18. Amaliyot turlari sirasida qaysi biri belgilovchi sanaladi?
A) Texnik faoliyat.
B) Ijtimoiy faoliyat.
V) Madaniy-maishiy faoliyat.
G) Moddiy ishlab chiqarish faoliyati.
19. Ijtimoiy ongning shakllari-
A) Mifologik va diniy.
B) Individual, ijtimoiy, psixologik va mafkuraviy.
V) Siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, ekologik.
G) Ilmiy va noilmiy.
20. Jamiyat iqtisodiy hayotiga bevosita va eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy ong shaklini aniqlang.
A) Axloqiy ong.
B) Huquqiy ong
V) Diniy ong.
G) Siyosiy ong
21. “Inson”ning mohiyati nimada?
A) Inson - ijtimoiy mavjudot.
B) Inson – bioijtimoiy vujud.
V) Inson- barcha buyumlar mezoni (o’lchovi).
G) Inson – aqlli biologik organizm.
22. “SHaxs”ni siz qanday tushunasiz?
A) Davr ruhini o’z “men”ligida gavdalantira olgan faol inson.
B) Bioijtimoiy mavjudot.
V) Kishi, inson, individ tushunchalarining sinonimi.
G) Har qanday odam, inson.
23. “Erkinlik”ning falsafiy ma’nosini toping.
A) Erkinlik - har kim xohlagan istagini bajarish.
B) Erkinlik-allox irodasini amalga oshirish va ungagina bo’ysunish.
V) Erkinlik - anglashilgan zarurat.
G) Erkinlik - jismonan ozod bo’lishlik.
24. “Xalq” nima?
A) Xalq-muayyan bir shaklga ega bo’lmagan to’da, avom.
B) Aholi tushunchasining sinonimi.
V) Xalq-kishilarning etnik birligi.
G) Moddiy va ma’naviy boyliklar ijodkori, ijtimoiy jarayonlarning sohibi, tarixni yaratuvchi omma.
Do'stlaringiz bilan baham: |