Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma


Download 454.2 Kb.
bet53/102
Sana09.04.2023
Hajmi454.2 Kb.
#1346191
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102
Bog'liq
ETKM majmua 2019-2020 (2)

Konferentsiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani so‘zga chiqadilar.
Toshkent uchrashuvida ishtirok etish uchun BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va tashkilotning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari taklif etilgan.
Forum ishtirokchilari mintaqaviy va global darajada tez orada Afg‘oniston hukumati bilan «Tolibon» harakati o‘rtasida hech qanday dastlabki shartlarni ilgari surmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish zaruriyati xususida qat'iy nuqtai nazarni bayon etilishi kutilmoqda.
Konferentsiya yakuni bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, unda quyidagi muhim jihatlar o‘z aksini topishi ko‘zda tutilmoqda:
birinchidan, tinchlik jarayoni afg‘onistonliklarning bevosita rahbarligi va ularning sa'y-harakatlari bilan BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari va qarorlari nizomlariga muvofiq amalga oshishi kerak;
ikkinchidan, qurolli muxolifat Afg‘onistonning siyosiy hayotiga kafolatli integratsiya qilinishi va qonuniy siyosiy kuch sifatida e'tirof etilishi tinchlik jarayonining muhim omili hisoblanadi;
uchinchidan, xalqaro hamjamiyat terrorizmning har qanday shakl va ko‘rinishiga qarshi bo‘lib, transmilliy terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilik tahdidlari nafaqat Afg‘oniston, balki umuman butun mintaqa va jahonning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga umumiy xavf sanalishini e'tirof etadi.
Toshkent konferensiyasi arafasida, shuningdek, hamkorlikning yangi shaklidagi «Markaziy Osiyo + Afg‘oniston» (C5+1) dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu format Afg‘onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilma aloqalari tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyasi, umummintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Toshkent konferensiyasi xaqidagi tashabbusni ilgari surar ekan, O‘zbekiston uni bir martalik tadbir sifatida o‘tkazish bilan cheklanib qolmay, undan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar doirasida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasidagi siyosiy jarayonga ko‘maklashishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshirish asnosida O‘zbekiston afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan yechish bo‘yicha siyosiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu jarayonda asosiy rol va javobgarlik o‘z mamlakati kelajagini belgilashi va qurishi kerak bo‘lgan afg‘onistonliklarning zimmasida ekanini yana bir bor ta'kidlash joiz.
Toshkent konferensiyasi oldida turgan yuksak maqsadlar, shuningdek, uning ishida BMT Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy a'zolari, ShHTga a'zo davlatlar va Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ishtirok etishi butun dunyoda forum ishiga katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tadbirni yoritishda qatnashish uchun jahon ommaviy axborot vositalari vakillarining katta guruhi tashrif buyurishi kutilmoqda.
O‘zbekiston poytaxtidagi xalqaro uchrashuv yakunlari Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, uning izchil rivojlanishi uchun sharoit yaratish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib, afg‘on xalqining farovonligini oshirish va uni mintaqa va umuman butun dunyodagi bunyodkorlik jarayoniga jalb etishga xizmat qilishi shubhasiz. Toshkent forumining muvaffaqiyati mintaqa davlatlarining tinchlik va taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan holda, birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan umumiy muammolarni hal etishga qodirligini namoyon qilishi darkor.

Download 454.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling