Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat univrsiteti
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
organik kimyo fanida laboratoryalar bilan ishlashni qulaylashtirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVRSITETI Umumiy kimyo kafedrasi kimyo ta’lim yo’nalishi 3- bosqich “B” guruh talabasi No’monjonova Barnoxon Shukurullo qizining Organik kimyo fanidan “ Organik kimyo fanida laboratoryalar bilan ishlashni qulaylashtirish” mavzusida Kimyo ta’lim yo’nalishi bo’yicha kursdan-kursga o`tish uchun yozilgan. KURS ISHI
Mundarija So`z boshi.
va ularni o’rnatish.
afzalliklari
So’z boshi Yosh avlodning bilim darajasini oshirishda boshqa fanlar qatori kimyoning ham munosib o’rni bor. Hozirgi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti va rivojlanishi kimyo sanoatining rivojlanishi bilan bog’liq. Ertangi kun – yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan yuksak malakali mutaxasislarni talab etadi ... . (I.A.Karimov)
Kimyo fani eksperimental aniq fanlar sirasida ekanligi uchun bilim va ko’nikmalar ko’proq laboratoriya mashg’ulotlarida mustahkamlanadi. Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun ko’p hollarda zaharli va zararli, yonuvchan va portlovchi reaktivlar, murakkab jihozlarni ishlatish talab etiladi. Bevosita laboratoriya ishini bajarishga kirishishdan oldin uni kompyuter yordamida virtual holatda ko’rib chiqish – reaktivlarni tejashga, xavfsizlikni ta’minlashga, o’quv jarayonini samaradorligini oshirishga olib keladi. Shu sababdan hozirda ko’plab kimyoviy virtual laboratoriyalar ishlab chiqildi. Ularning aksariyati xorijda yaratilgan. Ushbu virtual laboratoriyalarni unumli ishlatish uchun ulardan foydalanish yo’riqnomalarini o’zbek tiliga tarjima qilish va tegishli uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib hisoblanadi. 1.1. Kirish Mavzuning dolzarbligi: Kimyo fanlarini o’qitish, nazariy bilimlarni mustahkamlashda amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarining ahamiyati katta. Amaliy tajribalar o’tkazish vaqtida laboratoriya jihozlari va reaktivlar hamma vaqt ham yetarli bo’lavermaydi. Bundan tashqari ayrim laboratoriya ishlarini bajarishda noqulay sharoitlar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tajribalar yo’q emas. Shunda virtual laboratoriya va qo’shimcha kompyuter dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Lekin bu dasturlar bilan ishlash bo’yicha o’zbek tilida yetarli qo’llanma mavjud emas. Biz tomonimizdan bu muammoni hal qilish uchun 10 dan ortiq xorijda tayyorlangan kompyuter dasturlaridan foydalanish uchun o’quv uslubiy qo’llanma ishlab chiqilmoqda.
uchun kompyuter kimyoviy dasturlari bilan ishlash bo’yicha qulay, o’zbek tilida o’quv uslubiy qo’llanma tuzish. O’quv uslubiy qo’llanma o’quvchilar uchun savol va topshiriqlar, qiziqarli tajribalar, rasm, grafik va jadvallar ko’rinishida ishning asosiy qismi ko’rsatilgan bo’lsa, o’qituvchilar uchun o’quvchilarni ishini to’la nazorat qilishi, dasturlar bilan kengroq ishlashni tashkil etish imkonini beradi. Natijada o’qituvchi dars jarayonining o’zida nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun virtual labaratoriyalardan foydalanib dars o’tishi, laboratoriya jarayonida har bir o’quvchi bilan individual ishlagan holda tajribani o’tkazishi dars jaroyonini yanada unumli va sifatli bo’lishiga olib keladi. Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti bu kimyo fanining labaratoriya mashg’ulotlari bo’lsa, uni bajarish imkoniyatini beruvchi turli kimyoviy dasturlar (Crocodile chemistry 605, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория, Davriy_jadval, Chemsk12, Химический калькулятор, ChemDraw Ultra 11.0, CHEMIX 12, GaussView ,Chembalance Wiziard32 , Xumua42) tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Yuqorida sanab o’tilgan 10 dan ortiq kimyoviy dasturlar bilan ishlash bo’yicha birinchi marotaba o’qituvchi va o’quvchilar uchun o’zbek tilida o’quv uslubiy qo’llanma yaratilishidir.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Ayrim bajarishi qiyin bo’lgan tajribalarni bajarishdan oldin uni virtual holatda bajarish, tajriba vaqtida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan texnik xatoliklarni kamaytirish imkoniyatlarini beradi. Natijasi esa jihoz va reaktivlarni tejab tergab unumli foydalanishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy jihatdan afzalliklarga ega bo’ladi.
dasturlardan dars jarayonida keng foydalanish, ta’lim sifatini oshirish, o’quvchilarni nafaqat kimyo fanlariga balki, zamon talablaridan kelib chiqqan holda kompyuter texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Tadqiqotlarni yanada rivojlantirib kimyoviy dasturlarni ham o’zbek tilida yaratish keyingi rejalarimizdan biridir. I.1. Asosiy qism I.2. Organik kimyo fanidan foydalaniladigan dasturlar bilan tanishish va ularni o’rnatish Oxirgi vaqtlarda axborot texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi tufayli kimyo fanlarini o’qitish texnologiyasiga turli xil kompyuter dasturlari kirib keldi. Kimyoning asosiy obyekti – molekula juda kichik bo’lgani uchun uni oddiy ko’z bilan ko’rib yoki qo’l bilan ushlash imkoniyati yo’q. Ammo uning kattalashgan modelini hosil qiluvchi turli kompyuter dasturlari yaratildi. Bu dasturlardan kimyo fanlarini o’qitishda samarali foydalanish uchun ularning xususiyatlarini bilish zarur. Bugungi kunda keng qo’llaniluvchi ayirm kimyoviy kompyuter dasturlarining ba’zi xususiyatlari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Kimyoviy kompyuter dasturlarning ba’zi xususiyatlari № Datur nomi Animatsiyali yoki
animatsiyasiz Tili
Boshqarish erkin yoki chegaralangan Ovozli yoki ovozsiz 1 Crocodile chemistry 605 Animatsiyali Ingliz
Erkin ovozli
2 Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория Animatsiyali Rus o’zbek
Qisman erkin ovozli
3 Davriy_jadval Animatsiyali O’zbek
Erkin ovozsiz
4 Chemsk12 Animatsiyali Ingliz
Erkin ovozsiz
5 Химический калькулятор Animatsiyasiz Rus
Chegaralangan ovozsiz
6 ChemDraw Ultra 11.0 Animatsiyali Ingliz
Erkin ovozsiz
7 CHEMIX 12 Animatsiyasiz Ingliz
Chegaralangan ovozsiz
8 GaussView Animatsiyali Ingliz
Erkin ovozsiz
9 ChembalanceWiziard32 Animatsiyasiz Ingliz
Chegaralangan ovozsiz
10 Xumua42 Animatsiyasiz Rus ingliz
Chegaralangan ovozsiz
Yuqoridagi jadvalda berilgan kimyoviy kompyuter dasturlarining xususiyatlarini inobatga olib, ularni quyidagicha sinflarga bo’lishni taklif qilamiz. 1. Animatsiyali, ovozli, bajarilish imkoniyati erkin dasturlar: Crocodile chemistry 605, Химия (8-11 класс) Виртуальная лаборатория; 2. Animatsiyali, bajarilish imkoniyatlari erkin, ovozsiz dasturlar: Davriy_jadval, Chemsk12, ChemDraw Ultra 11.0, Gauss View; 3. Animatsiyasiz, bajarish imkoniyati chegaralangan, ovozsiz dasturlar: Химический калькулятор, CHEMIX 12, ChembalanceWiziard32, Xumua42. Sanab o’tilgan dasturlarni 3 ta asosiy sinflaridan kimyo fanlarini o’qitish uchun foydalanishda o’quvchilarning bilim savyasi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda quydagicha taqsimlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi; umumta’lim maktablari uchun 1- sinf dasturlari, akademik litsey va kasb-hunar kolejlari uchun 1- va 3-sinf dasturlari, oliy ta’lim o’quv yurtlarida 1-, 2- va 3-sinflarning barcha dasturlaridan keng foydalanish mumkin. Oliy ta’lim o’quv yurtlarida kimyo fanlarini o’qitish uchun kimyoviy kompyuter dasturlaridan foydalanishning quydagicha taqsimlanishini 2-jadvalga muvofiq taklif etamiz. 2-jadval Oliy ta’lim o’quv yurtlari uchun kimyo fanlarini o’qitishda foydalaniladigan kimyoviy kompyuter dasturlarining taqsimlanishi № Fan nomi Dastur nomlari 1 Noorganik kimyo Crocodile chemistry605, Химия (8-11класс) Виртуальная лаборатория, Davriy_jadval, CHEMIX 12. 2 Analitik kimyo Crocodile chemistry605, Химический калькулятор, Davriy_jadval, Xumua42. 3 Fizik kimyo Crocodile chemistry 605, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория, ChembalanceWiziard32 4 Modda tuzilishi Davriy_jadval, Chemsk12, ChemDraw Ultra11.0, Gauss View 5 Organik kimyo Chemsk12, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория, Gauss View 6 Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash Химия (8-11 класс) Виртуальная лаборатория, Crocodile chemistry 605, Химический калькулятор
Kimyo fanlarini o’qitishda yuqorida taklif etilgan kimyoviy kompyuter dasturlarini sinflash va qo'lanilish borasidagi takliflar inobatga olinsa, ta’lim jarayonining samaradorligi yanada ortadi deb hisoblaymiz.
Chemsk12.exe dasturini o’rnatsih uchun tugmasi bosiladi.
Hosil bo’lgan oynadan “Next>” tugmasi belgilanadi.
Dastur to’g’risidagi letsenziya malumotlar bilan tanishdim deb belgilanadi.
Hosil bo’lgan oynalar ketma-ketligidan “Next>” tugmasi belgilanadi.
1- Hosil bo’lgan oynadan “Next>” tugmasi, 2- Hosil bo’lgan oynadan “Install” tugmasini bosamiz.
Dastur o’rnatilish o’ynasi hosil bo’ladi, so’ng dasturni o’rnatishning oxirgi bosqichi yani “Finish” tugmasi bosiladi va dastur o’rnatilish yakunlanadi va ishchi stolda dasturlar oynasi hosil bo’ladi.
Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория dasturi Windows xp dasturlariga mo’ljallangan bo’lib Windows 7 va Windows 8 sistemalariga o’rnatishda bir necha bosqichlari bor . Dastur virtual labaratorya papkasidagi CD1 fayili ichida joylashgan Run. exe fayili bilan o’rnatiladi.
Dasturni o’rnatilish oynasi hosil bo’ladi va ishchi oynasida dastur yorlig’i hosil bo’lishi uchun belgi qo’yiladi. Dasturni o’rnatishda ko’rsatilgan variantlardan biri tanlanadi. Минимальная , Рекомендуемая,
Dastur o’rnatiladigan joy ko’rsatilgan hosil bo’lgan oynadan o’rnatishni davom etirish tugmasi belgilanadi. Dastur o’rnatilish yakunlanadi.
ChemDraw Ultra 11.0 Dasturini o’rnatsih. ChemDraw Ultra 11.0 dasturini o’rnatish uchun ChemOffice-2008 papkasi ichidagi install.exe fayli ishga tushiriladi Dasturni o’rnatish oynasi xosil bo’ladi va oyna ustidan dasturni aktivlashtirish uchun kod so’raladi.
Ularga mos ravishda ismingiz , tashkilot nomi , Email adresi va seriya nomeriga: 011-256104-7199 ni kiriting. Keyin «Activate Later» tugmasini bosing. Hosil bo’lgan oynada “ОК” tugmasini bosing .
Rasmdagi oynadan “Next” tugmasi bosiladi.
Keyingi oynadan Begin tugmasi bosiladi .
Hosil bo’lgan oynada “Next” tugmasi bosiladi. Litsenziya qoidalariga amal qilish oynasida “HА” Javobi olinadi va Next javobi olinadi va “Next” tugmasi bosiladi.
Dastur o’rnab bo’lgach “Finish” tugmasi bosiladi. Sistemani qayta yuklanish so’raladi “Hа” deb javob beriladi Sistema qayta yuklangach \ChemOffice- 2008\!Reg katalogida joylashgan “crack.reg” fayli ishga tushirilib u registrga qo'shiladi. Shu katalogdagi RegCodeCOM11.dll fayli dastur o’rnatilgan papkaga (bu papka asosan C:\Program Files\CambridgeSoft\ ChemOffice2008\Common\ DLLs manzilida joylashgan ) ko’chirilib qo’yiladi . U yerdagi fayl almashtiriladi .
I.3. Laboratoriya jihozlari bilan virtual holatda tanishish
№ Tasviri Nomi
№ Tasviri
Nomi 1
Shatativ 15
Gaz
garelkasi 2
Asbest tor 16
Tomizgich 3
17
Tubi yumoloq kolba
4
qizdirgich 18
Konussimon kolba 5
tarozi 19
Vyurs
kolbasi 6
tutgich 20
Lakmus
7
shpatel 21
Tutqich 8
Sovutgichli voronka
22
Uch boshli sklyanka 9
Alonj 23
“U” simon kolba 10
Stakan
24
Menzurka 11
Tomizgich varonka 25
Ajratuvchi varonka 12
Chinni tigel 26
13
Suv hammomi 27
Qum
hammomi 14
Elektizyor 28
gaz olish asbobi
I.4. Organik kimyo fanidan qo’llaniluvchi dasturlar bilan ishlash Ayrim organik moddalarni olish va ularni xossalarini o’rganish To’yingan uglevodorodlar va ularning xossalari bilan tanishish 1.1. Mavzu: Metanni olinishi va uning xossalari bilan tanishish Kerakli jihoz va reaktivlar: Bromli suv, KMnO 4 kaliy permanganat 0,1M eritmasi, Natriy atsetat, NaOH, gugurt, gaz garelkasi yoki urotrapin (quruq spirt), probirka, gaz o’tkazgich nay, farforli idish, shpatel, shisha tayoqcha, shtativ.
atsetat tuzi va natriy gidroksidni solib aralashtring.
tiqin bilan germetik ravishda berkiting va shtativga o’rnating 4. Asta sekinlik bilan aralashmani (gaz garelkasi yoki urotrapin (quruq spirt) qizdiring. 5. Gaz ajralib chiqayotganini kuzatasiz. 6. Laboratoriya jurnaliga sodir bo’layotgan jarayonning reaksiya tenglamasini yozing. 7. 2 ta probirkani oling birinchisiga bromli suv, ikkinchisiga kaliy permanganatning 0,1M eritmasidan quying. 8. Probirkadagi moddalarga ajralib chiqayotgan gazni yuboring. Sodir bo’layotgan hodisani kuzating. Nega bromli suv va kaliy permanganate eritmasi rangsizlanmadi.
9. Ajralib chiqayotgan gazni probirkaga yig’ing va yig’ilgan gazni yoqing. Gazli tiqinning uchiga gugurt alangasini yaqinlashtiring yonayotgan gazning alangasini kuzating.
jurnaliga sodir bo’lgan jarayonlarni yozing, reaksiya tenglamalarini tuzing.
probirka va shtativlar. Ishning borishi: 1. Probirkani oling va unga alkanlardan birini quying. 2. Probirkani ustiga konsentrlangan sulfat kislota eritmasidan quyib aralashtiring. Nima sodir bo’ldi?
3. Tegishli reaksiya tenglamalarni laboratoriya jurnaliga yozing. Qolgan alkanlar bilan ham tajribani takrorlab ko’ring. 1.3. Mavzu: Alkanlarning bromlanishi Kerakli jihoz va reaktivlar: Geksan, oktan, geptan muz solingan suv, issiq suv, lakmus qog’oz, tomizgich, Bromning tetraxlor etandagi eritmasi Ishning borishi: 1. Quruq probirkani oling va to’yingan uglevodorodlardan birini olib
quying. 2. Probirkaga tomizgich yordamida Br 2 ( CCl 4 ) eritmasidan 2-3 tomizing. 3. Bu jarayonni muz solingan idishda davom etiring. Sodir bo’lgan jarayonni izohlang. 4. Probirkani issiq suv solingan idishga soling. Bunda probirkadagieritma rangsizlanadi. Nima uchun eritma rangsizlandi? 5. Probirkaning og’ziga ho’l lakmus qog’ozni olib boring. Nima sodir bo’ldi? Nega lakmus qog’oz qizil ranga kirdi? 6. Olingan natijalarni laboratoriya jurnaliga yozing va tegishli reaksiya tenglamalarni tuzing.
4 kaliy permanganat 0,1M eritmasi, sulfat kislota, etil spirti, qizdirgich, vyurs kolbasi, ikki og’izli sklyanka, shpatel, gugurt, gaz o’tkazgichli nay, stakanlar, farfor bo’lakchalari. Ishning borishi: 1. Birinchi stakanga etil spirtning eritmasidan 40 ml quying va asta sekinlik bilan aralashtirib turgan holda
sulfat kislotaning konsentrlangan eritmasidan 20 ml quying.
2. Stakandagi aralashmani vyurs kolbasiga quying va 3-4 bo’lak farfor bo’lakchalardan soling. 3. Ikkinchi va uchunchi stakanga kaliy permanganatning 0,1 M eritmasidan va bromli suvdan 50 ml o’lchab quying. 4. Vyurs kolbasini qizdirgich yordamida 78 0 C bo’lguncha qizdiring. Bunda idish ichidagi aralashma asta sekin qaynab, gaz ajralib chiqish sodir bo’ladi. 5. Ajralib chiqayotgan gazni ikkinchi va uchunchi stakandagi eritmalariga yuboring. Nima sodir bo’ladi? Nega stakandagi eritmalar rangsizlandi? 6. Sodir bo’lgan o’zgarishlarni izohlang va reaksiya tenglamalarni laboratoriya jurnaliga tushuring. 2.2. Mavzu: Atsitilenning olinishi va uning xossalari bilan tanishish Kerakli jihoz va reaktivlar: Kalsiy karbir CaC 2 , bromli suv, KMnO 4 kaliy
permanganat 0,1M eritmasi, osh tuzining 1M li eritmasi, lakmus qog’oz, vyurs kolbasi, gaz o’tkazgich nay, stakanlar, tomizgich voronka, gaz gorelkasi yoki urotrapin (quruq spirt), gugurt, shpatel.
2 kalsiy karbirdan shpatelda 5-10 g oling va vyurs kolbasiga soling. 2. Tomizgich voronkasini vyurs kolbasini ustiga germetik tarzda o’rnating.
eritmasi biriga bromli suv eritmalaridan 50 ml quying.
2 ga tomizing va tomizgichni berkiting. 6. Gaz ajra boshlashi bilan stakanalardagi eritmaga gaz o’tkazgich nayni soling ikkala eritmada ham bir hil jarayon sodir bo’lishni kuzatish mumkin. Nega? 7. Probirkaga gazni yig’ing va gaz rorelkasi alangasiga tuting 8. Gaz o’tkazgich nay uchiga gugurt alangasini olib boring. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan gaz tutab yonadi. 9. Ho’l lakmus qog’ozni gaz o’tkazgich nay olidiga oli borilganda lakmus qog’oz qizaradi. Bunga asosi sabab nima? 10. Sodir bo’lgan jarayonlarni izohlang va tegishli reaksiya tenglamalarni laboratoriya jurnaliga tushiring. Aromatik uglevodorodlar 3.1. Mavzu: Benzolning brom bilan tasirlanishi Kerakli jihoz va reaktivlar: Suv hammomi, vyurs kolbasi, bromli suv, benzol , disterlangan suv , gaz o’tkazgichnay, stakanalar, shtativ, sovutgichli kolba, lakmus eritmasi, temir granulalari, alonj, shpatel.
quying va shpatelda temir granulalaridan soling.
eritmasidan tomizing. 3. Kolbaga gaz ajratgich nay o’rnating va unga tomizgich voronkasini rasmdagi ko’rinishda yig’ing.
ulang. 5. Tomizgich voronkasidagi bromli suvni asta sekinlik bilan tomizing. I.5. Virtual laboratoriyalardan foydalanishning qulayliklari va afzalliklari Tadqiqotning obyekti bu kimyo fanining labaratoriya mashg’ulotlari bo’lsa, uni bajarish imkoniyatini beruvchi turli kimyoviy dasturlar (Crocodile chemistry 605, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория, Davriy_jadval, Chemsk12, Химический калькулятор, ChemDrawUltra11.0, CHEMIX12, GaussView, Chembalance Wiziard32 , Xumua42) tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Yuqorida sanab o’tilgan 10 dan ortiq kimyoviy dasturlar bilan ishlash bo’yicha birinchi marotaba o’qituvchi va o’quvchilar uchun o’zbek tilida o’quv uslubiy qo’llanma yaratilishidir. Natijalarining amaliy ahamiyati ayrim bajarishi qiyin bo’lgan tajribalarni bajarishdan oldin uni virtual holatda bajarish, tajriba vaqtida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan texnik xatoliklarni kamaytirish imkoniyatlarini beradi. Natijasi esa jihoz va reaktivlarni tejab tergab unumli foydalanishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy jihatdan afzalliklarga ega bo’ladi.
oshirish, o’quvchilarni nafaqat kimyo fanlariga balki, zamon talablaridan kelib chiqqan holda kompyuter texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Tadqiqotlarni yanada rivojlantirib kimyoviy dasturlarni ham o’zbek tilida yaratish keyingi rejalarimizdan biridir.
III Xulosa Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun ko’p hollarda zaharli va zararli, yonuvchan va portlovchi reaktivlar, murakkab jihozlarni ishlatishni talab etiladi. Bevosita laboratoriya ishini bajarishga kirishishdan oldin uni kompyuter yordamida vertual holatda ko’rib chiqish – reaktivlarni tejashga, xavfsizlikni ta’minlashga, o’quv jarayonini samaradorligini oshirishga olib keladi. Shu sababdan hozirda ko’plab kimyoviy vertual laboratoriyalar ishlab chiqildi. Ularning aksariyati xorijda yaratilgan. Ushbu vertual laboratoriyalarni unumli ishlatish uchun ulardan foydalanish yo’riqnomalarini o’zbek tiliga tarjima qilish va tegishli uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib hisoblanadi. Bugungi kunda kimyoviy vertual laboratoriyalar yaratish bo’yicha O’zbekistonda ayrim izlanishlar olib borilgan. Masalan, maktab kimyo fani darsliklarining elektron variantda laboratoriya mashg’ulotlarini vieo tasma ko’rinishda berilgan. O’quvchi bu video tasmani faqatgina kuzatish bilan cheklanadi. Laboratoriya ishini sharoitlarini o’zgartirib kerakli natijalar olish imkoniyati mavjud emas. Hozirda yaratilgan kimyoviy vertual laboratoriyalar esa bunday imkoniyatlar bor bo’lib o’quvchida mustaqil fikrlash, ekstremal holatlarda ham kerakli natijalar olish imkonini beradi. Bularga misol qilib ( Crocodile chemistry 605, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория, Davriy_jadval, Chemsk12, Химический калькулятор , ChemDraw Ultra 11.0 , CHEMIX 12, GaussView ,Chembalance Wiziard32 , Xumua42) dasturlarni ko’rsatish mumkin. Xulosa qilib aytganda, axborot texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi tufayli kimyo fanlariga ham o’qitish texnologiyasiga turli xil kompyuter dasturlari kirib keldi. Kimyoning asosiy obyekti – molekula juda kichik bo’lgani uchun uni oddiy ko’z bilan ko’rish yoki qo’l bilan ushlash imkoniyati yo’q. Ammo uning kattalashgan modelini hosil qiluvchi turli kompyuter dasturlari yaratildi. Bu dasturlardan kimyo fanlarini o’qitishda samarali foydalanish uchun ularning xususiyatlarini bilish zarur. Tadqiqotlarni yanada rivojlantirib kimyoviy dasturlarni ham o’zbek tilida yaratish keyingi rejalarimizdan biridir.
III.1. Foydalanilgan manbaalar. 1. Maruza matnlar. 2. I.R.Asкarov, Yu.T.Isaеv, A.Г.Maxsumov, Sh.Qirg’izov. Organik kimyo. G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkеnt 2012. 3. И.И.Грандберг. Органическая химия, М.”Дрофа” 2002 г. Для студентов сельхоз. И биологическ. специальностей. 4. Ю.С.Шабаров Органическая химия. Москва. Химия. 2000 г. 5. А.А.Петров, А.Т.Трощенко, Х.В.Бальян. Органическая химия. Москва. “Высшая школа» 1987 г. Для студентов хим. технологических специальностей. 6. А.И.Артеменко Органическая химия М. «Высшая школа». 2002 г.
№ Datur nomi 1 Crocodile chemistry 605 2 Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория 3 Davriy_jadval 4 Chemsk12 5 Химический калькулятор 6 ChemDraw Ultra 11.0 7 CHEMIX 12 8 GaussView 9 ChembalanceWiziard32 10 Xumua42 Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling