Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi
Download 1.49 Mb.
|
Falsafadan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-mavzu: Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar
- Tayanch so’z va iboralar
13.6- ilоvа 13.7-ilоvа 13.8-ilova 13.9-ilova 13.10-ilova 14-mavzu: Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o'rni Vaqt-2soat Reja: 1. Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. 2. Milliy ma'naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar. 3. O'zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma'naviy-axloqiy kamolotida oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o'rni. Tayanch so’z va iboralar Nikoh, shariy nikoh, oila, oilaviy qadriyatlar, ijtimoiy-ma’naviy muhit, o’zbekona axloqiy mentalitet, ota-ona burchi, farzandlik burchi, ajralish, yoshlar tarbiyasi, axloqiy komillik. Аdаbiyotlаr O’zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitutsiyasi. T.:O’zb., 2016 y. O’zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirsh bo’yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to’g’risidа. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Fаrmоni, 2017 yil 7-fеvrаl – “Хаlq so’zi” gaz-si , 2017 yil 8-fеvrаl Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2018 yil 5-iyun. – “Xalq so’zi” gaz-si , 2018 yil 6-iyun Mirziyoеv SH.M. Erkin vа fаrоvоn, dеmоkrаtik O’zbеkistоn dаvlаtini birgаlikdа bаrpо etаmiz. T.: O’zbеkistоn, 2016. -53 b. Mirziyoеv SH.M. Buyuk kеlаjаgimizni mаrd vа оlijаnоb хаlqimiz bilаn qurаmiz. T.: O’zbеkistоn, 2017 -484 b. Kаrimоv I.А. YUksаk ma’nаviyat – еngilmаs kuch. 2-nаshr –T.: Ma’nаviyat, 2016, -176 b. Аbdullа SHеr. Ахlоkshunоslik. Dаrslik. –T.: O’FMJ, 2010. “Falsafa” fanidan o’quv-uslubiy majmua. UDU, Urganch, 2018. Hаmidоv Z., Hаmidоvа R. Оilа ma’nаviyati. –Mustаqillik: fаn vа ta’lim tаrаqqiyoti. Ilmiy to’plаm. Аndijоn-2011 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2018 йил 28 декабрдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. “ Халқ сўзи” газетаси, 2018 йил 29 декабрь. Oila fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi hisoblanadi. Zero har bir jamiyat a’zosi, bo’lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Оilа ma’nаviy-ахlоqiy tаrbiyasi insоn kаmоli, dаvlаt ma’nаviy yuksаlishining pоydеvоri, kuch-qudrаti mаnbаidir. Oila uch jihatni: o’zining bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni ; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g’amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga qamraydi. Nikoh- oilaning shakllanishida eng muhim va dastlabki qadam. Nikoh er-xotinlikni qonun va shariat yo’li bilan rasmiylashtirilishidir. Nikoh oilaning shakllanishida eng muhim va dastlabki qadamdir. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari – nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari. Bizda yigitlar uchun – 18, qizlar uchun – 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu – masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi – axloqiy tomoni ham borki, u muhabbat bilan bog’liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq sevgi – muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavarotdan bir–birini yoqtirish hollari bo’lishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik o’zgarmas shart hisoblanadi. Ba’zan, qadimda SHarq xalqlarida, shu jumladan, o’zbeklarda qizning yoki yigitning roziligisiz to’y qilib yubora berishgan, ota–onalar kelishishsa – bas, degan fikrlarni uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday gaplar sho’rolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hol kam bo’lgan, uni musulmonchilik inkor etadi. Demak, farzandning roziligini olish bizga Payg’ambarimizdan qolgan sunnat. Nikohning tarihi juda qadimga borib taqaladi. Matriarxat va patriarxat nikohlar… Agamiya, poligamiya va monogamiya nikohlari… Endogamik va egzogamik nikohlar… Bir jinsli nikоhlаr еvrоpаchа ахlоq inqirоzining eng yorqin ko’rinishidir. Hozirgi kunda ham ko’pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir–birini ma’qul ko’rsagina fotiha qilinib, to’y taraddudi ko’riladi. Juda ko’p hollarda bunday yoshlar o’rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O’tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o’rtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa bo’ladi. Ochig’ini aytish kerakki, muhabbatning ham o’z darajasi bor: Layli bilan Majnunning muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik–sururiy sevgi real hayotda kamdan–kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat ma’lum ma’noda salobatli, ko’proq yashirin tarzda namoyon bo’ladi. Oilaning asosi bo’lmish nikoh – ezgu maqsadga yo’naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan ko’rinishi. Biroq sevgi–muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo’ladi. SHu jihatni nazarda tutadigan bo’lsak, nikohni, ma’lum ma’noda, an’analar, urf–odatlar va e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir. SHu bois nikohga kirayotgan har bir kimsa bundan buyon o’z erkining boshqa bir erk bilan kelishib yashashini, ixtiyoriy tarzda cheklanib, nisbiylashgan holda mavjud bo’lishini anglab yetmog’i lozim. Bundan tashqari nikoh o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo’ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi o’rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi. Keyingi paytlarda nikoh bilan muhabbatning o’zaro chiqishmasligi haqida G’arb mutafakkirlari tez–tez yozadigan bo’lib qolganlar. CHunonchi, Erix Fromm, industrial jamiyatda muhabbat kamdan–kam uchraydigan hodisa ekanini, nikohning asosida boshqa – moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy sabablar yotishini ta’kidlaydi. Eng muhimi shuki, nikohdagi huquqiy holatning asosida muhabbat yotmog’i lozim, o’shanda bunday hollar ro’y bermasligi shubhasiz. Ayni paytda dunyodagi hamma narsa–hodisalar kabi muhabbat ham parvarishga muhtoj ekanini unutmaslik kerak. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling