16. “Ijtimoiy falsafa”ning predmeti nima?
A. Jamiyat, uning kelib chiqishi va rivojlanishini yaxlit tarzda o’rganish.
B. Jamiyatning dinga, odob-axloq va ma’naviy madaniyatga munosabati.
V. Tabiat va jamiyatning o’zaro ta’sirlashuvi,
G. Jamiyatning davlatga munosabati.
17. Borliqning falsafiy mazmuni nimada?
A. Borliq jamiyatdagi barcha voqea, hodisa – holatlar majmuidir.
B. Borliq tabiatdagi barcha narsalar va jarayonlardir.
V. Borliq - materiya tushunchasining sinonimidir.
G. Borliq – obyektiv va subyektiv (ma’naviy) realliklar birligidir.
18. “Sokinlik» ni siz qanday tushunasiz?
A. Harakatning o’ziga xos holati, muayyan tarzda namoyon bo’lish shakli.
B. Jismlarning mutloq o’zgarishsizligi.
V. Narsalarning doimiy barqarorlik holatining saqlanishi.
G. Narsalarning harakatsiz turishi.
19. “Harakat” nima?
A. Jismning ilgarilama o’zgarishi.
B. Jismlarning fazodagi mexanik o’rin almashishi.
V. Materiyadagi fizik jarayonlar.
G. Borliqdagi har qanday o’zgarish, aloqalar.
20.“In’ikos” nima?
A. Inson ruhiyatining alohida qobiliyati.
B. Organik tabiatning barcha ko’rinishlariga xos xususiyat.
V. Materiyaning eng umumiy xossasi: aks ettirish.
G. Tabiatdagi narsa, voqealarning ta’sirlanish xossasi.
21 Ongning tabiati nimada ifodalanadi?
A. Ijtimoiy-tarixiy hodisa ekanligida.
B. Uning moddiy dunyo bilan aloqasida.
V. Ijodiy faol xarakterida.
G. Axborotlarning qayta ishlay olish imkoniyatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |