Замонавий дастурлаш технологиялари. Объектга йуналтирилган дастурлаш тиллари. Borland C++ Builder 6 интеграллашган соҳаси


Kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti


Download 13.46 Kb.
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi13.46 Kb.
#1452425
1   2   3   4
Bog'liq
5 маъруза Tеlеkommunikasiya tarmog‘i, aloqa tizimlarini turlari (1)

Kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti
Elektromagnit toʻlqin shakllari – elektr toki, radiotoʻlqinlar yoki yorugʻlik, maʻlumot yoki kodni tasvirlash uchun ishlatiladi va biror fizik muhit, masalan, sim, kabel yoki atmosfera orqali bu maʻlumot uzatiladi.
Uzatilayotgan maʻlumot tovush, ovoz, matn, videotasvir yoki bularning kombinatsiyasi (multimediya)dan iborat boʻlishi mumkin.
Maʻlumot ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi mumkin: analogli va raqamli. Analogli signallar uzluksiz, raqamli esa diskret shaklda uzatiladi.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Analogli signallar (uzluksiz toʻlqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan vositalari: telefon, radio va televideniyelar analogli signallar bilan ishlashga moʻljallangan edi. Analog signal tashuvchi toʻlqin deb ataluvchi uzluksiz elektrik signallardan tashkil topgan toʻlqindan iborat. Analogli tashuvchi toʻlqinlarning ikki asosiy koʻrsatkichi chastota va amplituda dan iborat:
Chastota – toʻlqin tebranishlarining vaqt birligida (sekund) necha marta toʻliq takrorlanishini bildiruvchi son.
Amplituda – berilgan vaqt oraligʻidagi toʻlqinning maksimal balandligi. Ovoz (signal) ning baland-pastligi amplitudaga bogʻliq boʻladi.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Raqamli (diskret) signallar. Raqamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi (bor-yoʻq) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi maʻlumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik impulsning borligi – 1, yoʻqligi – 0 bilan belgilanadi. Bunaqa ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning oʻrtalaridayoq Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi.
Unda maʻlumot nuqta (.) va tire (-) lar ketma-ketligi shaklida tasvirlangan. Morze alifbosida, masalan, V xarfi “...-” kabi belgilangan. Telegraf simlari orqali bu xarfni uzatish uchun pauza bilan ajratilgan uchta qisqa va bitta choʻziq signal ishlatilishi mumkin. Ammo bunday uzatish tezligi nihoyatda past.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Axborotlarni uzatish muhiti elektromagnit spektrdagi toʻlqinlar asosida ishlaydi. Elektronlarning xarakati fazoda xatto vakuumda ham elektromagnit toʻlqinlarni hosil qilib tarqatishi mumkin. Buni 1865 yilda Britaniya fizigi Jeyms Klerk Maksvell (James Clerk Maxwell) tomonidan kashf etgan.

Download 13.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling