya, konventsiya va hujjatlarga qo’shildi, shundan kelib chiqadigan siyosiy va huquqiy qoidalar respublikamizning siyosiy taraqqiyotida, huquqiy me’yoriy tizimni rivojlantirish jarayonida inobatga olinmoqda. Shu bilan birga bu borada hali muayyan vazifalar ham mavjud. Ayni paytda, inson huquqlari va erkinliklari, demokratiyaning kengayib, rivojlanib borayotganini va mamlakatda o’ziga xos tarzda namoyon bo’layotganini ta’kidlash zarur. Eng asosiysi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish – O’zbekiston taraqqiyotini ta’minlashning ustuvor yo’nalishi sifatida amalga oshirilmoqda.
Ko’pgina rivojlangan davlatlarda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga muayyan darajada erishilgan bo’lsa-da, uni yanada takomillashtirish jarayoni davom etmoqda. Fuqarolik jamiyati tushunchasi asosida inson erkinligi, uning barcha ko’rinish va munosabatlarda namoyon bo’lishi g`oyasi yotadi. Xususan, u iqtisodiy sohada mulkiy xilma-xillikka ega bo’lish, siyosiy sohada siyosiy hayotda ishtirok eta olish, huquqiy sohada teng huquqlilik, ijtimoiy sohada uyushmalarga birlashish, diniy sohada – vijdon erkinligi, madaniy sohada – madaniy xilma-xillik, millatlararo va irqlararo munosabatlarda – millatlar, irqlarning tengligi va tolerant munosabatda bo’lishi, kommunikatsiya sohasida – axborotlarni erkin ayirboshlash va so’z erkinligi, mafkuraviy sohada – g`oyaviy xilma-xillik, plyuralizm, migratsiya sohasida – insonning yashash joyini erkin tanlash, ma’naviy-ma’rifiy sohada – insoniylik, hurfikrlilik va fikrlarning teng huquqli raqobati asosida rivojlanishi orqali amalga oshadi, deb e’tirof etiladi.
Ijtimoiy hayotda bu sohalarning barchasida ideal holatga muayyan darajada yaqinlashish imkoniyatlari borligini insoniyat tarixiy tajribasi ko’rsatdi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng dunyoda eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish hamda fuqarolik jamiyati hamda dunyoviy, demokratik, adolatli, huquqiy davlatni shakllantirish maqsadini o’z oldiga qo’ydi. Shundan kelib chiqib, hozirgi zamon tsivilizatsiyasiga xos siyosiy faoliyat va uyushuvning o’zimizga mos tizimlari, yangi siyosiy institutlar va texnologiyalar, jamiyat siyosiy hayotida qatnashishning demokratik usullari (ikki palatali parlament, demokratik saylovlar, referendumlar, umumxalq muhokamalari) shakllandi. Bu borada jahonda ishlab chiqilgan, rivojlangan demokratik davlatlarga xos bo’lgan ko’ppartiyaviylik tizimi, nodavlat tashkilotlarning faolligi va jamiyat hayotida har tomonlama qatnashishi mamlakatimizning o’ziga xos vaziyatiga mos ravishda ro’yobga chiqmoqda.
Yaqin o’tmishda xususiy mulk taqiqlangan va oqibatda iqtisodiy faoliyat erkinligi yo’q qilingan edi. Inson faoliyati va mohiyati yaxlitligi nuqtai nazaridan iqtisodiy erksizlik boshqa sohalardagi erkinliklarga ham to’siq bo’ldi. Shuning uchun ham, e’lon qilingan erkinliklar ko’p jihatdan ro’yobga chiqmay deklaratsiya shaklida qolib ketdi. Shu sababli davlatimiz mustaqilligi erkinligimizning asosi bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish o’tish davri qiyinchiliklarini mumkin qadar kamaytirish, turli ijtimoiy illatlar, adolatsizliklarning oldini olish yo’li bilan amalga oshirilmoqda. O’zbekiston fuqarolik jamiyati qurishda o’ziga xos yangi yo’ldan bormoqda. Bu yo’lda totalitar tuzum davridagidan farqli ravishda inson faolligi, erkinligi, tashabbusi va ijodkor kuchini rivojlantirish asosida fuqarolik jamiyati qurilishi amalga oshmoqda.
Endilikda, mustaqil mamlakatga aylangan O’zbekiston demokratik, insonparvar jamiyat qurilishi yo’lidan bormoqda. Bu borada jamiyatning barqaror rivojlanishi asosida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tadrijiy va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular tub sifat o’zgarishlarning asosini tashkil etadi.
Diniy tafakkurning siyosiylashuv jarayoni global miqyosda, shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida ham dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. Bugungi kunda ekstremizmning eng keng tarqalgan shakli bu diniy ekstremizmdir. Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashda din sohasidagi ilmiy asoslangan siyosat katta ahamiyatga ega.
Barcha rivojlangan davlatlar demokratiya, insonparvarlik va dunyoviylik tamoyillariga amal qiladi. Ularda vijdon erkinligi huquqiy kafolatlangan bo’lib, tolerantlik (bag`rikenglik) hal qiluvchi tamoyil sifatida e’tirof etiladi.
Bag`rikenglik munosabati barcha ijtimoiy guruhlar va shaxslar orasida amalga oshirilgan taqdirdagina dunyoviy davlat va jamiyat barpo etilishi mumkin. Shu sababli inson huquq va erkinliklari, o’zligini anglashi va namoyon qilishini ta’minlash dunyoviy demokratik davlat qurishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, dunyoviy davlatni o’z ideali tarkibiga asos qilib qabul qilmaydigan ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar davlat hokimiyatiga erishish uchun bo’ladigan demokratik, ko’ppartiyaviy raqobatda qatnashish huquqiga ega bo’lmasligi kerak. Aks holda, insonparvarlik tamoyili buzilishi uchun «qonuniy» yo’l saqlanib qolgan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida din sohasidagi siyosat qonuniylik, demokratiya, dunyoviylik va inson huquqlarini ta’minlash tamoyillari asosida olib borilmoqda. Konstitutsiya hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g`risida»gi Јonunda dinning davlatdan ajratilgani, vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlangani hamda diniy ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari ifodalangan.
Diniy ekstremizm konfessiyalararo munosabatlardagi muammolar asosida paydo bo’lmasligi uchun insonlarning diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng-huquqliligi qonuniy ravishda kafolatlangani katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi asosida ushbu tenghuquqlilik ta’minlangan.
Konfessiyalararo munosabatlarda inson erkinligini ta’minlash uchun vijdon erkinligi va tolerantlik tamoyili hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fuqarolik jamiyatida har bir inson istagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech bir dinga e’tiqod qilmasligi mumkin. Bu inson ruhiy erkinligining hal qiluvchi tamoyili va ajralmas xususiyatidir. Shu sababli fuqarolik jamiyatini quruvchi barcha davlatlarda vijdon erkinligi tamoyili Konstitutsiya darajasida kafolatlangan. Bu mustaqil mamlakatimizda dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga binoan milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlangan. Jahon huquqshunoslik fani tajribasi asosida qabul qilingan bu qoida davlatimizda milliy va diniy asosda nizo paydo bo’lishining oldini olish uchun xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy kafolatdir.
Mamlakatimizda fuqarolarning o’z diniy huquqlarini amalga oshirishlari uchun yaratilgan sharoitlarni diniy tashkilotlar misolida ham ko’rish mumkin. Mustaqillik sharofati tufayli ularning faoliyati tom ma’noda tiklandi va rivoj topmoqda.
Bundan tashqari fuqarolarga islom dinining ezgu mohiyatini tushuntirish maqsadida O’zbekiston musulmonlari idorasining «O’idoyat» oylik jurnali va «Islom nuri» gazetalari muntazam chop etilmoqda. Respublika televideniesi orqali «Ziyo» studiyasi va «O’idoyat sari» ko’rsatuvlari muntazam berib borilmoqda.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ko’plab qadimgi diniy-madaniy obidalar tiklandi, ta’mirlandi, qayta qurildi, yangi yodgorlik majmualari yaratildi. Buyuk mutafakkirlarimizning yubileylari mamlakatimiz va jahon miqyosida keng nishonlandi. Mamlakatimizda yashaydigan barcha konfessiyalarning diniy bayramlari nishonlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ro’za va Јurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilindi. Davlat tomonidan haj va umra safarlariga borish uchun keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi.
2007 yili yanvarda Islom Konferentsiyasi Tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etilishi mustaqil davlatimiz din sohasida olib borayotgan izchil siyosatining yorqin natijalaridan biri bo’ldi.
Ma’lumki, Islom Konferentsiyasi Tashkiloti (IKT)ning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha ixtisoslashgan tuzilmasi (ISESCO) faoliyatida har yili islom madaniyatining Osiyo, arab dunyosi va Afrika bo’yicha poytaxtlarini e’lon qilish o’ziga xos an’anaga aylangan. 2006 yilda Isfahon (Eron), O’alab (Suriya), Timbuktu (Mali) shaharlari shu nomga loyiq ko’rilgan edi. 2007 yilda esa bu sharafli unvonga Toshkent (O’zbekiston), Tripoli (Liviya), Fes (Marokash) va Dakar (Senegal) shaharlari munosib topildi.
IKTning maxsus qaroriga asosan ta’sis etilgan va 1982 yildan o’z faoliyatini boshlagan, qarorgohi Fes shahri (Marokash)da joylashgan ISESCO bugungi kunga kelib 150 dan ortiq xalqaro tuzilmalar, hukumatlar, mintaqaviy va milliy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
ISESCOning musulmon dunyosidagi muayyan shaharlarni islom madaniyatining poytaxtlari deb e’lon qilishi musulmon mamlakatlari o’rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, islom madaniyatiga oid ilmiy-ma’rifiy, tarixiy-me’moriy merosni o’rganish, tiklash va targ`ib qilish, dinlararo va tsivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, turli mamlakatlarning bu boradagi sa’y-harakatini qo’llab-quvvatlash hamda rag`batlantirishdek maqsadlarini ko’zlaydi.
Toshkent shahriga islom madaniyati poytaxti degan yuksak nomning berilishi nafaqat Toshkent, balki butun O’zbekiston xalqi uchun ulkan tarixiy va madaniy-ma’rifiy voqea bo’lgan edi. 2020 yil esa Buxoro ana shunday maqomni davom ettiradi.
Mamlakatimizda shu ezgu maqsad yo’lida ibratli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Xususan, Samarqanddagi Imom Buxoriy, Imom Moturidiy ziyoratgohlari, Shohi Zinda majmuasi, Buxorodagi Abdulxoliq o’ijduvoniy va Bahouddin Naqshband, Minorai Kalon va Masjidi Kalon majmualari, Farg`onadagi Ahmad Farg`oniy va Burhoniddin Marg`inoniy yodgorliklari, Surxondaryodagi O’akim Termiziy va Imom Termiziy, Xivadagi Ichan qal’a, Shahrisabzdagi Dorut-tilovat, Јarshi shahridagi Odina va Ko’k Gumbaz obidalari, Karmana shahridagi Јosim shayx maqbarasi singari o’nlab qadamjolarni obod etish, Toshkent shahridagi O’azrati Imom majmuasini keng ko’lamli qayta tiklash, qurilish va ta’mirlash bo’yicha bajarilgan bunyodkorlik ishlari fikrimizning isboti bo’la oladi.
Buxoro, Samarqand, Termiz, Јarshi va Xiva kabi Toshkent ham kelgusi avlodlar uchun avaylab saqlab kelinayotgan go’zal islom arxitektura inshootlari, madrasa, masjid, muzey va kutubxonalarga boy shahar. Toshkentda nodir Usmon Mushafi va Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining boy xazinasi, shuningdek, dunyoga mashhur «Baroqxon», «Ko’kaldosh» madrasalari, Јaffoli Shoshiy, Yunusxon, Shayxontahur maqbaralari kabi tarixiy va me’moriy yodgorliklar mavjud.
Oxirgi yillarda maxsus maktablarni ochilishi bu boradadi ishlarni davomi bo`lmoqda.
Din va jamiyat hayotidagi aloqadorlikda din va davlat munosabatini belgilab beruvchi tamoyil – din sohasida kechayotgan o’zgarishlarni xolis va ilmiy o’rganish, bashorat qilish va undan kelib chiqib, ijtimoiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo’ladi.
Jamiyat barqarorligiga to’siq bo’luvchi illatlar – diniy ekstremizm va terrorizmdir. Bu hodisaga davlatimiz o’zining ijtimoiy va siyosiy taraqqiyoti davomida duch keldi. Afsuski, terrorchilik faoliyatida ba’zan mamlakatimiz fuqarolari, yurtdoshlarimiz ham ishtirok etmoqda.
Nega inson uni dunyoga keltirgan Ona Yurti, Vatani, millatiga qarshi chiqadi? Nega g`ayriinsoniy faoliyat yuritib, o’z yurtdoshlarini o’ldiradi, butun xalq mehnati bilan yaratilgan binolarni, inshootlarni vayron qiladi? Bunday vahshiyona faoliyat ko’pincha siyosiy maqsadlarda – hokimiyatni egallash uchun amalga oshiriladi. O’zbekistonda bunday faoliyat taqiqlangani va uni olib boruvchi tashkilotlar tugatilishi davlatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan.
Islom dini millionlab kishilarning dunyoqarashi mazmunini tashkil etgan holda ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishda beqiyos ahamiyatga egadir. Diniy ekstremizm va terrorizm g`oyalari ta’siriga berilgan kimsalar har qancha urinmasinlar muborak islom dini, xal-qimizning kelajakka bo’lgan ishonchi, e’tiqodini, tinchligimizni oyoqosti qilolmaydilar hamda o’zbek xalqini o’zi tanlab olgan demokratik taraqqiyot yo’lidan qaytara olmaydilar. Zero, xalqimiz islom dinidan o’zlarining qabih siyosiy maqsadlari yo’lida foydalanmoqchi bo’lgan buzg`unchi kuchlarning asl maqsadini anglab etdi va mamlakatimizda olib borilayotgan vijdon erkinligi, diniy bag`rikenglik va demokratiyaga asoslangan dunyoviy davlat qurish siyosatini to’la qo’llab-quvvatlamoqda.

Tarix o’zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borganini ko’rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan tortib Er yuzining har qanday nuqtasiga bexato etib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bo’lgan uzoq takomil yo’lini bosib o’tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo’lgan hududlar aholisini jismonan yo’q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o’zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini mahv etish shart emas. Zero, ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma’qul» yo’nalishga o’zgartirilgan erlik aholi ko’magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin bo’lib qolmoqda.


Mamlakatimiz ichida o’zlarining g`ayriinsoniy va g`ayriislomiy g`oyalarini tarqatishga harakat qilayotgan diniy ekstremistlar ham ana shunday g`arazli maqsadlarni, ya’ni yoshlarni chalg`itish, ular yordamida mamlakatni o’z taraqqiyot yo’lidan chetlatib yuborishga intiladilar.
Yuqoridagi mulohazalardan ham kishilar ongi va qalbini egallash g`oyaviy kurashning bosh maqsadiga aylanganini anglab etish mumkin. «Bugungi kunda, – deb yozadi Yurtboshimiz, – insoniyat qo’lida mavjud bo’lgan qurol-yarog`lar er kurrasini bir necha bor yakson qilishga etadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlarning ongi va qalbini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim».
Shunday sharoitda mohiyatan g`ayriinsoniy, shu jumladan, diniy ekstremistik g`oyalarga qarshi tura olish uchun kishilarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirish markaziy masalalardan biriga aylanmoqda.
Immunitet (lot. immunitas – ozod bo’lish, qutulish) deganda tibbiyotda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o’zini turli, shu jumladan, zararli ta’sirlardan himoya qilishga qodir bo’lgan xususiyatlari majmui tushuniladi. Immunitet kishi vujudining turli infektsion kasalliklarga berilmaslik xususiyatini ham ifodalaydi.
Insonning tug`ma bo’lgan ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. U har bir avlod uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi va mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlashga (immunitetga ega bo’lmagan chaqaloqlarning uzoq yashay olmasligini eslaylik) xizmat qiladi.
g`ayd etilgan fikrlar hozirgi davrda inson hayotida axborot va bilimlar xilma-xilligining o’rni va ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bilimlar mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri hisoblanishini ham qayd etish lozim. Ammo bilimlar ko’p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari ham muayyan «bilim»larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo’lishi, voqelikni to’g`ri va to’liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu, bir tomondan. Ikkinchi tomondan, bu bilimlar o’z mohiyat e’tiboriga ko’ra, Vatan, millat, insoniyat manfaatlari bilan uzviy bog`liq bo’lmog`i kerak. Fuqarolarimizning asl islom haqida xolis va etarli bilimga ega bo’lishlari diniy eks-tremizmga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy immunitet tizimida uning ikkinchi asosiy unsuri – olingan bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlarning o’rni beqiyosdir. Bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo’lsa, uning zamirida yuzaga kelgan baholar, qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy infektsiyalar yo’lida mustahkam qalqon bo’lib xizmat qiladi.
Qayd etilgan mulohazalar asl islom haqida muayyan bilimlarga ega bo’lish, uning bayrog`i ostida taqdim etilayotgan g`oyalar, qarashlar va harakatlarni to’g`ri baholash, ularning mohiyatan islomiy qadriyatlarga butunlay zid ekanini anglab etishga xizmat qiladi, degan xulosani chiqarish imkonini beradi. Bilimlar va qadriyatlar tizimi esa mafkuraviy immunitetning shakllanishida omil bo’lib qolaveradi. Mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim unsuri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi mo’ljal va maqsadlar tizimi bilan bog`liq. Ana shunday aniq tizim bo’lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat bo’lsin, goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrimaholdir.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g`oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o’z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o’rni katta. U ijtimoiy institutlar tomonidan xilma-xil shakllarda amalga oshiriladigan g`oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy ishlar majmuini, to’g`ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy g`oya ruhi bilan yo’g`rilgan ana shunday tarbiya tizimi yaratildi. Uni doimiy takomillashtirib borish va davr da’vatlariga hozirjavobligini ta’minlash esa, har birimiz va hammamizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar».
Shunday ekan, voyaga etayotgan har bir farzandimizni kuchli mafkuraviy immunitet va yuksak ma’naviyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta’minlashimizning asosiy shartlaridan biri bo’lib qolaveradi. Yurtboshimiz so’zlari bilan aytganda, “...xalq — bamisoli ulug` va sharafli yo’ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo’ldan chalg`itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo’lgan, bundan keyin ham bo’lishi mumkin. Karvon bexatar bo’lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros engilmas kuch — ma’naviyat bor”.

Download 454.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling