Zahiriddin muhammadbobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 121.17 Kb.
bet10/16
Sana24.12.2022
Hajmi121.17 Kb.
#1055442
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Замонавий Web технологиялар CSS

Ichki chekinishlar


padding-left, padding-right, padding-top va padding-bottom atributlari yordamida Web-sahifa elementi bilan uning chegarasi (ramka chizig'i) gacha bo'lgan masofa belgilanadi. Masalan, jadval katagidagi matn bilan uning ramka chizig'i orasidagi masofa.
Ramka chizig'i none yoki 0 deb belgilanganda, chiziq ko'rinmasada, chegara saqlanib qoladi. Absolyut va nisbiy birliklar ishlatilishi mumkin.
▶ padding-left - chap tomondan chekinish.
td { padding-left: 5px; }
▶ padding-right - o'ng tomondan chekinish.
td { padding-right: 10px; }
▶ padding-top - yuqori chegaradan chekinish.
td { padding-top: 10mm; }
▶ padding-bottom - quyi chegaradan chekinish.
td { padding-bottom: 20px; }
▶ padding atiributi yordamida barcha tomonlar bo'yicha chekinishlarni quyidagi tartib bo'yicha bir martada ko'rsatish mumkin:
padding:
Masalan:
td { padding: 10px 5px 10px 20px; }
margin dagi kabi qisqartirilgan holda ishlatish mumkin.
td { padding: 5px; }
Bunda 5px barcha tomonlarga nibatan qo'llaniladi.

Mavzu:Ramkalar


Sizga ma`lumki Web-sahifaning har bir elementi Brauzer oynasida ma`lum bir to'rt burchakli sohani egallaydi. Bu sohaning kontenti ramka chizig'i bilan chegaralanishi mumkin. Ya`ni nafaqat jadvallar, balki Web-sahifaning xohlagan elementi ramka chizig'iga ega bo'lishi mumkin.
Ramkalarga stil belgilashda chiziqlarning turi, qalinligi (eni) va rangi e`tiborga olinadi. Ramkaning to'rtala tomonidan har biriga alohida stil belgilash imkoniyati mavjud. Faqat bir tomonga chegara belgilash orqali ostki chiziq, ustki chiziq yoki elementlarni bir-biridan ajratib ko'rsatishda yon chiziqlar hosil qilish mumkin.

Ramka chizig'i stillari


Quyidagi atributlar yordamida ramka chizig'i turini belgilash mumkin.
border-left-style (chap tomon chizig'i),
border-right-style (o'ng tomon chizig'i),
border-top-style (yuqori chegara chizig'i),
border-bottom-style (quyi chegara chizig'i).
Quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin:
▷ none - chiziq ko'rsatilmaydi;
p { border-bottom-style: solid; }
▷ solid - uzluksiz chiziq;
p { border-bottom-style: dotted; }
▷ dotted - nuqtali punktir chiziq;
p { border-bottom-style: dashed; }
▷ dashed - shtrixli punktir chiziq;
p { border-left-style: double; border-bottom-style: double;}
▷ double - ikki qatorli uzluksiz chiziq;
p { border-bottom-style: groove; }
▷ groove - chuqurlashgan relefli chiziq;
p { border-bottom-style: ridge; border-right-style: ridge;}
ridge - qavariq relefli chiziq;
p { border-style: inset; } /* To'rtala tomon uchun bir xil stil ishlatiladi */
▷ inset - chuqurlashgan blok hosil qiluvchi chiziq;
p { border-style: outset; }
▷ outset - qavariq blok hosil qiluvchi chiziq;
border-style atributi yordamida to'rtala tomon stillarini bir martada ko'rsatish mumkin.
border-style:
Agar to'rtala tomon stillari bir xil bo'lsa, faqat bitta qiymat bilan ko'rsatish mumkin.

Download 121.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling