Zahiriddin muhammadbobur nomidagi andijon davlat universiteti
Mavzu:Shriftni formatlash
Download 121,17 Kb.
|
Замонавий Web технологиялар CSS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Shriftni formatlash
Mavzu:Shriftni formatlashStillar kasakad jadvali (CSS) shriftning nomi, rangi va razmerini, hamda uning "semizligi" va stilini (kursiv) belgilash imkoniyatini beradi. ▶ font-family atributi yordamida shrift nomi belgilanadi. p { font-family: Arial; } Ba`zi hollarda belgilangan shrift foydalanuvchi kompyuterida o'rnatilmagan bo'lishi mumkin. Shuning uchun alternativ shrift nomi va shrift oilasi ko'rsatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunda Brauzer birinchi ko'rsatilgan shrift sistemada o'rnatilmagan bo'lsa, ikkinchisini, mabodo u ham topilmasa shu oilaga mansub bo'lgan mavjud shriftni qo'llaydi. p { font-family: Verdana, Tahoma, sans-serif; } Shriftlar oilasining ko'proq ishlatiladigani serif, sans-serif, monospace bo'lib, bundan tashqari cursive va fantasy shriftlari ham mavjud. ▶ font-style atributi normal yoki italic mohiyatini qabul qiladi. Jimlikdagi holati normal bo'lib, italic mohiyatida shriftni kursivlashtiradi. p { font-family: Arial; font-style: italic; } ▶ font-size atributi shrift razmerini belgilaydi. Razmerlar px, pt, em, ex yoki protsentlarda berilishi mumkin. .class1 { font-size: 16px; font-family: Arial; } ▶ color shrift rangini belgilaydi. CSS da: .class1 {font-size:16px; font-family:Arial; color:brown; font-style:italic;} .class2 { font-size: 12pt; font-family: Verdana; color: #ff00ff; } .class3 {font-size:120%; font-family:"Times New Roman"; font-weight:bold; color:rgb(100,180,180);} HTML da: class="class1">class1 stili qo'llanilgan abzatsdagi matn class="class2">class2 stili qo'llanilgan abzatsdagi matn class="class3">class3 stili qo'llanilgan abzatsdagi matn Natija: class1 stili qo'llanilgan abzatsdagi matn class2 stili qo'llanilgan abzatsdagi matn class3 stili qo'llanilgan abzatsdagi matn ▶ font-weight atributi bilan shriftning semizligi belgilanadi. 100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900 hamda normal (400)va bold (700) mohiyatlarini qabul qiladi. Bu yerda 100- eng ozg'in va 900- eng semiz shrift. Hozircha Brauzerlar bu imkoniyatlarni to'liq qo'llamaydi, asosan normal (400)va bold (700) qo'llaniladi. Boshqa mohiyatlar ko'rsatilganda yaqinrog'i ishlatiladi. p { font-family: Arial; font-style: italic; font-weight: bold; } .css fayldagi stillar matnini formatlash ixtiyoriydir, masalan yuqoridagi misolni quyidagicha ham yozish mumkin: p { font-family: Arial; font-style: italic; font-weight: bold; } HTML-hujjatni va unga biriktirilgan .css stillar faylini Notepad++ da ochib, tajriba sifatida har xil o'zgarishlar kiritib, uni xotirada saqlab, shu vaqtni o'zida ushbu HTML-hujjatni Brauzerda ham ochib, Brauzer oynasini yangilab (F5), kiritilgan o'zgarishlarning vizual natijasini kuzatib borish, stillar ta`sirini yanada aniqroq tushunishga yordam beradi. Download 121,17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling