Zahiriddin Muhammad Boburning o’g’li Humoyun mirzoga o’zini tasadduq qilgani haqida kichik sahna ko’rinishi Arabboy


Download 35.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi35.5 Kb.
#212603
Bog'liq
KO'HINUR


KO’HINUR

(Zahiriddin Muhammad Boburning o’g’li Humoyun mirzoga

o’zini tasadduq qilgani haqida kichik sahna ko’rinishi)

Arabboy: Shoh Bobur Mirzo o’z saroyida a’yonlari yonida o’tiribdi. Shu payt u vaziriga yuzlanadi.
Bobur: Vaziri A’zam
Vazir: Labbay Mirzo hazratlari.
Bobur: Tog’li chekka hududlarimizdagi askarlarimiz nimalar bilan mashg’ullar?
Vazir: Qilichbozlik va boshqa jang mashqlarini bajarayaptilar va men ularni o’z nazoratimga olganman.
Bobur: Ofarin. Mening o’zim ham ertaga ularni tekshirgani boraman.
Vazir: Mirzo hazratlari huzuringizga Saroy tabibi tashrif buyurgan edi.
Bobur: Humoyun Mirzoning salomatligi xususidami?
Vazir: Albatta ushbu masalada.
Bobur: Marhamat kirsin.
Tabib-1_Farruhbek: Assalomu alaykum mirzo hazratlari
Bobur: Va alaykum assalom. Ho’sh tabib hazratlari, o’g’lim Humoyunning salomatligi qanday?

Tabib-1_Farruhbek: Mirzo Hazratlari meni afu etgaysiz, men o’g’lingizning dardiga shifo tapa olmadim.


Bobur: Vaziri A’zam! Nahotki bu kasalning yechimi bo’lmasa?
Vazir: Mirzo hazratlari, bosh tabibning aytishicha, ularning bir ustozlari juda ham kuchli tabib ekanlar.
Bobur: Toping o’sha tabibni!!!
Tabib-1_Farruhbek: Mirzo hazratlari tabib ustozim shu yerda, Humoyun mirzoning oldilarida.
Bobur: Bo’lmasa Humoyun mirzoning xonasiga chiqamiz.
Tabib-1_Avazxon: Assalomu alaykum mirzo hazratlari.
Bobur: Va alaykum assalom. Ho’sh tabib hazratlari qani o’g’limning salomatligi haqida gapiringchi.
Tabib-1_Avazxon: Fikri ojizimcha, o’g’lingizga qimmatbaho bir narsani tasadduq qilishingiz, ya’ni fido qilishingiz kerak.
Bobur: Vaziri A’zam u nima bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz?
Vazir: Ustoz tabib meni o’ylashimcha Hazinamnizdagi butun olamning ikki kunlik harajatiga teng bo’lgan qimmatbaho Boburiylar olmosi, ya’ni Ko’hinur olmosi haqida gapirayaptilar.
Bobur: Humoyun mirzoga oriyati ramzi uchun Hind rojasining xotini hadya qilgan Ko’hinurnimi?

Vazir: Menimcha shunday.


Tabib-1_Avazxon:: O’g’lingizning atrofida ushbu Ko’hinurni uch marta aylantirsangiz, bu olmos uning dardini olishi mumkin.
Bobur: O’g’lim uchun bir emas, ming ko’hinur fido bo’lsin. Ammo jonsiz narsadan uning uchun men o’zimni fido qilaman.
Arabboy: Zahiriddin Muhammad Boburning o’g’li Humoyun mirzoning atrofida uch marta aylanib shunday deydi.
Bobur: Ey yaratgan egam! Humoyunning bu dardini menga ber. Farzandimga shifo ber.
Arabboy: Oradan bir kun o’tar-o’tmas Humoyun kasallikdan butkul halos bo’ldi. Ammo Boburning o’zi kasal bo’lib qoladi.
Humoyun: Assalomu alaykum otajon.
Bobur: Va alaykum assalom o’g’lim.
Humoyun: Otajon meni kasalimni Ko’hinurga emas, o’zingizga olibsiz. Shu rostmi?
Bobur: O’g’lim, Ko’hinur olmosi hozir ham keyin ham dunyodagi eng qimmatbaho olmoslardan biri bo’lib qoladi. Ammo ota uchun dunyoda farzandidan azizroq narsa yo’qdir. Sening salomatliging mening boyligimdir.
Humoyun: Rahmat otajon.
Shahnoza: Zahiriddin Muhammad Boburning bunday jasorati bugun ham butun dunyoni lol qoldirib keladi. Afsonaviy, qimmatligi butun dunyoning ikki yarim kunlik harajatiga KO’HINUR olmosi uzoq vaqlar ya’ni 335 yil “Boburiylar” olmosi bo’lib qoldi.
Arabboy: Keyinchalik Buyuk Britaniya Hindistonni bosib olganidan keyin Britan Lordlaridan biri Ko’hinur olmosini qirolicha VIKTORIYAGA hadya qildi.
Shahnoza: Hozir Boburiylar olmosi Angliya qirolichalari tojining tepasini bezab turadi.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling