Zamonaviy axborot texnologiyalarining mustaqil respublikamiz hayotida ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
Download 32.95 Kb.
|
1 2
Bog'liqikki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING MUSTAQIL RESPUBLIKAMIZ HAYOTIDA AHAMIYATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. Reja: 1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari 2. Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari 3. Axborot texnologiyalarining boshqaruv tizimlari. Kirish Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb masalalar haqida talaba va o’quvchilarga o’z vaqtida ma’lumot yetkazish, bilim berish zamonaviy fan o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchi olimlarning muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqdaki, agar bu bilimlar bugun talabalarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma’lumotga aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 27 sentabrda esa Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan milliy sammit o‘z ishini boshlaydi. “AKT Sammit-2011” bugungi kunda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan bo‘lib, milliy hamda xorijiy mamlakatlar xalqaro ekspertlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Dastlabki yillarda “AKT Sammit”da 200ga yaqin delegat qatnashgan bo‘lsa, bugun unda ishtirok etayotgan mutaxassislar soni ikki baravar ko‘paydi. Tadbir davomida AKTni rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirish borasidagi yutuqlar va muammolar, hayotimizning ayrim sohalariga AKTni joriy etish tajribasi, elektron boshqaruv, elektron sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, infratuzilmani, media biznesi, innovatsiya faoliyatini rivojlantirish hamda boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari Mamlakatimizda 26-30 sentabr kunlari “InfoCom-2011” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir 2004 yildan buyon har yili sentabr oyining oxirida o‘tkazib kelinmoqda. U sohani takomillashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi. An’anaviy haftalik mutaxassislarda ham, ko‘p sonli axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotir. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmonida axborot hamjamiyatini shakllantirish masalalari o‘z ifodasini topgan. Shu asosda axborot makonini kengaytirish bo‘yicha turli tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligidan O‘zA muxbiriga ma’lum qilishlaricha, haftalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Abort va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda. “InfoCom-2011” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadigan “ITPA-2011” O‘zbekiston-Koreya xalqaro konferensiyasi bilan boshlanadi. Haftalikning dastlabki kunida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UZ milliy domeni internet-festivali g‘oliblarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tanlov dasturi mavzuga oid 13 va 2 maxsus nominatsiyani o‘z ichiga olgan. 27 sentabrda esa Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan milliy sammit o‘z ishini boshlaydi. “AKT Sammit-2011” bugungi kunda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan bo‘lib, milliy hamda xorijiy mamlakatlar xalqaro ekspertlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Dastlabki yillarda “AKT Sammit”da 200ga yaqin delegat qatnashgan bo‘lsa, bugun unda ishtirok etayotgan mutaxassislar soni ikki baravar ko‘paydi. Tadbir davomida AKTni rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirish borasidagi yutuqlar va muammolar, hayotimizning ayrim sohalariga AKTni joriy etish tajribasi, elektron boshqaruv, elektron sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, infratuzilmani, media biznesi, innovatsiya faoliyatini rivojlantirish hamda boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanadi. Mazkur sammit mutaxassislar, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektorga AKT-bozori ahvolini muayyan darajada tahlil qilish, bu boradagi yangi yutuqlar bilan tanishish, yangi barqaror va ishonchli hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish, mamlakatimizda AKTni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya resurslarini jalb etishga ko‘maklashadi. Yalpi va seksiyalar majlislarida AKT bozorining yetakchi ekspertlari, davlat organlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz va xorijiy AT-kompaniyalar rahbarlari hamda mutaxassislari AKTni jamiyat hayoti va faoliyatining turli jabhalariga joriy etish siyosatining dolzarb masalalarini muhokama etadilar. Bu boradagi strategiyalar va sohani rivojlantirish masalalari, texnologiyalar va infratuzilma, ilova va yechimlar ko‘rib chiqiladi, nafaqat ijobiy tajriba, balki mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari ham tahlil qilinadi. Haftalik doirasida bir paytning o‘zida Toshkent, Buxoro va Farg‘onada axborot texnologiyalarining har yilgi “ICTExpo-2011” milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmani bir paytning o‘zida uchta shaharda o‘tkazishdan maqsad axborot texnologiyalarini hayotimizga joriy etishning hududiy darajasi qanchalik ortib borayotganini namoyish etishdir. “ICTExpo-2011” kunlarida bu yerga tashrif buyuradiganlar uchun boshqa ko‘rgazmalardagi eksponatlar bilan tanishish imkonini beradigan videoko‘prik tashkil etiladi. Ko‘rgazmada 150 dan ortiq ishtirokchi kompaniyalar axborot texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalarni, keng turdagi noyob xizmatlar va yechimlarni namoyish qiladi. Unda mamlakatimiz kompaniyalari bilan bir qatorda Xitoy, Avstriya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Janubiy Koreya, Vengriya va boshqa davlatlar vakillari ham ishtirok etadi. Ko‘rgazma dasturi keng va rang-barang bo‘lib, undan ko‘plab o‘quv seminarlari, davra suhbatlari, ko‘ngilochar tadbirlar o‘rin olgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda internet-provaydingni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davra suhbati, oliy o‘quv yurtlari, kollej va litseylar jamoalari o‘rtasida “Kompyuter sporti bo‘yicha “ICT-students” universiadasi”, Uzbekistan Cyber Games 2011 – kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final o‘yinlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. “ICTExpo” milliy ko‘rgazmasi mamlakatimizda 2006 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. U dastlabki yildan boshlab tarmoq xususiyatiga ega bo‘lib, bir paytning o‘zida ikki-uch shaharda videoko‘prik bilan bog‘langan ikki-uchta ko‘rgazma ochiladi. “ICTExpo-2011” ko‘rgazmasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkam amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘ladi. Mazkur haftalik mamlakatimizda AKT sohasini yanada rivojlantirish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi, shubhasiz. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb masalalar haqida talaba va o’quvchilarga o’z vaqtida ma’lumot yetkazish, bilim berish zamonaviy fan o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchi olimlarning muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqdaki, agar bu bilimlar bugun talabalarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma’lumotga aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika o’qitish metodikasi kafedrasida zamonaviy informatika fanining shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollari masalalari izlanuvchilar va olimlar tomonidan keng o’rganilib kelinadi. Jadal rivojlanib borayotgan fan sirlarini o’rganish va bu boradagi yangi fikrlar bilan o’rtoqlashishni ko’zda tutib, 2018-yil 23-aprel kuni «Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: o’tmish tajribasi, istiqbollari» mavzusida tashkil etilib, o’tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumani ham shunday maqsadga yo’naltirildi. Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar: Respublikamizdagi ta’lim tizimi muassasalarida zamonaviy fanlardan biri va jamiyat rivojining asosi bo’lgan informatika fanining yutuqlari va ushbu fan taraqqiyotining turli sohalarida erishilgan natijalar, fanning oldida turgan vazifalar va kelajakdagi dolzarb muammolarni aniqlash va yechimlarini topish kabi masalalarni muhokama qilish deb belgilandi. Anjumanni kirish so’zi bilan Nizomiy nomidagi TDPU rektori, p.f.d., professor Shavkat Sharipov ochdi. Yalpi majlisda: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti «Informatika o’qitish metodikasi» kafedrasi professori, Xalqaro pedagogika ta’limi va Turon fanlar akademiyasi akademigi A. Abduqodirov tomonidan «Umumiy ta’lim maktablarining ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish aspektlari» mavzusidagi ma’ruza, T. N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, p.f.d., professor N. Taylaqovning «Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan yangi avlod darsligini yaratish asoslari» mavzusidagi ma’ruza, Xalq ta’limi vazirligi ZiyoNET bo’limi boshlig’i U. Taylaqovning «Zamonaviy informatika internetning milliy segmenti rivojlanishi bilan hamnafas bo’lishi zarur» mavzusidagi ma’ruza, t.f.n., dotsent X. Xaldarovning «Обеспечение непрерывности оценивания успеваемости студентов в системе электронного деканата» mavzusidagi ma’ruzalar ishtirokchilar tomonidan qizg’in kutib olindi. «Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: O’tmish tajribasi, istiqbollari» mavzusidagi anjumanda quyidagi: 1. Informatika zamonaviy jamiyatning asosi sifatida. 2. Zamonaviy informatikani o’qitish: maqsad, mazmun, usullar. 3. Zamonaviy informatika o’qituvchisi tayyorlashning ilmiy-metodik tizimi. 4. Elektron ilovalarni ishlab chiqish va qo’llash zamon talabi. 5. Aniq va tabiiy fanlarni o’qitishda informatikaning o’rni va ahamiyati kabi masalalar ham muhokama qilindi. Anjumanda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi vakillari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati, professor-o’qituvchi va talabalari ishtirok etdilar. Bundan tashqari, respublikamizning boshqa oliy ta’lim muassasalaridan, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali, Qo’qon davlat pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, T. N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand davlat universiteti huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Toshkent shahar Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, O’zbekiston Respublikasi IIV Yong’in xavfsizligi instituti, Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o’qituvchilari, olim va mutaxassislar, shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarining o’qituvchilari ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, Sergeli tibbiyot kolleji, Sergeli yengil sanoat kasb-hunar kolleji, Termiz axborot texnologiyalari va turizm kasb-hunar kolleji, Toshkent temir yo’l muhandislari instituti akademik litseyi, Jizzax tibbiyot kolleji, Toshkent moliya iqtisodiyot kolleji vakillari, Yunusobod tumani 235-maktab o’qituvchilari tadbirda faol ishtirok etdilar. Anjumanda qabul qilingan qarorlar va tavsiyalardan foydalanishda kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat: Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy samaradorlik — anjuman natijalari AKT taraqqiyoti tobora tezlashib borayotgan davrda ta’lim tizimida o’quv jarayonlarini tashkil qilishda informatika kabi zamonaviy fanlarni o’qitish yo’llari va unda mavjud muammolar hamda ularning yechimlarini o’rganish, shuningdek, ular haqidagi ilmiy tasavvurlar kengayishi, ilmiy jamoatchilikda bu borada shakllangan tushunchalarning aniqlashtirilishi, umumlashtirilishi uchun xizmat qilishi mumkin. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ijtimoiy samaradorlik — anjuman natijalari ta’limni tashkil qilish, boshqarishda va o’quv jarayonlarini tashkil qilishda Informatika fani imkoniyatlari aniqlashtirilishiga xizmat qilishi mumkin. Anjuman natijalaridan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik — anjuman natijalari ishlab chiqarishda (kadrlarning innovatsion faoliyatida)gi munosabatlarining inson omili tufayli vujudga kelishi mumkin bo’lgan sifat va miqdor ko’rsatkichlari, jumladan, AKTdan foydalanish darajasining oshishiga, bunda turli fanlarga oid yangi ishlanmalarning yaratilishi va ularning imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning kengaytirilishiga xizmat qilishi kutiladi. Anjumanning ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar bilan bog’liqligi: «Oliy ta’lim muassasalarining yagona elektron axborot ta’lim tizimini yaratish va joriy etish» loyihasi, 2015-yil 9-dekabrda o’tkazilgan «Pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashda axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirish» va 2016-yil 15-aprelda o’tkazilgan «Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: O’tmish tajribasi, istiqbollari» mavzularidagi Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjuman, 2017-yil 26-dekabrdagi «Elektron ta’limni tashkil qilish: muammolar, yechimlar va istiqbollar» mavzusidagi Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjumandagi tushgan takliflar va xulosalarning mantiqiy davomi bo’lib hisoblanadi. Download 32.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling