Zal bayramona bezatilgan, sahnada sham yorug’ida Alisher Navoiy g’azal yozmoqda
Download 22.8 Kb.
|
ALISHER NAVOIY SENARIY (2)
Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi Zal bayramona bezatilgan, sahnada sham yorug’ida Alisher Navoiy g’azal yozmoqda. “Cho’l iroq” musiqa sadosi ostida bolalar zalga kirib kelishadi. Boshlovch: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, qadrli tarbiyachilar va bolajonlar. Mana bugun biz bobokolonimiz buyuk siymo, xazrati, davlat arbobi g’azal so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 570 yilligini nishonlash uchun yig’ildik. Buyuk dahoga ehtirom ila 1 katta guruh bolalari Navoiyhonlik kechasiga taklif etadilar. Marhamat. М. Sevinch: Ko’p jahongir ko’rdi, bu dunyo xammasiga guvoh er osti Lekin do’stlik she’r axli aro, jahongir kam bo’lar rosti Besh asrki nazmiy saroyni, titratadi zanjiband she’r, Temur tig’I tegmagan joyni, qalam bilan odi Alisher Dunyo bo’ldi, chamanim manim, O’zbekiston Vatanim manim Nigina: Hirot tuprog’da voyaga etgan Qush tili yollarim munavvar yotgan Yillar tuzog’idansog’ omon o’tgan Navoiy bobomlar buyuk odamlar. Ismoil: Eng ulug’ bobomiz xazrati Navoiy Savodlarin o’rganmoq, burch bizga oily Ustoz bizga qoldirgan, ko’plab she’ru g’azal Ustoz g’azallari misoli asal Diyor : G’azal mulki sultoni Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralida Xirot shahrida tavallud topgan. A. Navoiy bolalikdan juda ziyrak, aqlli, odobli bola bo’lib o’sib ulgaydi. A. Navoiy hayoti davomida juda ko’p she’r, g’azal, ruboiylar, hikmatli so’zlar yozdi. Musiqa yangraydi sahna pardasi ochiladi. A. Navoiy: Emas oson bu maydon ichra kirmoq, Nizomiy panjasiga, panja urmoq men Turkiyda yahshi niyat bilan, “Hamsa” yozishni boshladim. Bu yozgan asarlarim avlodlarim qo’liga etkazishni, ularni yahshilikka chorlab she’riyatni sevishga, ezgulikka undashga turtki bo’lur. Bolalar: Assalomu alaykum Ustoz A. Navoiy: Voalaykum assalom bolajonlar, kelinglar bo’talarim hush ko’rdik. Fazliddin: Bobojon biz 552 – bolalar bog’chasidan keldik A. Navoiy: Barakallo, hush kelibsizlar. YU. Aziz: Ustoz, siz she’riyat mulkida sulton bo’lib, olam jahonoga o’zbek shon – shuhratini yoyganingiz, bitmas –tuganmas asarlar bilan avlodlar qalbidan joy olganingiz hammamizga ma’lim. Bolalar: Mushoiramizga siz bosh bo’ling.Ustoz. A. Navoiy: Boshni fido ayla ato qoshig’a Jismni qil sadqa ano boshig’a Ikki jahonga tilarsan fazo Hosil et ushbu ikkisidin rizo Bolalar: Таsanno YU. Sevinch: Ustoz siz yozib qoldirgan hikmatlarni xalq nihoyatda e’zozlaydi. Ustoz siz bu erga o’tiring marhamat. A. Navoiy: Xalq yo’lingda kim sanga bir harf o’rgatmish ranj ila Aylamak oson emas xaqqingni ado ming ganch ila Islom : Turk nazmida chu men tortib alam Ayladim ul mamlakatni yakqalam Sabina: Nazmu nasrim kotibi tasanno taxmin shu nos Yozsa yuz ming bayt etar erdi qiyos Diyor : Ranj ko’rmay kishi, toparmu farog’ Ko’ngli o’rtamayin yonarmu chiroq N. Shaxzoda: Bilmaganni so’rab o’rgangan olim Oralanib so’ramagan o’ziga zolim Asror: Yahshilikni bilmasang borib Yahshilarga qo’shil Aziza: Oltin, kumushning eskisi bo’lmas Ota-onaning bahosi bo’lmas Intilganga tole yor. K. Davron: Befoyda so’zni ko’p aytma Foydasini eshitmasdan qaytma Fazliddin: Aytar so’zni ayt, Aytmas so’zdan qayt. S. Davron: Sabr qilsang g’o’radan holvo bitur. Samandar: Olamdan g’amsiz o’tay desang Ilmu hunar o’rgan. Ismoil: Odam borki, odamlarning naqshidur Odam borki, hayvon undan yahshidur. А. Aziz: O’qib o’rganilgan har bitta hunar Hunarmandga bir kun foyda keltirar. М. Abdulaziz: Jahl chiqsa aql ketadi, jahl dushman aql do’st. Risolat: Odam ersang demagil odamiy On kim xaq xalq g’amidin g’ami Sabina: Xayo insonning chiroyi unga baxt keltiradigan fazilatlarning eng birinchisidir. Xayo insonlarga faqat yahshilik keltiradi. Xayo ulug’ fazilat. YU. Aziz: Jahonning shodligi yig’ilsa bu kun Do’st diydoridan bo’lolmas ustun Ashula:: «Tinchlik bo’lsin» Sabina: Mushoiramiz davom etadi. Bobomiz bizga o’lmas g’azallar meros qoldirganlar. Orazing yop qoch ko’zimdan, sochilur har lahza yosh Bo’yla kim paydo erur, yulduz nihon bo’lmas quyosh. Abdulaziz: G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish El anga shafiq mehribon bo’lmas emish Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emush Ismoil: Har kimki vafo qilsa vafo topg’usidir Har kimki jafo qilsa jafo topg’usidir Yahshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz Har kimki yomon bo’lsa jazo topg’usidir. Tohir: Kecha kelgumdur debon, ul sarvigulru kelmadi Ko’zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi Lahza-lahza chekdimu chekdim yo’lida intizor Keldi jon og’zimgayu ul sarvi gulro kelmadi. Sahna: Mir A. Navoiy va sulton Xusayn Qizlar raqsi “Xay – Xay” Diyor: A. Navoiy o’z asarlarida odamlarni yahshilikka, halol mehnat qilishga, vatanni sevishga chaqiradi. A. Navoiyning turkiy tilda birinch 5 ta shox asari “Xamsa” ni yaratganlar. YU. Aziz: «Xayrat ul-abror» So’z gulhaniga erur ancha sharaf kim bo’la olmas anga gavhar sadaf. To’rt sadaf gavharining durji ul etti falak ahtarining burji ul. Nigina: «Farhod va Shirin» Bu durlar kim ko’zimni andin ochdi, mening ilmim ila olamga sochding Tamannosan hazing ko’nglimdan olma, sochilgan birla tufroq ichiga solma. Sabina: «Layli va Majnun» Yuz shukurki bu fasonai dard, har lafzida yuz nishonaiy dard Jon pardalaridan andek aroq, jondin berib ul sevurni sevir ushshoq. YU. Sevinch: «Saba’ iy Sayyor» Nasmu nasr ichra bu nisbat bil Ikkisin bu ikkiga nisbat qil Nasr aro elga xud makolat bor Lek nazmu ichra o’zga holat bor Аziza: «Saddiy Iskandariy» Mug’anniy kelu chert turkona soz Maqomi navo yo’qsa turkiy xijoz Navoiyning ashoridin necha bayt Mening xasbi xolim topib turkiy ayt. Ashula: «Aziz ustozlar» Azizbek: Jondin eni ko’p sevarman ey umri aziz Sondin seni ko’p sevarman ey umri aziz Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas Ondin seni ko’p sevarman ey umri aziz YU. Sevinch: O’zbekning o’z kuchi humolari bor Humo qanotida duolari bor Muqaddas tuprog’im ko’zga surtgay u O’z yo’li, o’z so’zi turolari bor. Sahna: «A. Navoiyga qizlar hazili» Davron: Bayram ertaligimiz davom etadi. A. Navoiy bobomiz o’zbek shon – shuhratini dunyoga yoyganlar. O’zbek tilim so’zga boy sizga ayon xoynaxoy Bu tilda so’zlaganlar bulbullar qilar xanda Men shu tilda so’zlayman Va shu tilda kuylayman. Shahzoda: Bilmay qanday ayol bo’lgan Alisherning onasi Balki uning aqli lol qolgan zamonasi, Balki uning ko’zlarida bo’lgan og’ir bir hayol Balki g’amdur bir zamondur balki sho’hchandur bir ayol O’gil bolalar raqsi: «Choyhona» Xadicha: Buyuk siymolarim doim qalbimizdadur Kim erursan sen o’zin, gar o’zliging bilmasang Asli zoting kim, eling kim o’z tilingni bilmasang Qay kuni kelding jahonga ota-onang kim erur Mir Alisher, shox Mashrab, Bedilingni bilmasang А.Azizbek: Navoiyning g’azali Bu tilda ko’p mazali Tilin sotganlarni Gunohga botganlarni Bo’lding deya havoi Kechirmagay Navoiy Ismoil: Tarix sahifasida Temurning nomi Unga tole bitmish taqdir qalami Kimningdir menda ham bordur alami Jahonni titratgan sohibqironim O’zbekistonim М. Sevinch: El qalbida buyuk insonlar qoldi Metinday mustahkam iymonlar qoldi Toshlar cho’kib ketdi ummonlar qoldi O’ldirganlar o’ldi, Cho’lponlar qoldi Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmonim O’zbekistonim A. Navoiy: Barakallo ofarin nuridiydalarim, meni juda shod qildingiz men sizlardan to abad minnatdormen va rozimen. Boshlovchi: Yurtim senga she’r bitdim bu kun Qiyosingni topmadim also Shu bilan Navoiyhonlik kechamiz o’z nihoyasiga yetdi, e’tiborlaringiz uchun rahmat Download 22.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling