d) Axborotning aktualligi (dolzarbligi) — axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi sakdanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo’lgan vaqtdan buyon o’tgan vaqt oralig’iga bog’liq bo’ladi. e) Axborotning o’z vaqtidaligi — uning avvaldan belgilab qo’yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi. f) Axborotning aniqligi — olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi. g) Axborotning ishonarliligi — axborotning real mavjud obyektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi. h) Axborotning barqarorligi — axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar anikdigini buzmasdan o’zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks etgiradi. Теxnologiya – grekcha tildan tarjima qilinganda san’at, mahorat kabi ma’nolarni bildiradi. Axborot texnologiyasi - ob`ekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma`lumotlarni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko‘rinishga keltiruvchi ma`lumotlarni to‘plash, qayta ishlash uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog‘langan bo‘lib, ular uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Bir qaraganda axborot texnologiyasi va tizimi ta'rifi bir-biriga o‘xshash ko‘rinadi, lekin bunday emas. Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma'lumotlar ustidan tartiblashgan qoidalar asosida amal, harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi — birlamchi axborotni maqsadga yo‘naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yo‘li bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir. Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmog‘i, das-turiy mahsulotlar, ma'lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |