Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergensiyasi va keyingi avlod xizmatlari


Xizmatlar ko‘rsatish sohasida rivojlanish


Download 58.94 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi58.94 Kb.
#1382858
1   2   3
Bog'liq
Gulzoda1

11.3. Xizmatlar ko‘rsatish sohasida rivojlanish
Zamonaviy aloqa tizimlarida o‘zgarishlar zamonaviy telekommunikatsiyalarda, jamiyatning “internetlashuvi” bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Xozirga qadar dunyo telekommunikatsiyalari ikkita ilmiy-texnik revolyusiyani boshidan kechirdi deb aytish mumkin. Dastlabki o‘zgarish bevosita texnologik axamiyatga ega va analog uzatish va kommutatsiyalash prinsiplaridan raqamliga o‘tish bo‘ldi.
Telekommunikatsiyalarda ikkinchi o‘zgarish sotali aloqa tizimlarining paydo bo‘lishidir. Bu o‘zgarishning avvalgidan farqi, jamiyatning aloqa dunyosiga e’tiborini o‘zgartirdi. Uchinchi o‘zgarish - global axborot jamiyatiga (GAJ) o‘tishdir. Bu o‘zgarish avvalgilardan tubdan farq qilib, u nafaqat xamma jamiyatni qamraydi, balki uning qurilish asoslarini, axamiyatini, yo‘nalishlarini va boshqalarni o‘zgartiradi.
Axborot resurslari tabiiy boyliklarga o‘xshash strategik resurslarga aylanadi. Bunday imkoniyatni faqat yangi avlod tarmog‘i yaratishi mumkin.
NGN global axborot jamiyatiga o‘tishda etakchi kuchdir.Elektraloqa tizimining tuzilishi asosida an’anaviy birlamchi tarmoq yotadi. Uning tarkibiga signallarni uzatish muxiti va kanallar va traktlar xosil qiluvchi signallarni uzatish apparaturasi kiradi. Aloqa xizmatlarini ta’minlash uchun ikkilamchi tarmoqlar bu kanallardan foydalanadilar.Birlamchi tarmoq o‘z navbatida ikkita quyi satxga ajraladi: transport va uzatish uskunalari. An’anaviy aloqa tizimlari asosan kanallar kommutatsiyasi prinsipida ishladi. Elektr aloqaning an’anaviy tizimi uchun eng muximi nutq trafigidir. Bunday trafik uchun kanallar kommutatsiyasi eng samaralidir. Kanallar kommutatsiyasi prinsipidan birlamchi tarmoq va birlamchi tarmoq kanallaridan foydalanish orqali ikkilamchi tarmoqlarning bo‘linishi kelib chiqdi.
NGN tizimi strukturasi NGN tarmoq infrastrukturasini shakllantirish sxemasi o‘zgardi. Ko‘p qatlamlilik kiritildi. Xizmatlar tushunchasi transformatsiyalandi. Multimediali axborot olishi uchun foydalanuvchi servisning bitta turi “tarmoq bilan bog‘lanishi” etarlidir.
Aloqa tizimi “kanallar - xizmatlar” yoki “uzatish - kommutatsiya” yo‘nalishlari bo‘yicha emas, “foydalanuvchi - tarmoq” yo‘nalishi bo‘yicha ajratishadi. Buning natijasida transport tarmog‘i va kirish tarmog‘i paydo bo‘ldi. IP protokolning dominatsiyalik roli. Xizmatlar va foydalanuvchilar guruhlari integratsiyalanishida IP bazasidagi echimlarning arzonligi.
NGN texnologiyasi an’anaviy elektraloqa tarmoqlari ishlash dastlabki prinsiplaridan boshlab, bevosita texnologik echimlarni o‘zgartirdi va tarmoq ishlash mexanizmini modifikatsiyaladi.
NGN tarmog‘ini rivojlantirishga yondashuvlar Xozirgi kunda NGN tarmog‘ini rivojlantirishga ikkita yondashuv shakllangan:
1.NGN tarmog‘inining resursi sifatida transport tarmog‘i operator tomonidan tizimiy va rejalashtirilgan xolda yaratiladi.
2. Kirish tarmoqlari esa bunga qarama – qarshi ravishda, qoida sifatida, “o‘z o‘rnida” individual yaratiladi.
Keyingi avlod tarmog‘i (NGN) – bu IP bazasida qurilgan yagona tarmoqdir. ITU-Ttomonidan IP-yo‘naltirilgan tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini standartizatsiyalash bo‘yicha bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi.
ITU-T Y.1540 tavsiyanomasi. Manbadan iste’molchigacha xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan, tarmoqning quyidagi beshta xarakteristikasi, foydalanuvchi tomonidan sub’ektiv asosda baholanadi:
- tarmoq unumdorligi;
- tarmoq/tarmoq elementlarining ishonchliligi;
- kechikish;
- kechikish variatsiyasi (djitter);
- paketlar yo‘qolishi.
IP-yo‘naltirilgan tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash tarmoq mexanizmlarining arxitekturasi. Arxitekturadagi markaziy moment, paketli tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini qo‘llab-quvvatlaydigan tarmoq mexanizmlarining (umumiy bloklar deb ataladigan) to‘plamidir. Xozirgi vaqtda umumiy bloklarning boshlang‘tch to‘plami aniqlangan, ular uchta mantiqiy tekisliklarga – nazorat, ma’lumotlar va menejment tekisliklariga strukturalangan.
Nazorat tekisligi. Nazorat tekisligida QoS mexanizmlari foydalanuvchi trafigi uzatilayotgan yo‘llar bilan xarakatda bo‘ladi.
Ma’lumotlar tekisligi. Mexanizmlarning bu guruxi bevosita foydalanuvchi trafigi bilan xarakatda bo‘ladi.
Menedjment tekisligi. Bu tekislik foydalanuvchi trafigini etkazishga doir tarmoqni ekspluatatsiyalash, ma’murlatirish va boshqarishga tegishli bo‘lgan, QoS ning mexanizmlaridan tashkil topadi.Xar bir tekislik ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarishi uchun tegishli funksional uzellardan iborat bo‘ladi.
Download 58.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling