Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat
Download 419.1 Kb. Pdf ko'rish
|
2 курс малакавий амалиёт дастури танишув (2)
2 3 KIRISH Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o‘rni beqiyos. Tanishuv amaliyotining maqsadi 5230600 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun iqtisod majmuining ma’lum tarmoqlari bilan tanishtirish, umumta’lim va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iborat. O‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, bevosita malaka talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, sohada mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim 230 000 - iqtisod ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Dasturda tanishuv amaliyotining umumiy qoidalari, maqsadlari va vazifalari, institutdan va amaliyot joyidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari va majburiyatlari, amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi bayon etilgan. Download 419.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling