Zamonaviy avtomobillarning differensiali mundarija


Download 451.41 Kb.
bet3/13
Sana21.06.2023
Hajmi451.41 Kb.
#1644301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shablon

1-rasm K-701 traktorining o'z-o‘zidan blokirovkalanadigan differensiali:
? — differensial korpusining kosasi; 2, 4 — yetaklanuvchan yarim muftalar; 3 — shponka; 5 — prujina; 6, 7, 12 — gupchaklar; 8, ?7 — yetaklanuvchi yarim mufta halqasi; 9 — yetakchi mufta halqasi; ?fi — yetakchi mufta.
Traktor burilayotganida burilish markaziga nisbatan ichkarida bo‘1gan g‘ildirakka biriktirilgan orqada qoluvchi val qarshilikni oshiradi, disklar shataksiray boshlaydi va differensial blokirovkadan chiqadi.
K-701 (2-rasm) traktorining o‘z-o‘zidan blokirovka- lanadigan differensiali erkin yurish mexanizmiga ega kulachokli differensiallar tipiga kiradi.
Ikki tomonga joylashgan kulachokli mufta (10) diffe- rensialning yetakchi elementi bo‘1ib xizmat qiladi. Mufta differensial korpusining gupchagi (6) bilan kosa (1) orasiga o‘rnatilgan. Mufta bilan ikkita yetaklanuvchi yarim mufta (2 va 4) (ikki qator ichki va tashqi torsevoy uchli kulachokli) bilan tishlashib turadi. Tashqi qator kulachoklar profili yetakchi mufta (10) kulachoklari kabi to‘g‘ri burchak kesimli, ichki kulachoklar trapetsiadal kesimli bo‘ladi. Yarim mufta- ning trapetsiadal kulachoklari ichki halqadagi (9) shunday profilli kulachoklarga tegib turadi. Yetaklanuvchi yarim muftalar yetakchi muftaga prujina 5 bilan siqib turiladi.
Differensial quyidagicha ishlaydi. Traktor oldinga yurib
ketayotganida mufta (10) kulachoklari yarim mufta kula- choklari (2 va 4) bilan tishlashib turadi va yarim muftagupchaklar (7 va 12) orqali oxirgi uzatma yetakchi valiga burovchi momentni uzatadi. Differensial blokirovkalan- gan holatda bo‘1adi.
Traktor burilishida ilgarilab ketgan g‘i1dirak tezroq ayla- nishga intiladi. Bu g‘ildirak yarim muftasining ichki qator trapetsiadal kulachoklari ta’sirida prujina (5) siqilib, bir tomonga suriladi va mufta (10) kulachoklari bilan tishla- shishdan chiqadi. Shu bilan bir vaqtda yetaklanuvchi yarim muftaga kiydirilgan halqa (8 yoki 11) ham yetakchi mufta halqasi (9) bilan tishlashishdan chiqadi. Yetaklanuvchi yarim muftan ing tegishli halqasi (8 yoki 11) yarim burilgan idan keyi n shpo nka (3) bilan to xtatiladi va yetaklanuvchi mufta yetakchi muftani ( 10) quvib yetguniga qadar uni shu vaziyatda tutib turadi. Shu tufayli tishlarning shaqillashi barham yeydi va ilgarilab ketgan g‘ildirakka burovchi moment uzatilmaydi. Traktor burilib bo‘lganidan keyin yarim mufta teskari tomonga bir ozgina siljitilsa bas, bunda halqa (8 yoki 11) mufta (10) halqasi (9) tishlaridan chiqadi va yarim mufta prujina (5) ta’sirida yetakchi mufta (10) bilan tishlashadi, differensialni esa blokirovkalaydi.
Avtomobillarda yetakchi ko priklar orasiga o‘qlararo differensiallar o‘rnatiladi. KaM3 avtomobillarida simmetrik blokirovkalaydigan konus o‘qlararo differensial bo‘ladi. U alohida karterda oraliq ko‘prikka joylashgan. Doimiy tishlash- gan tishli mufta va differensial shesternyasi bilan blokirovka- lash amalga oshiriladi. Blokirovkalashda tishli mufta shlitsa vositasida differensial kojuxidan iborat kosa bilan birikadi. Blokirovka pnevmatik qurilma vositasida qo‘shi1adi.

Download 451.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling