Замонавий дастурлаш технологиялари. Объектга йуналтирилган дастурлаш тиллари. Borland C++ Builder 6 интеграллашган соҳаси
Download 13.46 Kb.
|
5 маъруза Tеlеkommunikasiya tarmog‘i, aloqa tizimlarini turlari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aloqa trakti
- Aloqa uzeli
- Aloqa liniyasi
Aloqa kanali - uzatuvchi moslamadan qabul qiluvchi moslamaga turli ma’lumotlar uzatishni ta’minlovchi texnik qurilmalar to’plami. Uzatuvchi moslama axborotni signalga aylantirib, aloqa kanalining kirish qismiga uzatadi, qabul qilingan signal bo’yicha aloqa kanali chiqishida qabul qiluvchi moslama uzatilgan axborotni qayta eshittiradi. Uzatuvchi moslama, aloqa kanali va qabul qiluvchi moslama aloqa tizimini hosil qiladi. Aloqa tizimi vazifasiga ko’ra, telegraf, tovush eshittirish, televizion, fototelegraf (faksimil), telegraf, telemetrik va boshqalarga; signallar tarziga ko’ra, uzluksiz va diskretli xillarga bo’linadi. Uzatish trakti sifatida turli liniyalar (simli, radio, radioto’lqinli va boshqalar) dan foydalaniladi. Bir aloqa kanalida bir necha aloqa liniyasi bo’lishi mumkin.
Кодиров Зохиджон Зокирханович Aloqa trakti - ikki punkt orasida aloqa o’rnatishda ishlatiladigan aloqa vositalari (aloqa liniyasi, styalar, apparatlar va boshqalar). Axborotlarning maxsus uzatish kanallarini tuzish uchun mo’ljallangan chastotalar polosasi, axborotlarni uzatish tezligi va boshqalar bilan ifodalanadi. Chastotalar polosasi bo’yicha birlamchi (60-180 kgs li), ikkilamchi (312-552 kgs li) guruh kanallari va boshqa traktiga; axborotlarni uzatish tezligi bo’yicha past 50-300 bit/s) o’rtacha (600 - 10.000 bit/s) va yuqori (48000 bit/s va undan yuqori) tezlikda uzatadigan aloqa traktiga bo’linadi. Кодиров Зохиджон Зокирханович Aloqa uzeli – 1) telegraf, telefon, pochta orqali yuboriladigan xabarlar oqimini birlashtirish va taqsimlash uchun xizmat qiladigan aloqa tarmog’ining tarkibiy qismi. Tarmoq aloqa uzeli elektr aloqa tarmoqlarining tuzilishiga muvofiq 3 xilga: telegraflar va shaharlararo telefon stansiyalari amalga oshiradigan asosiy aloqa uzeliga; katta sig’imli telegraf stansiyalari va shaharlararo ATS amalga oshiradigan viloyat aloqa uzeliga; kichik sig’imli telegraf stansiyalari va tuman ATSlari amalga oshiradigan tuman aloqa uzeliga bo’linadi. Radioeshittirish uzeli tarmoq aloqa uzelining bir turi hisoblanadi; 2) aholiga, ishlab chiqarish korxonalariga, tashkilotlarga turli aloqa xizmati ko’rsatiladigan aloqa korxonasi. Кодиров Зохиджон Зокирханович Aloqa liniyasi (yo’llari) signallarni uzatkichdan qabul qilgichga tarqatuvchi texnik qurilmalar va fizik muhitlar yig’indisi. Ko’p kanalli aloqa tizimida ixchamlashtiriladi va bir vaqtning o’zida ko’p kanalga taalluqli bo’ladi. Ba’zan, aloqa kanali tarkibiga bir necha aloqa liniyasi ulanadi. Ma’lumotlarni uzatishda foydalaniladigan signallarning tarziga ko’ra, elektr, tovush (akustik) va optik aloqa liniyasiga bo’linadi. Mustahkam va sifatli aloqa o’rnatish uchun simli aloqa liniyasi quriladi. Harakatlanuvchi ob’yektlar, boshqa sayyoralar va kosmos bilan aloqa o’rnatishda simsiz aloqa liniyasidan foydalaniladi. Кодиров Зохиджон Зокирханович Download 13.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling