Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


  Yoshga oid gimnastika mashg’ulotlarini o’tkazish


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/41
Sana10.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1696921
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
Gimnastika va uni o\'qitish metodikasi

6.2. 
Yoshga oid gimnastika mashg’ulotlarini o’tkazish. 
Yosh xususiyatlari 
Uzoq umr ko’rish uchun bir qator omillar: xalqning 
lurmush sharoitining to’xtovsiz o’sib borishi, tibbiy xizmatning 
yaxshilanishi 
va 
shuningdek, 
sog’lomlashtirish-gigiyenik 
masalalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya va sport, ayniqsa, 
gimnastika vositalaridan foydalanish muhim hisoblanadi. 
Gimnastikaning qo’llanilish samaradorligi va maqsadga 
muvo- fiqligi uning usuliy xususiyatlaridan kelib chiqadi, 
Organizmga har tomonlama, tanlab ta’sir ko’rsatadigan 
mashqlarning turli-tumanligi, shug’ullanuvchilarning yoshi va 
tayyorgarligidan qat’i nazar, mashqlarni tanlash va yuldamani 
aniqroq boshqarish imkonini beradi. 
Gimnastika mashg’ulotlarining mazmuni va usulini 
tanlash uchun, shug’ullanuvchilarning yosh xususiyatlarini 
yaxshi bilish zamr. Organizmning barcha organ va tizimlari 
keksayadi 
va 
ijtimoiy 
muhit, 
moddiy-maishiy, 
shaxsiy 
xususiyatlarga hamda boshqa omillarga bog’liqdir. Organizmning 
keksayishi tabiiy jarayondir, u odam asabining, fiziologik 
funksiyalarining qayta tiklanishi va shuningdek, odam organizmi 
morfologiyasi va asab harakatlantimvchi markaz- larining 
o’zgarishi bilan bog’liqdir. 


93 
Harakat 
funksiyalarining 
psixologik 
funksiyalarga 
nisbatan ko’proq zaiflanishi tibbiy izlanishlarda isbotlangan. 
Biroq, uzoq vaqt ruhiy jarohat bilan bog’liq boigan aqliy 
jarayonlar o’rta, ayniqsa, keksa hamda katta yoshda yurak-qon 
tomiri tizimlari (gipertoniya, infarkt-miokard, ateroskleroz va 
boshq.) kasalliklariga olib keluvchi asosiy sabablardan bin 
bo’lishi mumkin. 
Fiziologik va patologik keksalik bir-biridan farq qiladi. 
Fiziologik keksalikda organizmning funksiyalari asta-sekin 
(toiqinsimon) pasayib boradi, ammo ularning sifati ko’p 
o’zgarmaydi. Patologik keksalik - turli kasallildarga ko’ra 
to’qimalarning shakli, tuzilishigina o’zgarmasdan, balki 
kimyoviy tuzilishi ham o’zgaradi. Modda almashinuvining 
buzilishi natijasida to’qimalar yerniriladi, bu esa bir butun 
organizmning tashqi muhitga boigan qarshilik koisatish 
faoliyatining pasayishiga olib keladi. Oliy asab tarmoqlarining 
faoliyati 
ham 
o’zgaradi. 
Bosh 
miya 
qobiglning 
qo’zg’aluvchanligi pasayadi, asab tizimida sodir bo’ladigan 
jarayonlarning hara- katchanligi va kuchi kamayadi, shartli 
reflekslarning hosil bo’lishi va mustahkamlanishi yomonlashadi. 
60-70 yoshda yurakning hajmi kattalashadi. Qon tomiri 
devorlarining o’zgarishi natijasida qon oqish tezligi sekinlashadi, 
bu 
esa, 
o’z 
navbatida, 
to’qimalarning 
oziqlanishini 
yomonlashtiradi (E.M. Gelshteynning fikricha, 50-60 yoshdagi 
70-80 foiz kishilarda va 80 yoshga borib esa hammada 
ateroskleroz paydo bo’ladi). 
Shu bilan birga, doimiy jismoniy mashq va sport 
(yugurish) bilan shug’ullanuvchi katta yoshdagi kishilarda esa 
ateroskleroz jarayonlari sekinlashadi. 
Yosh ulg’ayishi bilan mushaklarning egiluvchanligi 
susayadi, hajmi kamayadi, 60-70 yoshda mushaklarning og’irligi 
tana og’irligining 20-25 foizini tashkil qiladi. Mushak 


94 
to’qimasining tarkibi o’zgarishi sababli uning qisqarish qobiliyati 
yomonlashadi, 
kuch, 
tezlik, 
chidamlilik, 
chaqqonlik 
va 
egiluvchanlik jismoniy sifatlari ning ko’rsatkichlari pasayadi. 
Distrofiya xarakteridagi hodisalar sababli tayanch-harakat 
apparatining mobilligi o’zgaradi, mushaklarning egiluvchanligi
bo’g’inlarning harakatchanligi kamayadi, suyaklarning mo’rtligi 
oshadi. Bu qomatning bukchayishiga olib keladi, bu esa, o’z 
navbatida, nafas olish, qon aylanish organlarining faoliyatiga 
salbiy ta’sir qiladi. Nafas olish mushaklarining kichrayishi va 
zaiflanishi sababli o’pkaning tiriklik sig’imi kamayadi. Natijada
katta yoshdagi kishilarda nafas olish ancha tezlashadi, chuqur 
bo’lmaydi, aritmik boMadi. Gimnastika mashg’ulotlarini tashkil 
qilishda va o’tishda ushbu o’zgarishlarni hisobga olish lozim. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling