Zaminimizda tug‘ilib, kamol topgan mutafakkirlarning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi necha asrlarki e’tirof etilib, chuqur tadqiq etilmoqda. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek, bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi “Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ushbu yodgorlik majmui Prezidentimizning alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi tufayli yangidan bunyod etildi. Yurtimizning turli hududlaridan kelgan usta va hunarmandlarning mehnati samarasida salobatli maqbara, ulkan masjid, muzey, ma’muriy xonalar va milliy uslubdagi ayvonlardan iborat majmua nihoyatda qisqa muddat – sakkiz oy mobaynida qurib bitkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |