Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergensiyasi va keyingi avlod xizmatlari


 Yangi avlod konvergent tarmoqlarning xizmatlarni


Download 58.94 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi58.94 Kb.
#1382858
1   2   3
Bog'liq
Gulzoda1

11.2. Yangi avlod konvergent tarmoqlarning xizmatlarni
boshqarish pog‘onasi
NGN (Next Geniration Network) - keyingi avlod tarmoqlari. NGN konsepsiyasi turli ma’no kasb etadi:
- NGN deyilganda kommutatsiyaning yangi prinsiplarini, birlamchi tarmoqlarda yangi MPLS, OSPF, BGP transport texnologiyalariga o‘tishni, kirish tarmoqlarida keng polosali kirish tizimlari tushuniladi;
- NGN tarmoqlari – bu raqamli aloqa rivojlanishi bosqichida paydo bo‘lgan texnik echim bo‘lib, bunda ma’lumotlar trafigi nutq trafigidan muximroq, kompyuterlar esa telefon apparatlaridan muximroq bo‘lib qoldi. NGN g‘oyasining paydo bo‘lishiga sabab – xozirda foydalanishda mavjud raqamli kommutatsiya stansiyalarning “xayot sikli” tamomlanishi yaqinlashuvidir. NGN prinsipi turlicha shakllantiriladi, umumlashgan xolda NGNning quyidagi beshta xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
- barcha turdagi axborotlarni uzatish uchun transport tarmog‘ida paketli texnologiyalarga o‘tish;
- an’anaviy (funksional yo‘naltirilgan) telefon stansiyalardagi kommutatsiya tizimidan farqlanadigan, taqsimlangan arxitekturali kommutatsiya tizimini qo‘llash;
- xizmatlarni qo‘llashga tegishli funksiyalarni, kommutatsiya va uzatishdan ajratish;
- istalgan foydalanuvchi uchun keng polosali kirish imkoniyatini ta’minlash;
- Web texnologiyalari hisobiga ekspluatatsion boshqarish
funksiyalarini amalga oshirish.
Siemens kompaniyasi NGN konsepsiyasi uchun quyidagi "formulani" taklif etgan: 80 - 60 -20.
Bu sonlar quyidagicha izoxlanadi:
- NGN tarmoqlari, mavjud tarmoqlarga nisbatan, 80% kam elementlardan tarkib topadi;
- NGN tarmoqlari, infokommunikatsion tizimni yaratish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni, 60% ga kamaytiradi;
- NGN tarmoqlari operatorning daromadini 20% ga orttirish qobiliyatiga ega. Media – shlyuz axborot oqimini o‘zgartiradi, RTP (Real- Time Transport Protocol)-oqim IKM oqimga o‘zgartiriladi.
Media – shlyuz Softswitch nomi bilan ma’lum MGC kontroller orqali boshqariladi. Kontrollerlar o‘zaro bog‘lanishi mumkin (MGC/MGC).
Kontroller intellektual ma’lumotlar bazasi (Intelligent Database – ID) bilan o‘zaro bog‘lanishi mumkin. SG/MGC, interfeys ID/SG interfeyslar. IT xizmatlarini qo‘llash uchun INAP amaliy protokoli qo‘llanadi.NGN tarmog‘i uchun bir qator protokollar ishlab chiqilgan. Asosiylari:
1. H.323 protokoli. Paketli tarmoq bo‘yicha ulanishni o‘rnatish va tovush va video trafigini uzatishni ta’minlash.
2.Session Initiation Protocol (SIP) protokoli. Uning yordamida IP-tarmoq bo‘yicha multimediali sessiyalarni yoki chaqiriqlarni o‘rnatish, o‘zgartirish va tamomlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
3.Media Gateway Control Protocol (MGCP) protokoli. MG shlyuzlarni boshqarishda ishlatiladi.
4.MEGACO/H.248 protokol. Bu protokol media-shlyuzlarni boshqarishda ishlatiladi.
5. Signalling Transport (SIGTRAN) protokoli. IP-tarmoq bo‘yicha signalli axborotni uzatuvchi protokollar to‘plamidir. U shlyuzlarning ikala turida va Softswitchda qo‘llanadi.

Download 58.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling